Davronov Azimjon Soliyevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Hamzashunoslik tarixi va uning tadrijiy takomili”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Fil1738.
Ilmiy rahbar: Nusratullo Jumaxo`ja, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01.
Rasmiy opponentlar: Quvvatova Dilrabo Xabibovna, filologiya fanlari doktori, professor; Radjabova Burobiya Tangirovna filologiya fanlari nomzodi, yetakchi ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi hamzashunoslik tarixida erishilgan yutuqlar, sodir etilgan xato va kamchiliklarni, dolzarb muammolarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Hamza shaxsiyati va adabiy siymosiga turli davrlardagi turlicha qarashlar, ziddiyatli munosabatlar, ilmiy va g‘ayriilmiy talqinlar xolis ilmiy tekshirilib, chinakam tarixiy haqiqat tiklangan, ijodkorning shaxsiyati, tabiati, ma’naviy-ruhiy olamiga xos xususiyatlar u yaratgan asarlarda qay darajada namoyon bo‘lgani ochib berilgan;
hamzashunoslik tarixida ijodkor dramalariga munosabat, qayta ishlanishi bilan bog‘liq muammolar, bu boradagi bahs-munozaralarga aniqlik kiritilib, dunyo adabiyoshunosligida ham hamzashunoslikka xorij olimlarining munosabati ochib berilgan;
badiiy adabiyotda Hamza Hakimzoda Niyoziy obrazining talqin etilishi hamzashunoslik tarixida muhim bosqich bo‘lganligi isbotlangan;
hamzashunoslikning yaxlit ilmiy manzarasi yaratilib, ularning ijobiy va salbiy tomonlari aniqlangan hamda qanday nuqson va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Hamzashunoslik tarixi va tadrijiy takomili tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Hamzashunoslik yaxlit ilmiy manzarasining yaratilishi, ilmiy tadqiqotlar davriy tahlil qilinib, ularning ijobiy va salbiy tomonlarining aniqlanishiga doir ilmiy-nazariy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2017-2020-yillarda bajarilgan OT-FI-030 raqamli “O‘zbek adabiyoti tarixi” ko‘p jildlik monografiyani (7 jild) chop etish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining ¬¬2022-yil 5-iyuldagi 04/1-2228-son ma’lumotnomasi). Natijada, hamzashunoslikka doir fikrlar adabiyoshunoslikdagi mavjud qarashlarni boyitgan;
Hamzashunoslikda alohida o‘ringa ega Hamzaning shaxs kamoloti, Vatan va millat ozodligi bilan bog‘liq qarashlariga oid ilmiy-nazariy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2018-2020-yillarda bajarilgan “PZ-20170926459 raqamli “Navoiyshunoslik tarixi” (XX-XXI asrlar)” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining ¬¬2022-yil 5-iyuldagi 04/1-2236-son ma’lumotnomasi). Natijada, hamzashunoslikka doir yangicha fikrlar, jumladan, Hamzaning shaxs kamoloti, Vatan va millat ozodligi bilan bog‘liq qarashlariga doir mulohazalar adabiyoshunoslikdagi hamzashunoslik haqidagi qarashlarni boyitishga xizmat qilgan;
Hamzaning jadid adabiyotida tutgan o‘rni, shoir ijodining yangicha mezonlar asosida o‘rganilishi bilan bog‘liq ilmiy-nazariy xulosalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanilining “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2020-yil 12-oktabrdagi 02-40/950-son ma’lumotnomasi). Natijada, hamzashunoslikning adabiyotimiz rivojidagi ahamiyatini keng targ‘ib qilishga erishilgan.