Abitov Ilnur Ildusovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Takroriy ekilgan soya navlarining hosildorligiga ekish usuli va ma’dan o‘g‘itlar me’yorining ta’siri», 06.01.08–O‘simlikshunoslik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Qx242.
Ilmiy rahbar: Atabaeva Halima Nazarovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.27.06.2017.Qx.42.01.
Rasmiy opponentlar: Ibragimov Nazirbay Madrimovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Yormatova Dilarom Yormatovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon qishloq xo‘jalik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Toshkent viloyatining tipik bo‘z tuproqlari sharoitida soya navlarini ang‘izga ekishning o‘simlikni o‘sishi, rivojlanishi, yuqori va sifatli don hosili olish, arzon va yuqori rentabellikni ta’minlaydigan ekish usuli, oziqlanish maydoni va fosforli, kaliyli o‘g‘itlarni maqbul qo‘llash me’yorlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlari sharoitida soya navlarini ang‘izga ekishda don hosildorligi va sifatini oshiradigan, hosilni qisqa muddatda yig‘ib olishni ta’minlaydigan ekish usullari ishlab chiqilgan;
coya navlarini ang‘izga tor qatorlab ekishda soya navlarining o‘sishi, rivojlanishi, yuqori va sifatli don etishtirishni ta’minlaydigan maqbul ekish me’yorlari aniqlangan;
ang‘izda etishtirishda soya navlarining biologiyasiga mos keladigan, yuqori va sifatli don hosilini ta’minlaydigan fosforli va kaliyli o‘g‘itlarni qo‘llashning maqbul me’yorlari aniqlangan;
coya navlarini ang‘izda etishtirishda ekish usuli, oziqlanish maydoni va ma’dan o‘g‘itlarning maqbul me’yorlarining samaradorligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Soya ekinini kuzgi bug‘doy ang‘iziga turli usullarda ekishning afzalliklarini aniqlash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
fermer xo‘jaliklariga qo‘llanma sifatida «Dukkakli don ekinlarni etishtirish agrotexnologiyasi» tavsiyanomasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 22 dekabrdagi 02/21-659-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyanoma Toshkent va Samarqand viloyatlari fermer xo‘jaliklarida bug‘doydan so‘ng takroriy ekilayotgan soya ekinidan yuqori va sifatli hamda tannarxi arzon bo‘lgan don hosili olish uchun xizmat qilgan;
Toshkent viloyati sharoitida soyani kuzgi bug‘doy ang‘iziga turli usullarda va maqbul ekish me’yorlarda etishtirish agrotexnologiyalari Toshkent viloyati, Qibray tumanida hamda Samarqand viloyati Paxtachi tumanida jami 6 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 22 dekabrdagi 02/21-659-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida kuzgi bug‘doy ang‘iziga tor qator usulida ekilgan «Orzu» navidan o‘rtacha gektaridan 22,3 sentner hosil olinib, 3,50-3,90 mln. so‘m va «Nafis» navidan 25,0 sentner hosil olinib, 4,84-4,80 mln. so‘m sof foyda olishga erishilgan;
fosforli va kaliyli o‘g‘itlarni soyada samarali qo‘llash agrotexnologiyasi Toshkent viloyatining O‘rta-Chirchiq tumanida hamda Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida jami 11 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 22 dekabrdagi 02/21-659-son ma’lumotnomasi). Natijada soyaning «Genetik-1» navidan gektariga 22,1 sentner hosil olinib, 2,84-2,87 mln. so‘m va «Orzu» navidan 24,0 sentner hosil olinib, 3,0-3,98 mln. so‘m sof foyda olingan.