Maxmatqulov Bekmurad Pardaevichning
falsafadoktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Mahalliy chiqindilar asosida olovbardosh yog‘och qipiqli plitalar olish usullarini takomillashtirish” mavzusida 05.10.02 – Favqulodda holatlarda xavfsizlik. Yong‘in, sanoat, yadro va radiatsiya xavfsizligi 05.09.05 – “Qurilish materiallari va buyumlari” dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/T2166.
ilmiy rahbarlar: Djuraev Sobir Mirzaevich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim, kimyo fanlari nomzodi, dotsent Do‘smatov Xashim Mamatkarimovich.
Dissertatsiya bajarilgan tashkilot nomi: Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan tashkilot nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi
DSc.40/29.12.2022.T.129.01
Rasmiy opponentlar: Baxodirov Azizbek Abdulazizovich - texnika fanlari doktori, professor, “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari; Maxkamov Nurmuxammad Yangibaevich – texnika fanlari nomzodi, professor, Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi professori.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-qurilish instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi mahalliy daraxtlar chiqindilari asosida olovbardosh yog‘och qipiqli plitalar olish usullarini takomillashtirish, ularning fizik-kimyoviy xossalarini tadqiq etish, chinor bargi asosida yangi tarkibli olovbardosh qurilish materiallarni ishlab chiqish hamda ularni qo‘llash orqali bino va inshootlarning yong‘in xavfsizligini ta’minlash samaradorligini oshirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiliklari:
mahalliy mineral xomashyolar, chinor bargining maydalangan fraksiyasi, natriyli suyuq shisha, mikrokal`sit, polivinilatsetat va epoksid smolasi asosida olovbardosh va issiqliq izolyasiyalash xususiyatiga ega qurilish materiallarining yangi namunalari olingan;
chinor bargi asosida olingan yog‘och qipiqli plitalarning yong‘in-texnik va fizik-mexanik xossalari tadqiq etilishi asosida olovbardoshlik xususiyati kuchli yonuvchan Yo4 guruhidan, kuchsiz yonuvchan Yo1 guruhiga o‘tkazilishiga hamda tutun hosil qilish koeffisientlarining Dm=102 m2/kg dan Dm=46-94 m2/kg gacha kamayishi aniqlangan;
chinor bargi asosida olingan yog‘och qipiqli plitalarning tutun hosil qilish xossasi kamayishi hisobiga T2 va T1 guruhlariga mansub ekanligini aniqlash natijasida, olovbardosh yog‘och qipiqli qurilish materiallari ochiq olov ta’sirida deformatsiyalanishga uchrash vaqti 5-7 % gacha kamaytirish, termikbardoshlilik xususiyatini 10-15% gacha oshirish usullari takomillashtirilgan;
yong‘indan himoyalovchi kimyoviy tarkiblarni 15-40% gacha bo‘lgan miqdori bilan yog‘och qurilish materiallarni nisbatining kislorod indeksi 28,3-29,4 % teng ekanligi, tashqi shovqin ta’sirlariga bardoshligi 35-40%, tebranishlarga chidamliligi 15-25%, mustahkamlik xususiyatini 10-12% oshirishga erishilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinganligi. Mahalliy daraxt chiqindilari asosida olovbardosh yog‘och qipiqli plitalar olish usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
yangi tarkibli olovbardosh yog‘och qipiqli plitali qurilish materiallari O‘zbekiston Respublikasi qurilish materiallari uyushmasi sanoat korxonalariga joriy etilgan (“O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasi”ning 2023 yil 10 fevraldagi 05/15-279-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, olovbardosh yog‘och qipiqli plitali qurilish materiallari tashqi ta’sir va tovush to‘lqinini 7-9 % gacha, termikbardoshligini 5-7% gacha, mustahkamligini 10-12 % gacha, termik va ochiq olov ta’sirida deformatsiyalanishga uchrash vaqtini 2-4 % gacha oshirilishiga erishilgan;
yangi tarkibli olovbardosh yog‘och qipiqli plitali qurilish materiallari Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlaridagi SURXON KSP GRAND” va “TO PRODUCE FND SELL CONSTRUCTION MATERIALS” MChJlariga ishlab chiqarishga joriy qilingan(2023 yil 4 fevral` va 2023 yil 10 fevral` kunidagi dalolatnomalari). Natijada, olovbardosh yog‘och qipiqli plitkali qurilish materiallarining yangi namunalarini ishlab chiqarishga tatbiq etilgan.