Zufarova Zilola Rahim qiziining
falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Hisob siyosati auditini takomillashtirish», 08.00.08 – «Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit».
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Iqt2237.
Ilmiy rahbar: Avlokulov Anvar Ziyadullayevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01. Rasmiy opponentlar: Axmedjanov Karimjon Bakidjanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Menglikulov Baxtiyor Yusupovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: «Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti» Milliy tadqiqot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: hisob siyosati auditini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
don mahsulotlarini qayta ishlovchi korxonalarda mahsulot tannarxini to‘g‘ri aniqlash maqsadida hisob siyosatiga 2312-«Qop va qadoqlash xarajatlari» ishchi schyotini kiritish asoslangan;
2811-«Bug‘doy uni», 2812-«Qayta ishlangan bug‘doy urug‘i», 2813-«Chorva uchun ozuqa yem» hamda 2814-«Kepak va boshqa chiqindilar» ishchi schyotlarini hisob siyosatiga kiritish taklif etilgan;
hisob siyosati ichki auditini rejalashtirishga moliyaviy hisobotdagi o‘zgarishlarning retrospektiv hisobga olinishi to‘g‘riligini baholashni kiritish zarurligi asoslangan;
hisob siyosati bo‘yicha axborotlarni kompilyasiya qilish orqali auditorlik tashkilotlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini oshirish asoslangan.
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Hisob siyosati auditini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
don mahsulotlarini qayta ishlovchi korxonalarda mahsulot tannarxini to‘g‘ri aniqlash maqsadida hisob siyosatiga 2312-«Qop va qadoqlash xarajatlari» ishchi schyotini kiritish bilan bog‘liq taklifi «Galla-Alteg» aksiyadorlik jamiyatida hisob siyosatini ishlab chiqishda qo‘llanilgan («Galla-Alteg» aksiyadorlik jamiyatining 2022 yil 20 dekabrdagi 5/820-son ma’lumotnomasi). Natijada, don mahsulotlarini qayta ishlovchi korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish tannarxining to‘g‘ri aniqlanishiga erishilgan;
2811-«Bug‘doy uni», 2812-«Qayta ishlangan bug‘doy urug‘i», 2813-«Chorva uchun ozuqa yem» hamda 2814-«Kepak va boshqa chiqindilar» ishchi schyotlarini kiritish bo‘yicha taklifi «Galla-Alteg» aksiyadorlik jamiyatida hisob siyosatini ishlab chiqishda qo‘llanilgan («Galla-Alteg» aksiyadorlik jamiyatining 2022 yil 20 dekabrdagi 5/820-son ma’lumotnomasi). Natijada, tayyor mahsulotlar tahliliy hisobining takomillashuviga hamda buxgalteriya axborotlarining aniqligi ta’minlanishiga erishilgan;
hisob siyosati ichki auditini rejalashtirishga moliyaviy hisobotdagi o‘zgarishlarning retrospektiv hisobga olinishi to‘g‘riligini baholashni kiritish bo‘yicha taklifi «Galla-Alteg» aksiyadorlik jamiyatining «Ichki audit to‘g‘risidagi nizom»ida o‘z aksini topgan («Galla-Alteg» aksiyadorlik jamiyatining 2022 yil 20 dekabrdagi 5/820-son ma’lumotnomasi). Natijada, hisob siyosati ichki auditini izchil amalga oshirish hamda buxgalteriya hisobi axborotlarining ishonchliligiga to‘g‘ri baho berish imkoniyati yaratilgan;
hisob siyosati bo‘yicha axborotlarni kompilyasiya qilish orqali auditorlik tashkilotlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini oshirish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Auditorlar palatasi tomonidan auditorlik tashkilotlarining ichki standartlarini ishlab chiqishda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Auditorlar palatasining 2023 yil 19 yanvardagi 1/19-01-son ma’lumotnomasi). Natijada, xo‘jalik yurituvchi subyektlarda moliyaviy hisobot elementlarining to‘g‘ri shakllanishiga, shuningdek, auditorlik tashkilotlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatining oshishiga erishilgan.