Toshbekov Odil Abdullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Mahalliy dag‘al jun tolasi asosida noto‘qima matolar olish texnologiyasini ishlab chiqish” 05.06.02–“To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2022.4.PhD/T3342
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Termiz davlat universiteti”
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Paxtasanoat ilmiy markazi” AJ, DSc 30/30.11.2021.T.141.01.
Ilmiy rahbar: Urozov Mustafokul Qulto‘raevich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Rasmiy opponentlar: Xolikov Qurbonali Madaminovich, texnika fanlari doktori, professor; Raxmatullinov Farrux Faridovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston tabiiy tolalar ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mahalliy dag‘al jun tolasini tadqiq qilish asosida to‘qimachilik va avtomobil sanoati uchun sifatli mato ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy dag‘al jun tolalarining ingichkaligi, qalinligi, shtapel va modal uzunlik fizik kimyoviy xossalarini o‘rganish orqali jun tolasi sifatiga dastlabki ishlov berish jaryonlarining ta’siri aniqlangan;
dag‘al jun tarkibidagi turli iflosliklar va yog‘simon moddalarni samarali usulda tozalash texnologiyasi orqali texnik jihatdan sifatli mayin tolalardan avtomobil sanoati uchun noto‘qima mato ishlab chiqilgan;
mahalliy dag‘al jun tolalarining qayishqoqligi, qovushqoqligi hamda plastik deformatsiyasi parametrlarining ratsional qiymatlari aniqlangan;
olingan jun tolasidan turli qalinlikdagi noto‘qima matoning bog‘lovchi sifatida tabiiy elimlardan foydalanish orqali mahsulotning mustahkamligi, ishqalanishga chidamligigi, havo o‘tkazuvchanligi, uzayishi, cho‘zilishi, ovoz yutuvchanlik xususiyatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jun tolalari asosida olingan noto‘qima matolar texnologiyasini ishlab chiqish mavsumdagi avtomabil sanoati uchun ishqalanishga chidamli, xovo o‘tkazuvchanligi, shovqinni yutuvchi matolar ishlab chiqarish bo‘yicha olingan ilmiy-amaliy natijalar asosida:
uch hil namunadagi noto‘qima matolar ishlab chiqarish texnologiyasi “Jizzax jun” MChJ korxonasida hamda Oltinsoy tumanidagi “Xisora mayin jun” MChJ korxonasida ishlab chiqarishga joriy qilingan. («O‘zcharmsanoat» uyushmasining 2023 yil 7 martdagi № FB 7/694-sonli ma’lumotnomasi). Natijada dag‘al jun tarkibidagi iflosliklarni tozalash va qayta ishlov berish orqali texnik jihatdan sifatli tola olish va uning asosida yuqori sifatli turli tarkibdagi noto‘qima matolar olish imkoni yaratilgan.