Axmedov Azamat Xaitovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Presizion vibromexanika prinsiplariga asoslangan boshqariladigan mexanizmlarning yangi avlodini ishlab chiqishda maxsus qotishmalar (oq cho‘yan va alyuminiy-litiy) qo‘llashning nazariy va muhandislik yechimlari”, 05.02.02 – “Mexanizmlar va mashinalar nazariyasi. Mashinashunoslik va mashina detallari”, 05.02.01 – “Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi. Kamyob, nodir va radioaktiv elementlar texnologiyasi (Quymachilik va metallarga ishlov berish yo‘nalishi bo‘yicha)” ixtisosliklari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.DSc/T502.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.T.03.04. raqamli Ilmiy kengash.
Ilmiy maslahathchilar: Karimov Kamolxon Abbosovich, texnika fanlari doktori, professor, Turaxodjayev Nodir Djaxongirovich, texnika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Alimuxamedov Shavkat Pirmuxamedovich, texnika fanlari doktori, professor; Nurmurodov Saloxiddin Dusmurodovich, texnika fanlari doktori, professor; Mamasaidov Muxamedjan Tashaliyevich, Qirg‘iz Respublikasi Fanlar akademiyasining akademigi, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi presizion vibromexanika prinsiplari asosida boshqariladigan friksion va vibratsion mexanizmlarning yangi qurilmalarini ishlab chiqishda maxsus qotishmalarni qo‘llashning nazariy va muhandislik yechimlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mexanizmlar va mashinalar nazariyasida boshqariladigan friksion va vibratsion mexanizmlarning parametrlari va bog‘lanishlarini boshqarishning takomillashgan klassifikatsiyasi ularning ishlash muhitidagi ta’sir etuvchi kuchlar kattaligiga bog‘liq ravishda ishlab chiqilgan;
presizion vibromexanika usullari yordamida boshqariladigan friksion va vibratsion mexanizm qurilmalari harakati matematik modellari kutilayotgan chiqish parametrlari asosida ishlab chiqilgan va analitik yechimlari olingan;
tashqi fizik maydonlar yordamida olingan quyma mahsulotlardan tayyorlangan mexanizmlar va mexanik sistemalarni ishlab chiqish issiqlik almashinuv ko‘rsatkichlari yordamida nazariy asoslangan;
elektroreologik va magnitoreologik effektlar (nonyuton suyuqliklari) asosida mexanizmlarning boshqariladigan harakatlarini hosil qilish ko‘rsatkichlari nazariy asoslangan;
revers mexanizmning hamda boshqariladigan vibromaydalagich ishchi organining harakatini aniqlash va hisoblash matematik model asosida ishlab chiqilgan;
quyma usulda olinadigan mashinasozlik detallarining mustahkamligini oshirish texnologiyasi detal materialining mustahkamligi va yeyilishbardoshligi orasidagi bog‘liqlik asosida matematik modellashtirilgan;
mashinasozlikda detallarni quymakorlik usulida olishning matematik modeli quyma tarkibidagi elementlarning uning mexanik xossalariga ta’sir etish darajasi asosida ishlab chiqilgan;
boshqariladigan mexanizmlarning yangi avlod qurilmalarini yaratishda quymakorlik usulida olingan detallarning mexanik xossalariga bog‘liqligi asosida matematik modeli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Presizion vibromexanika prinsiplariga asoslangan parametrlari va bog‘lanishlari boshqariladigan mexanizmlar qurilmalarini ishlab chiqishda oq cho‘yan va alyuminiy quymalarini qo‘llash, mexanizmlar ishchi organlari detallaridagi ishqalanib yeyilishini va boshqa kamchiliklarini bartaraf etish, texnologik jarayonlarni takomillashtirish asosida xom-ashyo bazasini tejash hamda iqtisodiy samaradorlikka erishish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
gorizontal va vertikal vibromaydalagich va sharikli maydalagich mexanizmlarining bog‘lanishlari va parametrlarini boshqarishning takomillashtirilgan texnologiyasi “Navoiy mashinasozlik zavodi”ga joriy qilingan (“NKMK” AJning 28 dekabr 2022 yildagi 23.01-01-07/880-son ma’lumotnomasi). Natijada tog‘-kon sanoatida qo‘llaniladigan maydalovchi mashinalarning ish unumdorligi 12-14% ga ortgan.
drobilkalar ishchi organlarining murakkab fazoviy harakatlari matematik modelari uchun signaturali oraliqlarni integrallash usuli “Navoiy mashinasozlik zavodi”ga joriy qilingan (“NKMK” AJning 28 dekabr 2022 yildagi 23.01-01-07/880-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu boshqariladigan mexanizmlarning yangi qurilmalari uchun texnik-iqtisodiy va sifat ko‘rsatkichlarini matematik modellashtirish asosida baholash imkoni 25-30% ga ortgan.
vibratsion mexanizmlar bo‘g‘inlari kinematik juftlarining friksion xarakteristikalariga yuqori chastotali vibratsiyani ta’sir etish texnologiyasi “Navoiy mashinasozlik zavodi”ga joriy qilingan (“NKMK” AJning 28 dekabr 2022 yildagi 23.01-01-07/880-son ma’lumotnomasi). Natijada tog‘-kon, geologiya sanoatida qo‘llaniladigan vibratsion mexanizm yuritmalarini ish jarayonida energiya sarfi 10-15% ga kamaygan.
yaratilgan matematik model asosida parametrlari boshqariladigan mashinalar ishchi organlari oq cho‘yan detallarini ishqalanib yeyilishini kamaytirish texnologiyasi “Navoiy mashinasozlik zavodi”ga joriy qilingan (“NKMK” AJning 28 dekabr 2022 yildagi 23.01-01-07/880-son ma’lumotnomasi). Natijada boshqariladigan mashina ishchi organlarining yeyilishbardoshligi 12-14% ga oshgan.
mashina detallarini quyma usulida olishda oq cho‘yan tarkibidagi nometall qo‘shimchalarni o‘zgarishini baholaydigan, suyuqlantirilgan vannaga shixtani yuklash davrida haroratning ortishi bilan qotishma tarkibidagi qo‘shimchalarning o‘zgarishini xarakterlaydigan matematik modellar “Navoiy mashinasozlik zavodi”ga joriy qilingan (“NKMK” AJning 28 dekabr 2022 yildagi 23.01-01-07/880-son ma’lumotnomasi). Natijada boshqariladigan mexanizmlarni ishlab chiqishda texnologik jarayonlarga sarflanadigan energiya 14-16% ga kamaygan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish