To‘ychiboev Nozimjon Solievichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Kompaniya boshqaruv tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanishning nazariy va uslubiy asoslari”
08.00.14 – Iqtisodiyotda axborot tizimlari va texnologiyalari
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.DSc/Iqt439
Ilmiy rahbar: Begalov Bahodir Abdusalomovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon mashinasozlik institutida bajarilgan.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti, DSc 29/30.12.2019.I.92.01.
Rasmiy opponentlar: Alimov Raimjon Xakimovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Abdugaffarov Abduhalil iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Aripov Mirsaid Mirsidiqovich fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: I.Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida kompaniyalar boshqaruvi tizimini samarali tashkil etishning nazariy va uslubiy jihatlarini ishlab chiqish tadqiqot ishining maqsadi hisoblanadi.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
kompaniya boshqaruvi jarayonlariga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, ya’ni masofadan yirik hajmdagi ma’lumotlarni uzatish, ma’lumotlar oqimini sezilarli darajada tezlashtirish va boshqaruv qarorlarini o‘z vaqtida qabul qilish uchun ma’lumotlarni qayta ishlashning umumiy vaqtini kamaytirish va elektrenergiyasi yo‘qotishlarini kamayti-rish hisobiga iqtisodiy barqarorlikka erishish yo‘llari asoslab berilgan;
kompaniya boshqaruvi jarayonlariga raqamli texnologiyalarni joriy etish yordamida texnik va iqtisodiy ma’lumotlarni ishlab chiqish hamda qayta ishlash natijasida elektrenergiyani optimal taqsimlash bo‘yicha to‘g‘ri va samarali qarorlarni qabul qilishni qo‘llab-quvvatlash uslubiyoti ishlab chiqilgan;
elektrenergiyani hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlash-tirilgan axborot tizimini joriy etish orqali real vaqt rejimida ob’ek-tiv, shaffof va aniq ma’lumotlarni to‘plash hamda qayta ishlashning uslu-biy yondashuvlari taklif qilingan;
raqamlashtirish natijasida elektr tarmoqlari yuklarini muvozanat-lashtirish, rejimlarni optimallashtirish va avtomatlashtirilgan o‘lchash tizimlarini keng joriy etish orqali turli xarajatlarni kamaytirish usul-lari asoslab berilgan;
elektrenergiyani hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtiril-gan axborot tizimini keng joriy etish bilan texnologik vaziyatlarni “aqlli” boshqarish, iste’molchilar tomonidan energiyani tejash, korxonalar-ning elektrenergiya sarfini qisqa muddatda prognoz qilish, elektr-energiyani onlayn rejimda nazorat hamda hisob-kitob qilishning korpo-rativ axborot tizimlari ishlab chiqilgan;
elektrenergiya hisobini yuritish asboblarining uzluksiz ishlashini nazorat qilish, elektrenergiyani yo‘qotishning tijorat jihatdan pasayi-shini hisoblash metodikasini joriy etish orqali iqtisodiy samarador-likka erishish asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bajarilgan tadqiqotlar asosida quyidagilar amaliyotga joriy qilindi:
kompaniya boshqaruvi jarayonlariga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, ya’ni masofadan yirik hajmdagi ma’lumotlarni uzatish, ma’lumotlar oqimini sezilarli darajada tezlashtirish va boshqaruv qarorlarini o‘z vaqtida qabul qilish uchun ma’lumotlarni qayta ishlashning umumiy vaqtini kamaytirish va elektrenergiyasi yo‘qotishlarini kamaytirish hisobiga iqtisodiy barqarorlikka erishish bo‘yicha berilgan takliflari “Andijon hududiy elektr tarmoklari” AJ faoliyati samara-dorligini oshirish uchun joriy etildi. (“Hududiy elektr tarmoqlari” Aksiyadorlik jamiyatining 2022 yil 26 oktyabrdagi 01-03-09/1146-sonli ma’lumotnomasi);
kompaniya boshqaruvi jarayonlariga raqamli texnologiyalarni joriy etish yordamida texnik va iqtisodiy ma’lumotlarni ishlab chiqish hamda qayta ishlash natijasida elektrenergiyani optimal taqsimlash bo‘yicha to‘g‘ri va samarali qarorlarni qabul qilishni qo‘llab-quvvatlash uslubiyoti bo‘yicha berilgan takliflari “Andijon hududiy elektr tarmoqlari” AJ faoliyati-da samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayonlarini takomillash-tirish maqsadida qabul kilindi. (“Hududiy elektr tarmoqlari” AJning 2022 yil 26 oktyabrdagi 01-03-09/1146-sonli ma’lumotnomasi);
elektrenergiyani hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtiril-gan axborot tizimini joriy etish orqali real vaqt rejimida ob’ektiv, shaffof va aniq ma’lumotlarni to‘plash hamda qayta ishlash yondashuvlari “Andijon hududiy elektr tarmoqlari” AJ faoliyati samaradorligining istiqboldagi rivojlanish yo‘nalishlarini asoslab berish maqsadida qabul kilindi. (“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ 2022 yil 26 oktyabrdagi 01-03-09/1146-sonli ma’lumotnomasi);
raqamlashtirish natijasida elektr tarmoqlari yuklarini muvozanat-lashtirish, rejimlarni optimallashtirish va avtomatlashtirilgan o‘lchash tizimlarini keng joriy etish orqali turli xarajatlarni kamaytirish usullari “Andijon hududiy elektr tarmoqlari” AJ faoliyatini rivojla-nish yo‘nalishlarini belgilash maqsadida qabul qilindi. (“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ 2022 yil 26 oktyabrdagi 01-03-09/1146-sonli ma’lumot-nomasi);
elektrenergiyani hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlash-tirilgan axborot tizimini keng joriy etish bilan texnologik vaziyatlarni “aqlli” boshqarish, iste’molchilar tomonidan energiyani tejash, korxonalar-ning elektrenergiya sarfini qisqa muddatda prognoz qilish, elektrenergiya-ni onlayn rejimda nazorat hamda hisob-kitob qilishning korporativ axborot tizimlari “Andijon hududiy elektr tarmoklari” AJ faoliyatiga joriy etildi. (“Hududiy elektr tarmoqlari” Aksiyadorlik jamiyatining 2022 yil 26 oktyabrdagi 01-03-09/1146-sonli ma’lumotnomasi).
elektrenergiya hisobini yuritish asboblarining uzluksiz ishlashini nazorat qilish, elektrenergiyani yo‘qotishning tijorat jihatdan pasayi-shini hisoblash metodikasini joriy etish orqali “Andijon hududiy elektr tarmoklari” AJ faoliyatini iqtisodiy samaradorligini oshirish maqsa-dida qabul qilindi. (“Hududiy elektr tarmoqlari” Aksiyadorlik jamiyati-ning 2022 yil 26 oktyabrdagi 01-03-09/1146-sonli ma’lumotnomasi).