Gafurova Dildoraxon Fotixovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertasiysi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar. Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Bank sektorining moliyaviy holatini iqtisodiy-statistik tahlili” 08.00.06 - Ekonometrika va statistika
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Iqt1665
Ilmiy rahbar: G‘oyibnazarov Bahodir Karimovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti, DSc 29/30.12.2019.I.92.01.
Rasmiy opponentlar: prof. Yo.A.Abdullaev, i.f.d., professor O.Q.Xotamov.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tavsiya etilsin 
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Respublikamiz bank sektoridagi moliyaviy holatni statistik baholash va istiqbollarini prognozlash bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish hisoblanadi.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
xalqaro statistik standart va tasniflardan foydalanib, bank sektorining iqtisodiy ko‘rsatkichlarini ko‘p omilli statistik tahlil qilish, ular orasidagi o‘zaro bog‘lanishlarni aniqlash, o‘rganilayotgan ob’ektlar taqsimotidagi qonuniyatlarni baholash maqsadida bank tizimining moliyaviy faoliyatini kompleks baholovchi integral ko‘rsatkichlar tizimi taklif etilgan
turli zamonaviy statistik usul va uslubiyotlarni qo‘llash hisobiga bank sektorining moliyaviy faoliyatini statistik axborotlar bazasini kengaytirish maqsadida «MHT–2008» xalqaro standartiga asoslanib, institutsional birliklar faoliyati natijalari hamda ularning resurslarini kompleks iqtisodiy-statistik tahlil qilishning uslubiy jihatlari baholangan; 
bank faoliyatini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish, ularning rivojlanishini tavsiflovchi omillar va tamoyillarni hisobga olib, bank tizimi barqarorligining har bir komponentini baholash hamda qo‘llaniladigan statistik ko‘rsatkichlar majmuasini kengaytirish maqsadida milliy iqtisodiyot hamda mintaqa darajasida bank tizimining barqarorligini iqtisodiy-statistik tahlil qilish uslubi taklif etilgan; 
xalqaro tajribalar va “MHT–2008” xalqaro standarti qoidalariga muvofiq bank muassasasi faoliyatini iqtisodiy-statistik tahlil qilish va ekonometrik modellashtirishning uslubiy jihatlari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bank sektorining moliyaviy faoliyatini statistik tadqiqoti bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
xalqaro statistik standart va tasniflardan foydalanib, bank sektorining iqtisodiy ko‘rsatkichlarini ko‘p omilli statistik tahlil qilish, ular orasidagi o‘zaro bog‘lanishlarni aniqlash, o‘rganilayotgan ob’ektlar taqsimotidagi qonuniyatlarni baholash maqsadida bank tizimining moliyaviy faoliyatini kompleks baholovchi integral ko‘rsatkichlar tizimi Respublika “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki amaliy faoliyatiga joriy etilgan (Respublika “Agrobank” aksiyadorlik tijorat bankining 2023 yil 2 maydagi 19-02-12/1021 –sonli ma’lumotnomasi). Ushbu yangilik ilmiy-uslubiy jihatdan bank muassasasi moliyaviy faoliyatini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimini tizimli statistik baholash imkoniyatlarini oshirishga xizmat qilgan;
turli zamonaviy statistik usul va uslubiyotlarni qo‘llash hisobiga bank sektorining moliyaviy faoliyatini statistik axborotlar bazasini kengaytirish maqsadida «MHT–2008» xalqaro standartiga asoslanib, institutsional birliklar faoliyati natijalari hamda ularning resurslarini kompleks iqtisodiy-statistik tahlil qilishning uslubiy jihatlarini baholash bo‘yicha ilmiy takliflar Respublika “Ipak yo‘li” aksiyadorlik innovasiya tijorat banki amaliy faoliyatiga joriy etilgan (“Ipak yo‘li” aksiyadorlik innovasiya tijorat bankining 2023 yil 10 apreldagi 05-2/101k –sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklif xalqaro standart va tamoyillardan kelib chiqib, respublikamizda bank muassasasining moliyaviy faoliyatini hisobga olish jarayonlarini uslubiy jihatdan statistik baholash imkoniyatlarini kengaytirgan;
bank faoliyatini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish, ularning rivojlanishini tavsiflovchi omillar va tamoyillarni hisobga olib, bank tizimi barqarorligining har bir komponentini baholash hamda qo‘llaniladigan statistik ko‘rsatkichlar majmuasini kengaytirish maqsadida milliy iqtisodiyot hamda mintaqa darajasida bank tizimining barqarorligini iqtisodiy-statistik tahlil qilish uslubi Respublika “Ipak yo‘li” aksiyadorlik innovasiya tijorat banki amaliy faoliyatiga joriy etilgan (“Ipak yo‘li” aksiyadorlik innovasiya tijorat bankining 2023 yil 10 apreldagi 05-2/101k –sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilik respublikamizda moliyaviy xizmatlarni ko‘rsatuvchi institutsional birliklar faoliyati natijalarini makroiqtisodiy va mahalliy darajalarda statistik baholash imkoniyatlarini oshirgan; 
xalqaro tajribalar va “MHT–2008” xalqaro standarti qoidalariga muvofiq bank muassasasi faoliyatini iqtisodiy-statistik tahlil qilish va ekonometrik modellashtirishning uslubiy jihatlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy takliflar Respublika “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki amaliy faoliyatiga joriy etilgan (Respublika “Agrobank” aksiyadorlik tijorat bankining 2023 yil 2 maydagi 19-02-12/1021 –sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklif “MHT–2008” xalqaro standarti asosida bank sektorining samaradorligini tahlil qilish uchun zamonaviy konseptual tamoyillarni va yetarli statistik usullarni birlashtirgan yondashuvlarni amalga oshirishga imkon yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish