Sayt test rejimida ishlamoqda

Eshchanova Aziza Karriyevnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Tabiiy indigoning fizik-kimyoviy xossalari va ba’zi metallarni aniqlashda analitik qo‘llanilishi», 02.00.02-Analitik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/K331.
Ilmiy rahbar: Smanova Zulayxo Asanaliyevna, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertasiya bajarilgan muassasalar nomi: Xorazm Ma’mun akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.K.01.03.
Rasmiy opponentlar: Abduraxmonov Ergashboy, kimyo fanlari doktori, professor; Yaxshiyeva Zuhra Ziyatovna, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent farmatsevtika instituti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy sharoitda o‘stirilgan Indigofera Tinctoria o‘simligidan ajratib olingan indigoning fizik-kimyoviy xossalarini tahlil qilish va uni sanoat chiqindi suvlari tarkibidagi Cu (II) va Co (II) ionlarini analiz qilishda analitik reagent sifatida foydalanish mumkinligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor mahalliy sharoitda o‘stirilgan Indigofera Tinctoria o‘simligidan ajratib olingan tabiiy indigoni analitik reagent sifatida eritmadagi Cu (II) va Co (II) ionlarini aniqlash uchun usul ishlab chiqilgan;
indigo reagentini eritmadagi Cu (II) va Co (II) ionlari bilan kompleks hosil qilishining optimal sharoitlari (pH=3-6 Cu (II) ioni uchun, pH=2-5 Co (II) ioni uchun) topilgan;
Cu (II) va Co (II) ionlarini immobillangan indigo organik reagenti bilan hosil qilgan komplekslarining mol nisbatlari 1:1 va muvozanat konstantalari Cu (II) ioni uchun K=1,68*104 va Co (II) ioni uchun K =2,26*104 ekanligi aniqlangan, bu esa komplekslarning barqaror ekanligini isbotlagan;
indigo reagenti yordamida eritmadagi Cu (II) va Co (II) ionlarini aniqlashning metrologik va analitik parametrlari yaxshilangan sorbsion- spektroskopik usuli ishlab chiqilgan;
Cu (II) va Co (II) ionlarini indigo reagenti bilan aniqlashda ishlab chiqilgan sorbsion-spektroskopik usulini quyi aniqlanish chegarasi 0,01 mkg/ml va 0,02 mkg/ml ga tengligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Indigo reagenti yordamida sanoat oqava suvlari tarkibidagi Cu (II) va Co (II) ionlarini aniqlash uchun olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
Indigofera Tinctoria o‘simligidan ajratib olingan indigo moddasidan Olmaliq kon-metallurgiya kombinati AJ ning amaliyotiga joriy qilingan. («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ ning 2022 yil 4-maydagi 0008830/1-son ma’lumotnomasi). Natijada chiqindi suvlari tarkibidagi Cu (II) va Co (II) ionlarini immobillangan indigo reagenti yordamida sobsion-spektroskopik usulda aniqlashning sezgir va tezkor topish imkonini bergan; 
Indigofera Tinctoria o‘simligidan ajratib olingan indigo moddasidan Navoiy kon-metallurgiya kombinati AJ Markaziy ilmiy-tadqiqot laboratoriyasida amaliyotga joriy etishga tavsiya qilingan. («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJ ning 2023 yil 14 mart 23/01-01-07/118-son ma’lumotnomasi). Natijada Cu (II) va Co (II) ionlarini sanoat chiqindi suvlari tarkibida aniqlashning tezkorligi, arzonligi, tanlab ta’sir etuvchanligi bilan farq qilishi isbotlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish