Ishonxanova Iroda Abduvaxitovnaning
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon


I.    Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ta’lim tizimida Alisher Navoiy hayoti va ijodini o‘rganishga innovasion yondashuv (5–9-sinflar misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Ped2546. 
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti. 
Ilmiy rahbar: Erkinov Aftondil Sadirxanovich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01. 
Rasmiy opponentlar: Botirova Shahlo Isamiddinovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Boltayeva Gulchehra Shokirovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.    Tadqiqotning maqsadi umumiy o‘rta ta’lim jarayonida Alisher Navoiy hayoti va ijodini o‘rganishga nisbatan innovatsion yondashuvlarni tatbiq etish mexanizmlarini takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Alisher Navoiy asarlarini o‘qitishning pedagogik imkoniyatlari shoirning hayoti bilan bog‘liq ma’lumotlar ko‘lami, ularning muhimlik darajasini adabiy manbalar orqali aniqlash, xronologik ma’lumotlarni shakl va mazmun mutanosibligini saqlagan holda qisqartirish hamda ularni innovatsion texnologiyalar vositasida o‘qitishga yo‘naltirilgan metodikalarni qo‘llash asosida takomillashtirilgan; 
umumiy o‘rta ta’lim tizimida Alisher Navoiy biografiyasini o‘rganishning ta’limiy mazmuni adabiy ta’lim paradigmalarini shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv texnologiyalari vositasida o‘quvchilarning individual ta’lim trayektoriyalariga nisbatan vertikal va gorizontal integratsiyalash orqali takomillashtirilgan;
adabiyot darslarida Alisher Navoiy asarlarini sinflar kesimida o‘qitish metodikasi shoir asarlarining o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda ularning rivojlanish vektoriga nisbatan to‘g‘ri belgilashga yo‘naltirilgan zamonaviy ta’lim texnologiyalari (shaxsga yo‘naltirilgan, akmeologik, evristik)ni adabiy ta’limga tizimlilik va izchillik tamoyillariga ko‘ra tatbiq etish asosida takomillashtirilgan;
Alisher Navoiy hayoti va ijodini o‘rganishga oid innovatsion ish turlari shoir hayoti va ijodi bo‘yicha Blum taksonomiyasini qo‘llash orqali adabiy ta’lim determinantlarini tizimlashtirish hamda ularni o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga moslab tushuntirishga yo‘naltirilgan metodlar vositasida o‘qitish texnologiyalarini to‘g‘ri tanlash imkoniyatlarini yaratish asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ta’lim tizimida Alisher Navoiy hayoti va ijodini o‘rganishga innovatsion yondashuv borasidagi ilmiy tadqiqot ishi natijalari asosida:
adabiy ta’lim paradigmalarini shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv texnologiyalari vositasida o‘quvchilarning individual ta’lim traektoriyalariga nisbatan vertikal va gorizontal integrsiyalash orqali qo‘llash asosida takomillashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim tizimida Alisher Navoiy biografiyasini o‘rganishning ta’limiy mazmuni, shoir asarlarining o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga ko‘ra tahlilini ularning rivojlanish vektoriga nisbatan to‘g‘ri belgilashga yo‘naltirilgan zamonaviy ta’lim texnologiyalari (shaxsga yo‘naltirilgan, akmeologik, evristik)ni adabiy ta’limga tizimlilik va izchillik tamoyillariga ko‘ra tatbiq etish asosida takomillashtirilgan adabiyot darslarida Alisher Navoiy asarlarini sinflar kesimida o‘qitish metodikasi bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan olib borilgan FA-F1-G003 “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi”, FA-A1-G007 “Qoraqalpoq naql-maqollari lingvistik tadqiqot obyekti sifatida” mavzularidagi fundamental va ilmiy-amaliy loyihalarda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 17.01/61-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘rta umumta’lim maktablarida Alisher Navoiy hayoti va ijodini o‘rganishda o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda o‘quv materialini taqdim etish metodikasini takomillashtirishga xizmat qilgan; 
shoir hayoti va ijodi bo‘yicha Blum taksonomiyasini qo‘llash orqali adabiy ta’lim determinantlarini tizimlashtirish hamda ularni o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga moslab tushuntirishga yo‘naltirilgan metodlar vositasida o‘qitish texnologiyalarini tanlash asosida ishlab chiqilgan Alisher Navoiy hayoti va ijodini o‘rganishga oid innovatsion ish turlari bo‘yicha amaliy taklif va tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan olib borilgan FA-F1-G003 “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi”, FA-A1-G007 “Qoraqalpoq naql-maqollari lingvistik tadqiqot obyekti sifatida” mavzularidagi fundamental va ilmiy-amaliy loyihalar mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 17.01/61-son bayonnomasi). Natijada, mumtoz adabiyot, xususan, Alisher Navoiy hayoti va ijodini o‘rganish mavzusidagi o‘quv mashg‘ulotlarida interfaol usullarni unumli qo‘llash yuzasidan bildirilgan fikr-mulohazalar loyiha mazmunini boyitishga xizmat qilgan;
shoirning hayoti bilan bog‘liq ma’lumotlar ko‘lami, ularning muhimlik darajasini mavjud adabiy manbalar orqali aniqlash, xronologik ma’lumotlarni shakl va mazmun mutanosibligini saqlagan holda qisqartirish hamda ularni innovatsion texnologiyalar vositasida ta’limiy taqdim etishga yo‘naltirilgan metodikalar asosida takomillashtirilgan Alisher Navoiy asarlarini o‘qitishning pedagogik imkoniyatlari bo‘yicha taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2020-yil 15-maydagi 125-sonli buyrug‘i asosida e’lon qilingan UNICEF bilan hamkorlikdagi “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘zbek tilini o‘qitish sifatini oshirish” loyihasining 1-bosqichi: Ona tili, o‘zbek tili va adabiyot fanlarining o‘quv-metodik materiallarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2022-yil 6-iyuldagi 01/11-01/01-1034-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumiy o‘rta ta’lim tizimida Alisher Navoiy asarlarini innovatsion yondashuv asosida o‘qitishning metodik ta’minotini takomillashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish