Ro‘zmetov Rasul Tangirberganovichning
falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tayyorgarlik davrida yosh futbolchilarning mashg‘ulot mikrotsikllarini optimallashtirish”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped461.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01. 
Ilmiy rahbar: Masharipov Farxod To‘raxonovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Rasmiy opponentlar: Koshbaxtiyev Ildor Axmedovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Talipdjanov Asqar Imamdjanovich, pedagogika fanlar nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tayyorgarlik davrida 14-15 yoshli futbolchilarning mashg‘ulot yuklamalarini mikrosikllar bo‘yicha taqsimlash orqali optimal me’yorlarini aniqlash bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
yosh futbolchilarning tayyorgarlik davrida start tezligini oshirish uchun murakkab harakatlarni bajarishga qaratilgan koordinasion platformalarda muvozanat saqlashdan depsinishni amalga oshiruvchi mashqlar jamlanmasini mashg‘ulotga kiritish hisobiga tezkorlikni namoyon qilishning elementar formalaridan foydalanish imkoniyati kengaytirilgan;
yosh futbolchilarning mashg‘ulot mikrosikllarini optimallashtirish uchun tayyorgarlik davrida masofa tezligini rivojlantirishni tabaqalashtirishga yo‘naltirilgan yuklamalarni birinchi bazaviy mikrosiklda tezlikni ortib borish fazasi bo‘yicha, ikkinchi bazaviy mikrosiklda tezlikni nisbatan stabillashtirishga qaratilgan takroriy mashg‘ulot uslubini qo‘llash hisobiga integral tayyorgarlikni oshirish imkoniyati kengaytirilgan;
yosh futbolchilarni mashg‘ulot jarayonini tuzishda mikrosikllarning tarkibidan (mikrosikl turi, takrorlanishi, navbatlanishi) har bir mikrosikl (tortuvchi, umumtayyorlov, asosiy (bazaviy), maxsus tayyorgarlik va musobaqa oldi) uchun qo‘llaniladigan mashg‘ulot uslublarini (bir xil sur’atda, takroriy, o‘zgaruvchan, yuqori templi, intervalli, integral, aylanma, musobaqa, o‘yin) yuklama xarakteri bo‘yicha erishilgan natijalar asosida tanlash xisobiga musobaqalarga tayyorlash imkoniyatlari takomillashtirilgan;
tayyorgarlik davrining tortuvchi, umumtayyorlov, asosiy (bazaviy), maxsus tayyorgarlik va musobaqa oldi mikrosikllari uchun mashg‘ulot dasturlarida shiddat zonalari bo‘yicha, aerob yo‘nalishda kichik intensiv kardio mashqlar, aralash yuklamada streching va yo‘ga mashqlari, anaerob –glikolitik va alaktat yo‘nalishdagi yuklamada nafas mashqlarini kiritish xisobiga tiklantiruvchi vositalardan foydalanish imkoniyati kengaytirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yosh futbolchilarning mashg‘ulot mikrotsikllarini optimallashtirish va maxsus komplekslarni ishlab chiqish bo‘yicha o‘tkazilgan tajribalar asosida: 
yosh futbolchilarning tayyorgarlik davrida start tezligini oshirish uchun murakkab harakatlarni bajarishga qaratilgan koordinasion platformalarda muvozanat saqlashdan depsinishni amalga oshiruvchi mashqlar jamlanmasini qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalar “Sport o‘yinlari (Futbol)” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 23 noyabrdagi 500-son buyrug‘iga asosan 500-180 raqamli guvohnoma). Natijada yosh futbolchilarning jismoniy tayyorgarligi 22% ga yaxshilangan;
yosh futbolchilarning mashg‘ulot mikrosikllarini optimallashtirish uchun tayyorgarlik davrida masofa tezligini rivojlantirishni tabaqalashtirishga yo‘naltirilgan yuklamalarni birinchi bazaviy mikrosiklda tezlikni ortib borish fazasi bo‘yicha, ikkinchi bazaviy mikrosiklda tezlikni nisbatan stabillashtirishga qaratilgan takroriy mashg‘ulot uslubini qo‘llash tavsiyalar Xorazm viloyati bolalar-o‘smirlar futbol akademiyasidagi 14-15 yoshli futbolchilarning mashg‘ulot jarayoniga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligining 2022 yil 5-iyuldagi 06-13/3166-son ma’lumotnomasi). Natijada yosh futbolchilarning tayyorgarlik davridagi maxsus jismoniy tayyorgarligi 18-22% ga yaxshilangan;
yosh futbolchilarni mashg‘ulot jarayonini tuzishda mikrosikllarning tarkibidan (mikrosikl turi, takrorlanishi, navbatlanishi) har bir mikrosikl (tortuvchi, umumtayyorlov, asosiy (bazaviy), maxsus tayyorgarlik va musobaqa oldi) uchun qo‘llaniladigan mashg‘ulot uslublarini (bir xil sur’atda, takroriy, o‘zgaruvchan, yuqori templi, intervalli, integral, aylanma, musobaqa, o‘yin) yuklama xarakteri bo‘yicha erishilgan natijalar asosida tanlash bo‘yicha taklif va tavsiyalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi bolalar-o‘smirlar futbol akademiyasidagi 14-15 yoshli futbolchilarning mashg‘ulot jarayoniga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligining 2022 yil 5-iyuldagi 06-13/3166-son ma’lumotnomasi). Natijada yosh futbolchilarning integral tayyorgarlik darajasi 14-16% ga o‘sgan;
tayyorgarlik davrining tortuvchi, umumtayyorlov, asosiy (bazaviy), maxsus tayyorgarlik va musobaqa oldi mikrosikllari uchun mashg‘ulot dasturlarida shiddat zonalari bo‘yicha, aerob yo‘nalishda kichik intensiv kardio mashqlar, aralash yuklamada streching va yo‘ga mashqlari, anaerob – glikolitik va alaktat yo‘nalishdagi yuklamada nafas mashqlarini qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalar “Sport o‘yinlari (Futbol)” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 23 noyabrdagi 500-son buyrug‘iga asosan 500-180 raqamli guvohnoma). Natijada yosh futbolchilarning jismoniy va texnik-taktik harakatlari samaradorligi 15-16 % ga yaxshilangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish