Alimova Yelena Gennadevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «O‘smirlik davrida shaxsni himoya qilish mexanizmlarining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari», 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/P112.
Ilmiy rahbar: Safoev Nuriddin Salixovich, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Abdurasulov Rustam Abduraimovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Muxtarov Erkin Mustafaevich, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘smirlik davrida shaxsni himoya qilish mexanizmlarining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini o‘z-o‘zini hurmat qilish darajasiga bog‘liq ekanligini aniqlash hamda o‘smirlarning ijtimoiy moslashuv ko‘nikmalarini shakllantirishga doir tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘smirlik davridagi ijtimoiy moslashuv jarayoni bilan bog‘liq inqirozlar ta’siriga ko‘ra «Men»ni nevrotik, axloqiy, real xavotirlanishdan muhofazalash strategiyasini konativ sohaga integratsiyasi tufayli ular xulq-atvorida «proeksiyalash», «regressiya», «giperkompensatsiyalash», «rad etish» psixologik himoya mexanizmlarining ustuvor harakterga ega ekanligi dalillangan;
o‘smirlik davrida psixologik himoya mexanizmlarining shakllanishida ijtimoiy moslashuv jarayonida internallik va eskapizm xususiyatlarining o‘zaro integrativ rivojlanishidagi differensial farqlar tufayli «o‘z-o‘zini qabul qilish», «boshqalarni qabul qilish» omillarining ustuvor harakterga ega ekanligi dalillangan;
o‘z-o‘ziga bahoni muvofiqlashtirish va ijtimoiy adaptatsiya ko‘nikmalarini shakllantirish uchun shaxslararo munosabatlarda konstruktiv Egoning hissiy va konativ komponentlarini refleksiyaga bog‘liq ravishda o‘zaro uyg‘un namoyon bo‘lishi tufayli o‘smirlar bilan olib boriladigan psixologik xizmatga «Men, siz, ular» nomli metaforik assotsiativ xaritalarni kiritish zarurligi asoslangan;
o‘smirlarda psixologik himoya mexanizmlarini barqarorlashuvida shaxsning o‘z-o‘ziga va boshqalarga nisbatan emotsional munosabatini irodaviy xususiyatlar bilan integrativ namoyon bo‘lishi tufayli ota-onaning psixoemotsional tajribasi usutuvor harakterga ega ekanligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘smirlik davrida shaxsni himoya qilish mexanizmlarining ijtimoiy-psixologik xususiyatlariga oid muammoni tadqiq etish natijasida:
o‘smirlik davridagi ijtimoiy moslashuv jarayoni bilan bog‘liq inqirozlar ta’siriga ko‘ra «Men»ni nevrotik, axloqiy, real xavotirlanishdan muhofazalash strategiyasini konativ sohaga integratsiyasi tufayli ular xulq-atvorida «proeksiyalash», «regressiya», «giperkompensatsiyalash», «rad etish» psixologik himoya mexanizmlarining ustuvor harakterga ega ekanligi dalillashga oid takliflar Nizomiy nomidagi TDPU qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 28 dekabrdagi PM-28-son buyrug‘i asosida «Umumiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi TDPU qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 28 dekabrdagi PM-28-m-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘smirlik davridagi ijtimoiy moslashuv jarayoni bilan bog‘liq inqirozlarda shaxs xulq-atvoridagi ustuvor psixologik himoya mexanizmlarini aniqlash imkoniyati yaratilgan;
o‘smirlik davrida psixologik himoya mexanizmlarining shakllanishida ijtimoiy moslashuv jarayonida internallik va eskapizm xususiyatlarining o‘zaro integrativ rivojlanishidagi differensial farqlar tufayli «o‘z-o‘zini qabul qilish», «boshqalarni qabul qilish» omillarining ustuvor xarakterga ega ekanligi dalillangan xulosalar Nizomiy nomidagi TDPU qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 28 dekabrdagi PM-28-son buyrug‘i asosida «Shaxs psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi TDPU qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 28 dekabrdagi PM-28-m-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘smirlik davrida psixologik himoya mexanizmlarining shakllanishida ijtimoiy moslashuv jarayonida internallik va eskapizm xususiyatlarining o‘zaro integrativ rivojlanishiga oid omillarni aniqlash imkoni kengaytirilgan;
o‘z-o‘ziga bahoni muvofiqlashtirish va ijtimoiy adaptatsiya ko‘nikmalarini shakllantirish uchun shaxslararo munosabatlarda konstruktiv Egoning hissiy va konativ komponentlarini refleksiyaga bog‘liq ravishda o‘zaro uyg‘un namoyon bo‘lishi tufayli o‘smirlar bilan olib boriladigan psixologik xizmatga «Men, siz, ular» nomli metaforik assotsiativ xaritalarni kiritish zarurligi asoslanganligiga oid takliflar Nizomiy nomidagi TDPU qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 28 dekabrdagi PM-28-son buyrug‘i asosida «Shaxs psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi TDPU qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 28 dekabrdagi PM-28-m-son ma’lumotnomasi). o‘z-o‘ziga bahoni muvofiqlashtirish va ijtimoiy adaptatsiya ko‘nikmalarini shakllantirish uchun shaxslararo munosabatlarda konstruktiv Egoning hissiy va konativ komponentlarini refleksiyaga bog‘liq ravishda o‘zaro uyg‘un namoyon bo‘lishiga oid korreksion ta’sir usullarini tahlil qilish imkoniyati yaratilgan;
o‘smirlarda psixologik himoya mexanizmlarini barqarorlashuvida shaxsning o‘z-o‘ziga va boshqalarga nisbatan emotsional munosabatini irodaviy xususiyatlar bilan integrativ namoyon bo‘lishi tufayli ota-onaning psixoemotsional tajribasi usutuvor harakterga ega ekanligi asoslanganligiga oid tavsiyalar Nizomiy nomidagi TDPU qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 28 dekabrdagi PM-28-son buyrug‘i asosida «Pedagogik psixologiya» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi TDPU qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 28 dekabrdagi PM-28-m-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘smirlarda o‘z-o‘zini baholash darajasi va psixologik himoya mexanizmlari o‘rtasidagi munosabatni aniqlash va o‘smir o‘quvchilar bilan ishlashning psixokorreksiya usullarini ishlab chiqishga sharoit yaratilgan.