Jurayev Botirxoja Yuldashxojaevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda islom moliyasini joriy etish zaryriyati va uni rivojlantirish imkoniyatlari», 08.00.07 – «Moliya, pul muomalasi va kredit».
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/lqt1212. 
Ilmiy rahbar: Omonov Akrom Abdinazarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01. Rasmiy opponentlar: Jumayev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Abdullayev Saydulla Farhodbekovich, iqtisodiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Islom moliyasini tashkil etish zaruriyati va uni rivojlantirish imkoniyatlarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqish hisoblanadi.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
murobaha shartnomasi(ustama to‘lov) asosida jalb qilingan moliyaviy resurslarni real sektorga investisiya qilish taklif etilgan;
lizing kompaniyasi mijozlaridan undirilgan penyalar hisobidan shakllangan foydani 100 foiz xayriya maqsadlariga yo‘naltirish taklif etilgan;
islomiy lizingdan foydalangunga qadar vujudga keladigan davr xarajatlarini komission tarzda undirish taklif etilgan;
lizing kompaniya tarafidan sotib olingan va mijozlarga lizing shartlari bo‘yicha berilgan lizing ob’ektlari asosida sukuk qimmatli qog‘ozlarini emissiya qilish taklif etilgan.
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mamlakatimizda islom moliyasini joriy etish zaruriyati va uni rivojlantirish imkoniyatlarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
murobaha shartnomasi (ustama to‘lov) asosida jalb qilingan moliyaviy resurslarni real sektorga investisiya qilish taklifi «Trastbank» xususiy aksiyadorlik banki kuzatuv kengashining 2021 yil 25 oktyabrdagi 135-son hamda 137-son qarorlari bilan amaliyotga joriy etilgan.(«Trastbank» xususiy aksiyadorlik bankining 2022 yil 21 sentyabrdagi 01-38/2957-son ma’lumotnomasi). Xususiy sektorni rivojlantirish Islom korporatsiyasi va Halqaro savdo-moliya islom korporatsiyasi moliyalashtirish liniyalari hisobidan kichik biznes sub’ektlarinining loyihasini moliyalashtirish uchun «Trastbank» xususiy aksiyadorlik banki jalb etgan mablag‘lar hajmi 2022 yil 1 sentyabr holatiga o‘tgan hisobot davriga nisbatan jami 16,5 mln.AQSh dollariga oshgan;
lizing kompaniyasi mijozlaridan undirilgan penyalar hisobidan shakllangan foydani 100 foiz xayriya maqsadlariga yo‘naltirish taklifi amaliyotga joriy etilgan.(«Uzbek Leasing International A.O» lizing kompaniyasining 2022 yil 13 maydagi 0032/001-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif lizing kompaniya tomonidan xayriya maqsadlariga yo‘naltirilgan mablag‘lar miqdorini 2022 yil 1 may holatiga, avvalgi yil bilan taqqoslaganda 24,5 mln.so‘mga ortishiga olib keldi;
islomiy lizingdan foydalangunga qadar vujudga keladigan davr xarajatlarni komission tarzda undirish taklifi «Uzbek Leasing International A.O» lizing kompaniyasi aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining 2022 yil 27 apreldagi 88-son qarori bilan amaliyotga joriy etilgan.(«Uzbek Leasing International A.O» lizing kompaniyasining 2022 yil 13 maydagi 0032/001-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida 2022 yil 1 may holatiga «Uzbek Leasing International A.O» lizing kompaniyasi daromadlari o‘tgan hisobot davriga nisbatan 12%ga oshgan;
lizing kompaniya tarafidan sotib olingan va mijozlarga lizing shartlari bo‘yicha berilgan lizing ob’ektlari asosida sukuk qimmatli qog‘ozlarini emissiya qilish taklifi «Uzbek Leasing International A.O» lizing kompaniyasi kuzatuv kengashining 2021 yil 25 iyundagi 2-son yig‘ilish qaroriga asosan kredit siyosati tegishli bandlariga kiritildi.(«Uzbek Leasing International A.O» lizing kompaniyasining 2022 yil 13 maydagi 0032/001-son ma’lumotnomasi). Mamlakatimizda islom moliyasi bo‘yicha qonunchilik qabul qilinishi bilan sukuk emissiyani amalga oshirish, lizing kompaniyalariga investisiya mablag‘lari jalb etishni diversifikatsiya qilish va faoliyat samaradorligini oshirishga imkon yaratadi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish