Mirzaev Jasurbek Israilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kvantlovchi magnit maydon ta’siridagi nanoo‘lchamli yarimo‘tkazgichlarda energetik holatlar zichligi ossillyasiyalarining haroratga bog‘liqligini aniqlash» 01.04.10 – «YArimo‘tkazgichlar fizikasi» ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/FM416
Ilmiy rahbar: Erkaboev Ulug‘bek Inayatillaevich, fizika-matematika fanlari doktori, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/30.11.2022.FM/T.66.04.
Rasmiy opponentlar: Onarkulov Karimberdi Egamberdievich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Nosirov Murodjon Zokirovich, fizika-matematika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: parabolik dispersiya qonuni uchun nanoo‘lchamli yarimo‘tkazgichlarda energetik holatlar zichligi ossillyasiyalarining harorat va kvantlovchi magnit maydonga bog‘liqligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor, Gauss taqsimot funksiyasini hisobga olgan holda kvant o‘lchamli yarimo‘tkazgichlarda energetik holatlar zichligi ossillyasiyalarini haroratga bog‘liqligiga kvantlovchi magnit maydonning ta’sirini hisoblash mumkinligi delta – funksiyalarni qatorga yoyish usuli yordamida asoslangan;
kvantlovchi magnit maydon va harorat ta`sirida to`g`ri to`rtburchakli kvant o‘ra asosidagi geterostrukturali yarimo`tkazgichlarning parabolik dispersiya qonuni uchun Fermi energiyasi ossillyasiyalarini hisoblaydigan yangi analitik ifoda keltirib chiqarilgan;
ilk bor, sonli hisoblash usullaridan foydalanib, ko‘ndalang kvantlovchi magnit maydon ta’siridagi nano o`lchamli yarimo‘tkazgichlarda ruhsat etilgan sohasining energetik holatlar zichligi ossillyasiyalarini haroratga bog‘liqligi aniqlangan;
Kvant o`raning o`tkazuvchanlik va valent sohadagi energetik holatlar zichligi ossillyasiyalarini delta – funksiya shaklida ifodalovchi tenglamalari topilgan va ularning harorat va magnit maydonga bog`liqligi aniqlangan.
kvant o`lchamli yarimo`tkazgichlarning valent soha shipi va o`tkazuvchanlik sohasi tubini harorat va magnit maydon ta`siri yordamida o`zgarishini hisobga olgan holda kvant o`raning ta`qiqlangan soha kengligini tashqi omillarga bog`liqligini ifodalovchi analitik formulalar olingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Kvantlovchi magnit maydon ta’siridagi nanoo‘lchamli yarimo‘tkazgichlarda energetik holatlar zichligini haroratga bog‘liqligini tadbiq etish natijalari asosida:
Nanoo‘lchamli yarimo‘tkazgichlarda kvant o‘raning taqiqlangan soha kengligini magnit maydonga bog‘liqligini hisoblashda olingan natijalardan “Noto‘g‘ri o‘tishli sohalararo yarimo‘tkazgichli kvant nuqtalar: lokallashgan eksitonlarning rekombinatsiyasi va spinli dinamikasi” mavzusidagi №19-02-00098 raqamli grantni bajarishda qo‘llanilgan. (Rossiya fanlar akademiyasi Sibir bo‘limining A.V.Rjanov nomidagi yarimo‘tkazgichlar fizikasi institutining 2023 yil 14 fevraldagi №15307-05-2433 -sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish natijasida, loyihadagi kvant o‘lchamli yarimo‘tkazgichlarning taqiqlangan soha kengligini harorat va magnit maydon yordamida 1.21 foizga kamaytirsh imkonini bergan.