Axrarov Boburxodja Baxadirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Mahalliy xomashyolardan turli sanoat tarmoqlari uchun organik moddalar va ular asosidagi mahsulotlar olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.14 – Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/T2241.
Ilmiy rahbar: Murodov Muzaffar Murodovich, texnika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: «Toshkent innovatsion kimyoviy texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti» MChJ.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: «Toshkent innovatsion kimyoviy texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti» MChJ, PhD.23/30.07.2022.K/T.150.01.
Rasmiy opponentlar: Arslanov Sharafutdin Sultanovich, texnika fanlari doktori, professor; Musulmonov Noryigit Xasanovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mahalliy xomashyo ferula o‘simligidan turli sanoat tarmoqlari uchun organik moddalar va ular asosidagi mahsulotlar olish texnologiyasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ferula o‘simligining poya qismidan yarimsellyuloza hamda yuqori tozalikka ega bo‘lgan kimyoviy qayta ishlashga yaroqli sellyulozalar olingan hamda ularni kimyoviy qayta ishlash usuli ishlab chiqilgan;
ferula o‘simligidan olingan yarimsellyuloza, hamda yuqori tozalikdagi turli markali sellyulozalarning fizik-kimyoviy hamda mexanik xossalari aniqlangan;
ferula sellyulozasi asosida oziq-ovqat sanoati uchun emulgator sifatida ishlatilinadigan uning oddiy efiri kroskarmeloza (E468) olingan va uning fizik-kimeviy xossalari aniqlangan;
mahalliy xomashyo ferula o‘simligidan turli sanoat tarmoqlari uchun organik moddalar va ular asosidagi mahsulotlarni qayta ishlash uchun yaroqli sellyuloza olish texnologiyasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Mahalliy xomashyo ferula o‘simligining poya qismidan yarimsellyuloza asosida turli markali sellyulozalar olish texnologiyasini yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mahalliy xomashyo ferula o‘simligining poya qismidan yarim sellyuloza asosida turli markali sellyulozalar olish texnologiyasi “Gissarneftgaz” O‘zbekiston-Shveysariya qo‘shma korxonasida amaliyotga joriy etilgan (“Gissarneftgaz” O‘zbekiston-Shveysariya qo‘shma korxonasining 2022 yil 22 noyabrdagi 725-01/11-son ma’lumotnomasi). Natijada, mahalliy xomashyolar asosida kimyoviy qayta ishlashga yaroqli sellyuloza olish imkonini bergan;
mahalliy xomashyo ferula o‘simligi asosida olingan yuqori tozalikka ega bo‘lgan sellyuloza olish usuli “Gissarneftgaz” O‘zbekiston-Shveysariya qo‘shma korxonasida amaliyotga joriy etilgan (“Gissarneftgaz” O‘zbekiston-Shveysariya qo‘shma korxonasining 2022 yil 22 noyabrdagi 725-01/11-son ma’lumotnomasi). Natijada, ferula sellyulozasidan burg‘ulash eritmalari uchun stabilizator sifatida ishlatiladigan polianionli sellyuloza olish imkonini bergan.