Suyunov Javlonbek Shiralievichning
falsafa doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

1.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Nasos stansiyalari suv keltiruvchi inshootlari uchun suzuvchi konstruksiyalarning gidravlik asoslarini ishlab chiqish”, 05.09.07- Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/T2736
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: 
Bazarov Dilshod Rayimovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.04/30.04.2021.T.111.04 raqamli Ilmiy Kengash.
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori, professor Ernazar Jumaevich Maxmudov, texnika fanlari doktori, dotsent Shakirov Baxtiyar Maxmudovich.
Yetakchi tashkilot - Toshkent arxitektura-qurilish universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: nasos stansiyalariga suv olish inshooti orqali kirib kelayotgan yuza oqiziqlarining ta’sirini baholash va uni kamaytirish usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
suv keltiruvchi inshootlarda oqim yo‘nalishini boshqarishda suzuvchi qurilma orqali nasos stansiyasining suv olish inshootlariga kirib kelayotgan yuza oqiziqlarini kamaytirish usuli takomillashtirilgan;
yuza oqiziqlari dinamikasi asosida yo‘naltiruvchi qurilma qanot profilining geometrik o‘lchamlari ishlab chiqilgan; 
nasos stansiyasi suv keltiruvchi inshootining ekspluatatsiyasi davrida oqimning kinematik parametrlarini inobatga olib yuza oqiziqlarni yo‘naltiruvchi qurilmaning joylashish o‘rni va gidravlik sxemasi ishlab chiqilgan; 
yuza oqiziqlarini yo‘naltiruvchi qurilmaning o‘rnatilish holati oqimning bo‘linish hususiyatlarini inobatga olib ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Nasos stansiyalari suv keltiruvchi inshootlari uchun suzuvchi konstruksiyalarning gidravlik asoslarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
kanallarda oqim yo‘nalishini boshqarish orqali nasos stansiyasining suv olish inshootlariga kirib kelayotgan yuza oqiziqlarini kamaytirish usuli “Samarqand viloyati Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi” huzuridagi “Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi”ga qarashli Guliston-1 nasos stansiyasida joriy qilingan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2022-yil 6-iyundagi 03/26-1257-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, suv olish inshootiga yuza oqiziqlarini kirishi 84-87 foizga kamaytirish imkoniyati yaratilgan;
yuza oqiziqlari dinamikasi asosida yo‘naltiruvchi qurilma qanot profilining geometrik o‘lchamlari ishlab chiqilgan, “Samarqand viloyati Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi” huzuridagi “Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi”ga qarashli Guliston-1 nasos stansiyasida joriy qilingan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2022-yil 6-iyundagi 03/26-1257-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, nasos stansiyalarining suv olish kanallari kirish qismida yuza oqiziqlarni yo‘naltiruvchi qurilma konstruksiyalarini loyihalashtirishda foydalanish imkoniyati yaratigan;
nasos stansiyasi suv olish inshootining ekspluatatsiya davrida oqimning kinematik parametrlarini inobatga olib, yuza oqiziqlarni yo‘naltiruvchi qurilmaning joylashish o‘rni va gidravlik sxemasi ishlab chiqilgan va u “Samarqand viloyati Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi” huzuridagi “Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi”ga qarashli Guliston-1 nasos stansiyasida joriy qilingan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2022-yil 6-iyundagi 03/26-1257-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, nasos stansiyalarining suv olish kanalida yuza oqiziqlarni yo‘naltiruvchi qurilmaning optimal joylashish sxemasi, o‘rnatilish burchagi 30 gradus tanlanishi orqali loyihalarda foydalanish imkoniyati yaratilgan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish