Mirsanov Uralboy Muxammadiyevichning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Uzluksiz ta’lim tizimida dasturlash texnologiyalarini o‘qitish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.DSc/Ped147.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Ilmiy maslahatchi: Maxmudova Dilfuza Meliyevna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.03. 
Rasmiy opponentlar: Ergashov Maxamatrasul, texnika fanlari doktori, professor; Muxammadiyev Abduvali Shukurovich, fizika-matematika fanlari doktori, dotsent; Begimqulov Uzoqboy Shoimqulovich, pedagogika fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi uzluksiz ta’lim tizimida dasturlash texnologiyalarini o‘qitish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uzluksiz ta’lim tizimida o‘quvchi-talabalarni dasturlashga oid mantiqiy, algoritmik fikrlashini rivojlantirishni intellektual faoliyat bosqichlari va tayyorgarlik darajalari tizimli-faollik, semantik, muammoli, kognitiv yondashuvlarga hamda tayyorgarlik darajalari innovatsion loyihalarga ustuvorlik berish orqali integrativ masalalar, vizual loyihalar tayyorlash texnologiyalari dinamik harakatlar tizimidan kognitiv darajali topshiriqlardan foydalanish asosida aniqlashtirilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida vizual (Scratch), strukturali (Python), obyektga yo‘naltirilgan (Delphi) dasturlash tillariga oid fanlardan mashg‘ulotlarini o‘quv-tashkiliy tuzilmasi mental sxemalar va onlayn o‘quv vositalarni innovatsion faoliyatga, chiziqli, tarmoqlanuvchi va takrorlanuvchi masalalarga moslash orqali o‘quvchilarda o‘z-o‘zini shakllantirish kompetensiyalarini amaliy yo‘naltirilgan didaktik omillari tizimli-faollik va semantik yondashuvlarga ko‘ra takomillashtirilgan;
dasturlash tillariga oid fanlarni o‘qitish jarayonida o‘quvchilarning sonli-tahlili, proyektiv-rekursiv dasturlashga oid mantiqiy, algoritmik fikrlashini va amaliy loyihalarni tayyorlash kompetensiyalarini rivojlantirishning metodik tuzilmasiga mazmunli, jarayonli, tashkiliy, integrativ komponentlari amaliy yo‘naltirilgan loyihaviy ta’lim sharoitida web-kvest va vebga moslashtirilgan vositalari bilan qayta aloqasi natijaviyligini bevosita ta’minlash orqali takomillashtirilgan;
uzluksiz ta’lim tizimida o‘quvchi-talabalarining jamoa bo‘lib loyihalar tayyorlashni kreativ qobiliyati, kognitiv fikrlashini rivojlantirish texnologiyasi virtual muhitlarni, mobil ilovalarni strukturali, vizual, obyektga va vebga yo‘naltirilgan dasturlash ta’limiga adaptiv yo‘naltirishning tashkiliy-tuzilmaviy modelini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
talabalarni dasturlashga oid kreativ faolligini oshirish va kompetentligini rivojlantirishning natijaviy ko‘rsatkichlari konseptual va algoritmik aqliy sxemalar hamda veb texnologiyalar, metodik ta’minotli dasturiy vositalar, ochiq axborot ta’lim muhitlar asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Uzluksiz ta’lim tizimida dasturlash texnologiyalarini o‘qitish metodikasini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
uzluksiz ta’lim tizimida o‘quvchi-talabalarni dasturlashga oid mantiqiy, algoritmik fikrlashini rivojlantirishni intellektual faoliyat bosqichlari va tayyorgarlik darajalari tizimli-faollik, semantik, muammoli, kognitiv yondashuvlarga hamda tayyorgarlik darajalari innovatsion loyihalarga ustuvorlik berish orqali integrativ masalalar, vizual loyihalar tayyorlash texnologiyalari dinamik harakatlar tizimidan kognitiv darajali topshiriqlardan foydalanish asosida aniqlashtirish, talabalarni dasturlashga oid kreativ faolligini oshirish va kompetentligini rivojlantirishning