Pirnayev Sharofiddin Asatullayevich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Yo‘l frezasini konstruktiv-texnologik parametrlarini takomillashtirish va effektivligini oshirish”, 05.02.03 – “Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 2023.1.PhD/T3540.
Ilmiy rahbar: Askarxodjayev Tulkin Ishanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.15/31.08.2022.T.73.03 raqamli Ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Dimetov Xakim Nishanboyevich, texnika fanlari doktori, professor; Asranov Sharobidin Maxmudovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi. Texnika yo‘nalishi. Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yo‘l frezasini konstruktiv-texnologik parametrlarini takomillashtirish va effektivligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
asfaltobeton qatlamlarini ta’mirlash jarayonini hisobga olgan holda, yo‘l frezasi ishchi jihoz konstruksiyasini takomillashtirish orqali harakati va qirqish chuqurligining ish unumdorligiga bog‘liqligi aniqlangan;
keskichlarning yeyilish tezligini inobatga olgan holda kesish tezligi uchun tuzatma koeffisiyent Kv, Kg, va KT.S qiymatlari kiritilib keskichlarni yeyilish tenglamasi takomillashtirilgan;
keskichlarni yeyilishga chidamliligini oshirish usuli yordamida qattiq qotishmali birikmani keskichlarning kesish qismiga qo‘ndirish orqali HRC qattiqlik darajasini oshirgan holda, plazmali changitishning modellashtirish uslubi ishlab chiqilgan;
yo‘l frezasi uzatmasidagi o‘rtacha aylantiruvchi momentning hujum burchagi va kesish chuqurligiga bog‘liqligini hisobga olib, katta hajmli ma’lumotlar (big data) Python, Matlab dasturiy komplekslari yordamida kuch qurilmasi parametrlariga frezalash chuqurligi va hujum burchagining ta’siri ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yo‘l frezasini konstruktiv-texnologik parametrlarini takomillashtirish va effektivligini oshirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
yo‘l frezasi ishchi jihoz konstruksiyasi “UzXCMG” MCHJ qo‘shma korxonasida tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining 2022-yil 4-fevraldagi 02/319-7739-sonli ma’lumotnomasi). Natijada yo‘l frezasi keskichining kesish yuzasi qattiqligi oshirilib yo‘l frezasi keskichlarini resursini 13%ga oshirishga erishildi;
keskichlarni yeyilish tenglamasi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tasarrufidagi Buxoro xududiy yo‘llardan foydalanish korxonasida joriy etildi (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining 2022 yil 4-fevraldagi 02/319-7739-sonli ma’lumotnomasi). Natijada yo‘l frezasining harakat tezligi ortadi va uzatmaga tushadigan kuch kamayganligi aniqlandi, ishlab chiqilgan β=45 °, V=1,03÷1,05 m\/s, masshtabli faktorlarni hisobga olganda h=100 mm frezalash parametrlarining asosiy qiymatlari sifatida qabul qilingan;
plazmali changitishning modellashtirish uslubi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tasarrufidagi Farg‘ona xududiy yo‘llardan foydalanish korxonasida joriy etildi (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining 2022 yil 4 - fevraldagi 02/319-7739-sonli ma’lumotnomasi). Natijada qattiqligi oshirilgan keskich 63...70 HRC ni tashkil etgan xolda uning samaradorligini 9-10% ga oshirishga erishilgan.