Egamov Raxmatillo Mirolimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Innovatsion tadbirlar asosida qurilish mahsulotlarining raqobatbardoshligini boshqarishni takomillashtirish”, 08.00.13 – “Menejment” 
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Iqt1845
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: M.Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti 
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, ilmiy kengash raqami: Toshkent davlat trasnport universiteti, DSc.15/31.12.2020.I.09.04
Ilmiy rahbar: Djabriyev Akbarali Normurodovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor 
Rasmiy opponentlar:
Turayev Baxodir Xatamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;
Abdujaborov Sobir Baxromovich, iqtisodiyot fanlari falsafa doktori, PhD, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti
Dissertasiya yo‘nalishi: Iqtisodiyot
II. Tadqiqotning maqsadi innovatsion tadbirlar asosida qurilish mahsulotlarining raqobatbardoshligini boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy - amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “qurilish mahsulotlarining raqobatbardoshligi” tushunchasi qurilish mahsulotlarining o‘ziga xos xususiyati, raqobatchi mahsuloti vositasida muayyan ehtiyoj bo‘yicha qoniqishining muvofiqligi darajasiga asosan ajralib turuvchi qurilish mahsulotlarini sotib olish va foydalanishda iste’molchi xarajatlari jihatidan qurilish bozoridagi muayyan iste’molchining sifat ko‘rsatkichlari talablarini qondirish qobiliyati sifatida takomillashtirilgan;
qurilish mahsulotlarining raqobatbardoshligini boshqarish mexanizmi qurilish industriyasi korxonasining innovatsion jarayonlarga muvofiqligi hamda qurilish bozorida innovatsion mahsulotning qabul qilinishi darajalarini baholashni kiritish orqali takomillashtirilgan;
qurilish mahsulotlarining raqobatbardoshligini boshqarishda ularning innovatsionlik darajasini oshirish, korxonalar barqaror rivojlanishini ta’minlash, innovatsion tadbirlarni belgilash orqali innovatsiyalarning hududiy korxonalarga muvaffaqiyat keltirishning “salbiy” (0,2 < IMKD < 0,4), “mo‘tadil” (0,4 < IMKD < 0,6), “ijobiy” (IMKD ≥ 0,6) darajalari asoslangan; 
 “BMAX BUILDING MATERIALS” MChJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan innovatsion raqobatbardosh mahsulotlar hajmi o‘sish dinamikasining 2030 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Innovatsion tadbirlar asosida qurilish mahsulotlarining raqobatbardoshligini boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “qurilish mahsulotlarining raqobatbardoshligi” tushunchasining qurilish mahsulotlarining o‘ziga xos xususiyati, raqobatchi mahsuloti vositasida muayyan ehtiyoj bo‘yicha qoniqishining muvofiqligi darajasiga asosan ajralib turuvchi qurilish mahsulotlarini sotib olish va foydalanishda iste’molchi xarajatlari jihatidan qurilish bozoridagi muayyan iste’molchining sifat ko‘rsatkichlari talablarini qondirish qobiliyati sifatida takomillashtirilgan ta’rifi oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun mo‘ljallangan “Boshqaruv qarorlarini ishlab chiqarish texnologiyasi” nomli darsligini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 23 -noyabrdagi 500 – sonli bo‘yrug‘i).
Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalar va bo‘lajak mutaxassislarda qurilish mahsulotlarini sotib olish va foydalanishda iste’molchi xarajatlari jihatidan qurilish bozoridagi muayyan iste’molchining sifat ko‘rsatkichlari talablarini qondirish qobiliyati sifatidagi “qurilish mahsulotlarining raqobatbardoshligi” tushunchasi bo‘yicha nazariy va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish imkoni yaratilgan;
qurilish mahsulotlarining raqobatbardoshligini boshqarish mexanizmi qurilish industriyasi korxonasining innovatsion jarayonlarga muvofiqligi hamda qurilish bozorida innovatsion mahsulotning qabul qilinishi darajalarini baholashni kiritish orqali takomillashtirish bo‘yicha berilgan taklifning joriy etilganligi, (Samarqand viloyati qurilish bosh boshqarmasi dalolatnomasiga asosan O‘zbekiton Respublikasi Qurilish vazirligining 2022 yil 12 apreldagi 09-06/3611-son ma’lumotnomasi), ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning innovatsionligini baholash bo‘yicha takliflarning natijasida korxona daromadi 2021 yilda 15 (%) foizga oshgan bo‘lsa, kelgusida 2025 yilga borib 35,2 (%) foizga oshishi aniqlangan;
qurilish mahsulotlarining raqobatbardoshligini boshqarishda ularning innovatsionlik darajasini oshirish, korxonalar barqaror rivojlanishini ta’minlash, innovatsion tadbirlarni belgilash orqali innovatsiyalarning hududiy korxonalarga muvaffaqiyat keltirishning “salbiy” (0,2 < IMKD < 0,4), “mo‘tadil” (0,4 < IMKD < 0,6), “ijobiy” (IMKD ≥ 0,6) darajalari bo‘yicha uning innovatsion faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha berilgan taklif Samarqand viloyati qurilish bosh boshqarmasiga joriy etilganligi, (Samarqand viloyati qurilish bosh boshqarmasi dalolatnomasiga asosan O‘zbekiton Respublikasi Qurilish vazirligining 2022 yil 12 apreldagi 09-06/3611-son ma’lumotnomasi). Taklif qilinayotgan ilmiy yangilikning qurilish korxonalariga joriy etilishi sohaning iqtisodiy samaradorligini baholash imkoniyatini beradi;
 “BMAX BUILDING MATERIALS” MChJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan innovatsion raqobatbardosh mahsulotlar hajmi o‘sish dinamikasining 2030 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi tomonidan “BMAX BUILDING MATERIALS” MChJ faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2022 yil 12 apreldagi 09-06/3611-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida hududda qurilish mahsulotlarining raqobatbardoshligini boshqarish, samaradorligini oshirish va ular hajmining o‘sish sur’atlarini ta’minlaydigan dastaklarni tanlash imkoniyati yaratilib, natijada korxona qurilish mahsulotlarining ishlab chiqarish hajmi oshishi aniqlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish