Xujanov Chariyar Ruzievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Yong‘in qutqaruv saf tayyorgarligi mashg‘ulotlarida mehnat xavfsizligini ta’minlash usullarini takomillashtirish”, 05.10.01 – Mehnatni muhofaza qilish va inson faoliyati xavfsizligi ixtisosligida dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/T2970.
ilmiy rahbar: Berdiev Kabul Raimovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.
Dissertatsiya bajarilgan tashkilot nomi: O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan tashkilot nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi huzuridagi
DSc.40/29.12.2022.T.129.01 raqamli Ilmiy kengashi.
Rasmiy opponentlar:
A.A.Baxodirov – “O‘zsanoatqurilish materiallari” uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari, texnika fanlari doktori, professor;
A.A.Boboev – Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti “Avtomatlashtirish va boshqaruv” kafedrasi dotsenti, t.f.f.d. (PhD).
Yetakchi tashkilot: Samarqand Arxitektura qurilish universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi yong‘in qutqaruv saf tayyorgarligi mashg‘ulotlarida mehnat xavfsizligini ta’minlash usullarini takomillashtirish iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiliklari:
soha yong‘in-qutqaruvchilari uchun me’yorlanadigan mashqlarni bajarilish shartlarini hisobga olish toifalari turli xil hudud, har xil sharoitlarda qo‘llaniladigan himoya vositalarini takomillashtirish samaradorligini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan;
cho‘l-qumli maydonda oddiy sharoitga nisbatan “Ekipajning jangovar yoyilishi” bo‘yicha 12-15% gacha ko‘p vaqt sarflanishi, tanlangan usulda tezkorlik bilan yong‘inlarni bartaraf etishni 10-12% gacha, mehnat muhofazasini ta’minlash samaradorligini 7-10%gacha oshirish mumkinligi aniqlangan;
yong‘in-qutqaruvchilarning harakati jarayonida gavda holatlarini videoxranometraj usul orqali fotoxronometraji shakllantirilgan bo‘lib, yong‘in-qutqaruvchilar 40 yoshdan oshgandan keyin, tana muskullarida o‘zgarishlar yuz berishi hisobiga tan jarohati olish holatlarini 5-8% gacha kamaytirishga erishilgan;
olingan ilmiy va amaliy natijalar asosida 10% dan 81 % gacha tuzatish qiymatlarini kiritish mumkinligi, yong‘in-qutqaruv saf tayyorgarligi mashg‘ulotlarida mehnat xavfsizligini ta’minlash samaradorligini oshirish va tan jarohatlarini oldini olish 7-10% gacha yaxshilash usullari takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi Tadqiqot Yong‘in qutqaruv saf tayyorgarligi mashg‘ulotlarida mehnat havfsizligini. Yong‘in qutqaruv saf mashg‘ulotlarida mehnat havfsizligini ta’minlash usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
yangi ishlab chiqilgan “Yong‘in-saf va taktik-maxsus tayyorgarlik bo‘yicha me’yorlar” va yong‘in-qutqaruv saf me’yorlari bo‘yicha tuzatish qiymatlari Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2023 yil 20 martdagi
7/4-821-son tayyorgarligi ma’lumotnomasi). Natijada, yong‘in-qutqaruv saf tayyorgarligi mashg‘ulotlarida yong‘in-saf va taktik-maxsus tayyorgarlik bo‘yicha me’yorlar hamda yong‘in-qutqaruv saf me’yorlari bo‘yicha tuzatish qiymatlariga muvofiq, mehnat xavfsizligini ta’minlash usullari takomillashtirilgan;
natijada, cho‘l-qumli hududda “Ekipajning jangovar yoyilishi: yong‘in o‘chirish avtomobilidan 3 yoqlama suv ayirgichi orqali, har birida 2 tadan eng bilan ishchi va asosiy suv yo‘li orkali 3 ta engi bilan (1 ta “A” va 1 ta “B”) dastagidan suv berish” mashqini bajarish davomida mehnat xavfsizligini ta’minlash 30,5% gacha samarador ekanligi ilmiy va amaliy jihatdan asoslangan.