Rashidov Anvarjon Sharipovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Raqamlashtirish sharoitida o‘quvchilarning mantiqiy fikrlashini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish (Kasbiy faoliyatda AKT fani misolida) 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Ped3888.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.70.02.
Ilmiy rahbar: Rasulov To‘lqin Husenovich, fizika-matematika fanlari doktori (DSc), professor
Rasmiy opponentlar: Hamidov Jalil Abdurasulovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Uzakov Zoir, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: raqamlashtirish sharoitida o‘quvchilarni mantiqiy fikrlashini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
raqamlashtirish sharoitida professional ta’lim muassasasi o‘quvchilarining mantiqiy fikrlashini rivojlantirish texnologiyalari innovatsion xarakterli kreativ yondashuvga asoslangan kvalitologik parametrlarga ustuvorlik berish orqali aniqlashtirilgan;
bo‘lajak kichik mutaxassislarni tanqidiy fikrlashga jamoaviy yondashish va loyihalash malakalarini rivojlanganlik darajalari mantiqiy fikrlashni kognitiv, motivatsion, amaliy, shaxsiy mezonlarini obyektiv baholashning strategik rivojlantirish asosida takomillashtirilgan;
“Kasbiy faoliyatda AKT” fani mashg‘ulotlarini o‘qitishda bo‘lajak turizim mutaxassislarini nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishga qaratilgan innovatsion darslarning didaktik imkoniyatlariga ko‘ra ma’lumotlar bazasi, videofayllarni hamda elektron didaktik ta’minotni raqamli texnologik mobillashtirish asosida takomillashtirilgan;
professional ta’lim muassasalari o‘quv jarayonida sun’iy intellektga asoslangan interaktiv metodlarni qo‘llash mexanizmlarining samaradorlik ko‘rsatkichlarini kompleks baholovchi nostandart topshiriqlar ishlab chiqish takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: raqamlashtirish sharoitida o‘quvchilarning mantiqiy fikrlashini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish mavzusida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak kichik mutaxassislarni tanqidiy fikrlashga jamoaviy yondashish va loyihalash malakalarini rivojlanganlik darajalari mantiqiy fikrlashni kognitiv, motivatsion, amaliy, shaxsiy mezonlarini obyektiv baholashning strategik rivojlantirish asosidagi xulosalar “Kasbiy faoliyatda axborot-kommunikatsion texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2022-yil 19-iyuldagi 233-son buyrug‘i, 233-0346 raqamli guvohnomasi). Natijada, bo‘lajak mutaxassislarning innovatsion kasbiy faoliyatda raqamli texnologiyalardan foydalanish malakasi hamda tayyorgarlik darajalarini rivojlantirishga xizmat qilgan;
“Kasbiy faoliyatda AKT” fani mashg‘ulotlarini o‘qitishda bo‘lajak turizim mutaxassislarini nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishga qaratilgan innovatsion darslarning didaktik imkoniyatlariga ko‘ra ma’lumotlar bazasi, videofayllarni hamda elektron didaktik ta’minotni raqamli texnologik mobillashtirishga oid ma’lumotlar “Kasbiy faoliyatda axborot-kommunikatsion texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2022-yil 19-iyuldagi 233-son buyrug‘i, 233-0346 raqamli guvohnomasi). Natijada, bo‘lajak turizim mutaxassislarini nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishga erishilgan;
professional ta’lim muassasalari o‘quv jarayonida sun’iy intellektga asoslangan interaktiv metodlarni qo‘llash mexanizmlarining samaradorlik ko‘rsatkichlarini kompleks baholovchi nostandart topshiriqlar “Oliy matematika” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2022-yil 2-avgustdagi 257-son buyrug‘i, 257-046-raqamli guvohnomasi). Natijada, professional ta’lim muassasalari o‘quvchilarining mantiqiy fikrlashi rivojlantirilgan.