Xajiev Izzat G‘ayratovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Bino va inshootlarning seysmik izolyasiya tizimlari parametrlarini tadqiq qilish usullarini takomillashtirish”, 05.10.02 – Favqulodda holatlarda xavfsizlik. Yong‘in, sanoat, yadro va radiatsiya xavfsizligi 05.09.01 – “Qurilish konstruksiyalari, bino va inshootlar ixtisosliklari tutashligidagi dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2023.2.PhD/T2027.
Ilmiy rahbarlar: Ibragimov Baxrom Toshmuratovich, texnika fanlari doktori, professor, Razzakov Sobirjon Juraevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan tashkilot nomi: Dissertatsiya O‘zbekiston Respublikasi FVV Akademiyasi va Namangan muxandislik qurilish instituti bilan hamkorlikda bajarilgan.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan tashkilot nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi
DSc.40/29.12.2022.T.129.01.
Rasmiy opponentlar: “Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot instituti bo‘lim mudiri, texnika fanlari doktori, professor Nurqulov Fayzulla Nurmuminovich va Toshkent arxitektura qurilish instituti kafedra mudiri, texnika fanlari nomzodi, dotsent Axmadiyorov Ulug‘bek Solijonovichlar tavsiya etildi. Yetakchi tashkilot sifatida Jizzax politexnika instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi binolar va inshootlarning seysmik va yong‘in xavfsizligini ta’minlash metodologiyasining ilmiy-amaliy asoslarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
bino va inshootlarning seysmikbardoshligini oshirish uchun rezina-metall asosli dempfer qurilmasi namunasining, bino va inshootlarning gruntga beradigan elastik bosim va seysik kuchlarni, elastik-plastik bosimni hisobga olish farqi 9-11% ga, qirquvchi kuchlar va eguvchi moment o‘zgarishining maksimal chegarasi 10% gacha etishi va zo‘riqish kuchlaridagi farq 3–7% gacha chegara oralig‘ida kamayishga erishilgan;
bino va inshootlarning seysmikbardoshligini oshirish uchun yangi turdagi komponentlardan tayyorlangan rezina-metall asosli dempfer qurilmasining bino va inshootlarning seysmikbardoshligini 1,5-2,2 ballgacha oshirish mumkinligi o‘tkazilgan amaliy va nazariy tajribalar asosida ilmiy jihatdan aniqlangan;
rezina-metall asosli dempfer qurilmasining ko‘p qavatli sinchli binolarga ta’siri va yuklanishini hisoblashda asosiy poydevori va pastki qavatlari, chetki gorizontal elementlarining (rigellar) tayanch kesimlarida eguvchi kuchlarga ta’siri 18,0%–34,3 % gacha, rigellarning seysmik ta’sirlarga bardoshliligini esa, 20,4%–23,1 % gacha ortirish xususiyati oshirilgan;
rezina-metall asosli dempfer tizimi namunasining olovbardosh va issiqdan himoyalovchi tarkiblar bilan ishlov berilganda ularning olovbardoshlilik darajasi amaldagi dempfer tizimlariga nisbatan 250-300°S haroratdan 400-450°S haroratgacha oshirish orqali termik ta’sirlardan himoyalash usullari takomillashtirilgan.
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bino va inshootlarning seysmik izolyasiya tizimlari parametrlarini tadqiq qilish usullarini takomillashtirish mavzusi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tabiiy va texnogen vaziyatlardagi yong‘inlarni yuzaga kelishi hamda bunday yong‘in va boshqa xurujlarni tezkorlik bilan barataf etish vaqtini 5-7 daqiqagacha kamaytirish imkoniyatini bergan. Rezina-metall asosli dempfer qurilmasi namunalarining yangi namunalari bino va inshootlarni seysmik xavfdan himoyalash maqsadida binolarni loyihalash va o‘rnatishga joriy etilgan. (“O‘zog‘irsanoat loyiha instituti AJ”ning 2023 yil 15 mart kunidagi 7/244-sonli ma’lumotnomasi). Natijada turar-joy binolari va inshootlarining dinamik xarakteristikalarini instrumental tadqiq qilish, seysmik ta’sirlarni hisoblash va zilzilabardoshlikni 1,5-2,2 ballgacha oshirish, yangi ishlab chiqilgan rezina-metall asosli dempfer tizimi namunasining olovbardosh va issiqdan himoyalovchi tarkiblar bilan ishlov berilganda ularning olovbardoshlilik darajasi amaldagi dempfer tizimlariga nisbatan 250-300°S haroratdan 400-450°S haroratgacha oshirish mumkinligi aniqlangan.