Axmedova Xilola Odiljonovnaning
fan doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tijorat banklarida komplayens-nazorat tizimini takomillashtirish yo‘llari”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Iqt1208.
Ilmiy rahbar: Jumayev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi DSc.09/31.08.2022.I.151.01.
Rasmiy opponentlar: Kuziyeva Nargiza Ramazanovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xaydarov O‘rol Axmadovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent
Yetakchi tashkilot: ATB “Aloqabank”.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistondagi tijorat banklarida kopmlayens-nazorat tizimini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-nazariy, amaliy va uslubiy taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tijorat banklari jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishning oldini olishda risklarni mijozlarning geografiyasi va tranzaksiya turlari bo‘yicha baholash taklif etilgan;
pul o‘tkazmalarni va tranzaksiyalarni kechiktirish va muzlatib qo‘yish amaliyoti barcha jismoniy va yuridik shaxslar uchun bir xil darajada joriy etish, shuningdek, ro‘yxatdan chiqarish va aktivlarni muzlatishdan chiqarish bo‘yicha vakolatli organlarning tijorat banklari bilan tezkor kommunikatsiya kanallari yo‘lga qo‘yish taklifi asoslangan;
tijorat banklarida komplayens funksiyasi mustaqilligini ta’minlashda Bank kengashi tarkibida Komplayens-nazorat qo‘mitasi tuzilishi, mazkur qo‘mitaga bevosita bo‘ysunadigan Komplayens departamenti va uning tarkibiy tuzilmalari (komplayens bo‘limi) tashkil etilishi taklif etilgan;
regulyatorning tomonidan banklar faoliyatini tartibga solish mexanizmi hamda komplayens nazorat tizimi o‘rtasidagi to‘g‘ri proporsionallik asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot jarayonida olingan quyidagi ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar amaliyotga joriy etilgan:
tijorat banklari jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish yuzasidan risklarni o‘rganishni, tahlil qilishni va aniqlashni yiliga kamida bir marta amalga oshirishiga doir taklifi XAB Trastbankning 2022-yil 23-dekabrdagi 01-33/4041-son bayonnoma asosida XAB Trastbank faoliyatiga joriy etilgan (XAB Trastbankning
2022-yil 23-dekabrdagi 01-33/4041-son dalolatnomasi). Natijada XAB Trastbankda ichki nazorat qoidalarida jinoiy daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish bo‘yicha risklarni mijozlar to‘plami kesimida, geografiyasi va tranzaksiya turlari bo‘yicha baholashni yo‘lga qo‘yishi va aniqlangan risklar bo‘yicha kengaytirilgan chora-tadbirlar ishlab chiqishga erishildi;
pul o‘tkazmalarni va tranzaksiyalarni kechiktirish va muzlatib qo‘yish amaliyoti barcha jismoniy va yuridik shaxslar uchun bir xil darajada joriy etish, shuningdek, ro‘yxatdan chiqarish va aktivlarni muzlatishdan chiqarish bo‘yicha vakolatli organlarning tijorat banklari bilan tezkor kommunikatsiya kanallari yo‘lga qo‘yishga doir taklifi taklifi XAB Trastbankning 2022-yil 23-dekabrdagi 01-33/4041-son bayonnoma asosida XAB Trastbank faoliyatiga joriy etilgan (XAB Trastbankning 2022-yil 23-dekabrdagi 01-33/4041-son dalolatnomasi). Natijada XAB Trastbankda barcha jismoniy va yuridik shaxslar uchun bir xil darajada pul o‘tkazmalarni va tranzaksiyalarni kechiktirish va muzlatib qo‘yish amaliyoti etildi hamda ro‘yxatdan chiqarish va aktivlarni muzlatishdan chiqarish bo‘yicha vakolatli organlarning tijorat banklari bilan tezkor kommunikatsiya kanallari yo‘lga qo‘yishga erishildi;
respublikamiz tijorat banklarida komplayens funksiyasi mustaqilligini ta’minlash maqsadida Bank kengashi tarkibida Komplayens-nazorat qo‘mitasi tuzilishi, mazkur qo‘mitaga bevosita bo‘ysunadigan Komplayens departamenti va uning tarkibiy tuzilmalari (komplayens bo‘limi) tashkil etilishiga doir taklifi taklifi XAB Trastbankning 2022-yil
23-dekabrdagi 01-33/4041-son bayonnoma asosida XAB Trastbank faoliyatiga joriy etilgan (XAB Trastbankning 2022-yil 23-dekabrdagi 01-33/4041-son dalolatnomasi). Natijada XAB Trastbankning Bank kengashi tarkibida Komplayens departamenti tashkil etilishiga erishildi hamda korrupsion harakatlar haqidagi xabar berish mexanizmi faoliyatini ta’minlash bo‘yicha javobgarlikni Bosh bankning Kopmlayens-nazorat departamentiga yuklatildi.
regulyator tomonidan keng ko‘lamni tartibga solish mexanizmining joriy qilinishi mamlakatdagi tijorat banklarining komplayens darajasiga statistik jihatdan ahamiyatli va ijobiy ta’sir qilishiga doir taklifi XAB Trastbankning 2022-yil 23-dekabrdagi 01-33/4041-son bayonnoma asosida XAB Trastbank faoliyatiga joriy etilgan (XAB Trastbankning 2022-yil 23-dekabrdagi 01-33/4041-son dalolatnomasi). Mazkur taklif asosida tijorat banklarini tartibga solish mexanizmi bilan samarali komplayens nazorat tizimi o‘rtasidagi to‘g‘ri proporsionallik ekonometrik usullar orqali aniqlangan va asoslab berilgan.