Ergashev Asqar Jong‘oboyevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida yadro texnologiyalari fanining o‘qitish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped3214.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.72.04.
Ilmiy rahbar: Bozorov Erkin Xojiyevich, fizika-matematika fanlar doktori, professor. 
Rasmiy opponentlar: Zaynobidinov Sirojiddin, fizika-matematika fanlari doktori, akademik; Tursunov Qahhor Shonazarovich, pedogogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida “Yadro texnologiyalari” fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak tibbiyot kadrlarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishning prosessual hamda refleksiyon faoliyat samaradorligini oshirishda yadro texnologiyalari fanini o‘qitishning metodik xususiyatlari ratsionallik va emotsionallik, nazariy va empirik bilimlar asosida yadro texnologiyalari fanining real amaliyotda komparavistik tatbiq etish orqali kompyuterli modellashtirishning umumdidaktik tamoyillari aniqlashtirilgan;
tibbiyot oliy ta’lim muassalari talabalarini “Yadro texnologiyalari” fanidan ijodiy faoliyatini ta’minlovchi tibbiy diagnostik muammolarni yechish jarayonidagi innovatsion o‘qitish metodikasining tashkiliy-funksional modeli virtual laboratoriyalarni qamrab olgan dasturiy ta’lim vositalaridan foydalanish orqali takomillashtirilgan;
tibbiyot oliy ta’lim muassalari talabalariga “Yadro texnologiyalari” fanini o‘qitish metodikasi diagnostik uskunalarni qamrab olgan vizual namoyishli o‘qitishning metodik ta’minotini kiritish orqali mazmunan takomillashtirilgan;
tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida “Yadro texnologiyalari” fanini vizual o‘qitishda ta’lim jarayonining tashkiliy va amaliy bosqichlarini didaktik va o‘quv- metodik ta’minotini tibbiyot bilan amaliy integrasiyalash asosida rivojlantirish zarurati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida yadro texnologiyalari fanining o‘qitish metodikasini takomillashtirish” bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
tibbiyot oliy ta’lim muassalari talabalarini “Yadro texnologiyalari” fanidan ijodiy faoliyatini ta’minlovchi tibbiy diagnostik muammolarni yechish jarayonidagi innovatsion o‘qitish metodikasining tashkiliy-funksional modeli, virtual laboratoriyalarni qamrab olgan dasturiy ta’lim vositalaridan foydalanish orqali takomillashtirishga oid nazariy g‘oyalar “Davolash ishi fakulteti talabalari uchun laborotoriya mashg‘ulotlari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 4-apreldagi 237-sonli buyrug‘i, 237-800-son guvohnomasi). Natijada, tibbiyot oliy ta’lim muasassalari talabalarining tibbiy diognostik laboratoriya uskunalar bilan ishlash ko‘nikmalari rivojlantirilgan;
diagnostik uskunalarni qamrab olgan vizual namoyishli o‘qitishning metodik ta’minotiga oid mobil ilovalardan foydalanish orqali tibbiyot oliy ta’lim muassalari talabalariga “Yadro texnologiyalari” fanini o‘qitish metodikasi mazmunan takomillashtirishga oid nazariy ma’lumotlar “Stomatologiya fakulteti talabalari uchun laborotoriya mashg‘ulotlari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 4-apreldagi 237-sonli buyrug‘i, 237-799-son guvohnomasi). Natijada, bo‘lajak mutaxassis kadrlarni innovatsion tibbiy faoliyatga tayyorlashga qaratilgan tasavvurlarini rivojlanirishga erishilgan;
tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida “Yadro texnologiyalari” fanini vizual o‘qitishda ta’lim jarayonining tashkiliy va amaliy bosqichlarini didaktik va o‘quv- metodik ta’minotini tibbiyot bilan amaliy integrasiyalash asosida rivojlantirishga oid ilmiy-metodik tavsiyalar “Yadernie texnologii: IV tom Yadernaya energetika” nomli darslik mazmuniga sindirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 9-sentabrdagi 302-sonli buyrug‘i, 302-1190-son guvohnomasi). Natijada, yadro texnologiyalarining jihozlari bilan tibbiyotga oid metodik taminotni amaliy integratsiyalash orqali tibbiyot oliy ta’lim muasassalari talabalarini innovatsion kasbiy faoliyatga tayyorlashga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish