Tleubaeva Gulnur Sagibaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Iqtidorli talabalar bilan ishlashning ijtimoiy-pedagogik jarayonlarini takomillashtirish», 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Ped2395.
Ilmiy rahbar: Karlibaeva Guljaxan Yermekbayevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/03.12.2021.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Hakimova Muhabbat Fayziyevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Yarmatov Raxim Baxramovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalarida iqtidorli talabalar bilan ishlashning ijtimoiy-pedagogik jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Iqtidorli talabalar bilan ishlashning ijtimoiy-pedagogik imkoniyatlari o‘quv faolligini rivojlantirishda ichki motivlarning ustuvorligini ta’minlashga qaratilgan nostandart fikrlashni kreativ tafakkurga to‘g‘ri proporsional uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
iqtidorli talabalar bilan ishlashning ijtimoiy-pedagogik jarayonlarini rivojlantirish modeli interfaol o‘qitish jarayonida integrallashgan-reproduktiv va ijodiy-izlanishli bosqichlarini ta’lim maqsadlariga moslashtirish hamda mustaqil ishlarni intensiv loyihalash madaniyatini shakllantirish asosida takomillashtirilgan;
iqtidorli talabalar bilan ishlashning ijtimoiy-pedagogik texnologiyalarini rivojlantirish jarayoni rivojlantruvchi-reproduktiv mashqlar individualligini ta’minlash, tezkor izlanuvchan amaliyotni ommalashtirish hamda qiyosiy taqqoslash, umumlashtirilgan aqliy operatsiyalar ketma-ketligini hamkorlikda tashkil etish asosida takomillashtirilgan;
iqtidorli talabalar bilan ishlash mezonlari mantiqiy masalalarni yechish algoritmini jadal o‘zlashtirishga qaratilgan o‘z-o‘zini rivojlantiruvchi mashqlarni bajarish hamda evrestik faoliyat turlarini intensiv egallash va masalalarning noodatiy yechimlarni topishga barqaror ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Iqtidorli talabalar bilan ishlashning ijtimoiy-pedagogik jarayonlarini takomillashtirish bo’yisha olingan natijalar asosida:
iqtidorli talabalar bilan ishlashning ijtimoiy-pedagogik imkoniyatlari o‘quv faolligini rivojlantirishda ichki motivlarning ustuvorligini ta’minlashga qaratilgan nostandart fikrlashni kreativ tafakkurga to‘g‘ri proporsional uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan PZ-20170923121 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” mavzusidagi ilmiy loyihada foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023 yil 17 maydagi 02–07–1795/04–son ma’lumotnomasi). Natijada iqtidorli talabalarning o‘quv-bilish motivatsiyasini oshirishga yo‘naltirilgan;
iqtidorli talabalar bilan ishlashning ijtimoiy-pedagogik jarayonlarini rivojlantirish modeli interfaol o‘qitish jarayonida integrallashgan-reproduktiv va ijodiy-izlanishli bosqichlarini ta’lim maqsadlariga moslashtirish hamda mustaqil ishlarni intensiv loyihalash madaniyatini shakllantirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan PZ-20170923121 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” mavzusidagi ilmiy loyihada foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023 yil 17 maydagi 02–07–1795/04–son ma’lumotnomasi). Natijada iqtidorli talabalar bilan ishlashning ijtimoiy-pedagogik jarayonlarini takomillashtirishning samaradorligini baholashning mezonlari ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
iqtidorli talabalar bilan ishlashning ijtimoiy-pedagogik texnologiyalarini rivojlantirish jarayoni rivojlantruvchi-reproduktiv mashqlar individualligini ta’minlash, tezkor izlanuvchan amaliyotni ommalashtirish hamda qiyosiy taqqoslash, umumlashtirilgan aqliy operatsiyalar ketma-ketligini hamkorlikda tashkil etish asosida takomillashtirishga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan PZ-20170923121 raqamli “Shaxs tarbiyasida milliy xususiyatlarni tadqiq etishning metodologik asoslarini takomillashtirish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni amalda bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023 yil 17 maydagi 02–07–1795/04–son ma’lumotnomasi). Natijada iqtidorli talabalar bilan ishlashning umumiy malaka talablarini takomillashtirish samaradorligi oshgan;
iqtidorli talabalar bilan ishlash mezonlari mantiqiy masalalarni yechish algoritmini jadal o‘zlashtirishga qaratilgan o‘z-o‘zini rivojlantiruvchi mashqlarni bajarish hamda evrestik faoliyat turlarini intensiv egallash va masalalarning noodatiy yechimlarni topishga barqaror ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga doir tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan PZ-20170923121 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” mavzusidagi ilmiy loyihada foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023 yil 17 maydagi 02–07–1795/04–son ma’lumotnomasi). Natijada iqtidorli talabalar bilan ishlashning interfaol texnologiyalarini ishlab chiqishga sharoit yaratilgan.