natijaviy ko‘rsatkichlari konseptual va algoritmik aqliy sxemalar hamda veb texnologiyalar, metodik ta’minotli dasturiy vositalar, ochiq axborot ta’lim muhitlar asosida takomillashtirishga oid takliflar “Dasturlash tillari” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 19-iyuldagi 233-son buyrug‘i 233-0608 raqamli guvohnomasi). Natijada, talabalarning zamonaviy dasturlash tillariga oid faolligini oshirish orqali integrativ masalalarni va vizual loyihalar tayyorlash kompetentligini rivojlantirishga erishilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida vizual, strukturali, obyektga yo‘naltirilgan dasturlash tillariga oid fanlardan mashg‘ulotlarini o‘quv-tashkiliy tuzilmasi mental sxemalar va onlayn o‘quv vositalarni innovatsion faoliyatga, chiziqli, tarmoqlanuvchi va takrorlanuvchi masalalarga moslash orqali o‘quvchilarda o‘z-o‘zini shakllantirish kompetensiyalarini amaliy yo‘naltirilgan didaktik omillari tizimli-faollik va semantik yondashuvlarga ko‘ra takomillashtirishga oid metodik tavsiyalardan O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining FZ-2016-0908165532-raqamli “Qoraqalpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili adabiyotini rivojlantirish metodikasi” nomli fundamental loyihani Qoraqalpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili adabiyotini o‘rgatishga oid elektron lug‘atlar, tarjimon dasturlar va elektron darsliklarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2023 yil 15 fevraldagi 84-son ma’lumotnomasi). Natijada, kreativ yondashuvga asoslangan o‘quv-uslubiy ta’minotni ishlab chiqishga xizmat qilgan;
dasturlash tillariga oid fanlarni o‘qitish jarayonida o‘quvchilarning sonli-tahlili, proyektiv-rekursiv dasturlashga oid mantiqiy, algoritmik fikrlashini va amaliy loyihalarni tayyorlash kompetensiyalarini rivojlantirishning metodik tuzilmasiga mazmunli, jarayonli, tashkiliy, integrativ komponentlari amaliy yo‘naltirilgan loyihaviy ta’lim sharoitida web-kvest va vebga moslashtirilgan vositalari bilan qayta aloqasi natijaviyligini bevosita ta’minlash orqali takomillashtirishga oid metodik tavsiyalardan O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining A1-XT-0-92997 “Yoshlarda umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” nomli amaliy loyihani yoshlarda milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashga oid elektron o‘quv vositalarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2023 yil 15 maydagi 240-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar asosida o‘quvchilarning dasturlashga oid mantiqiy va algoritmik fikrlashini rivojlanishiga erishilgan; 
uzluksiz ta’lim tizimida o‘quvchi-talabalarning jamoa bo‘lib loyihalar tayyorlashni kreativ qobiliyati, kognitiv fikrlashini rivojlantirish texnologiyasi virtual muhitlarni, mobil ilovalarni strukturali, vizual, obyektga va vebga yo‘naltirilgan dasturlash ta’limiga adaptiv yo‘naltirishning tashkiliy-tuzilmaviy modelini ishlab chiqish asosida takomillashtirishga oid oid metodik tavsiyalardan O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining I-XT-0-19929-raqamli “Ta’lim qoraqalpoq tilida o‘qitiladigan maktablarning 8-9 sinflari uchun aniq fanlar bo‘yicha elektron darslik va metodik tavsiya ilovasini yaratish hamda o‘quv jarayoniga joriy etish (matematika, informatika)” innovatsion loyihani 8-9 sinflari uchun aniq fanlardan elektron darsliklarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2023 yil 15 maydagi 241-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchi-talabalarning dasturlashga oid kompetensiyalarini rivojlantirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish