Sarmonov Azizbek Xashimjonovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Asfaltbeton qorishma ishlab chiqarishda energiya tejamkor texnologiyani takomillashtirish”, 05.02.03 – “Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/T1753.
Ilmiy rahbar: Askarxodjayev Tulkun Ishanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.15/31.08.2022.T.73.03 raqamli ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Astanakulov Komil Dulliyevich, texnika fanlari doktori, professor; Axmedov Doniyor Anvarjonovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent, mayor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi. Texnika yo‘nalishi. Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi issiq asfaltbeton qorishma ishlab chiqarishda energiya tejamkor texnologiyani takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
energiya sarfiga ta’sir qiluvchi omillarni hisobga olgan xolda quritish barabaniga quritib-aralashtirish barabani parametrlarini asoslash orqali asfaltbeton zavodi konstruksiyasi takomillashtirilgan;
atrof-muhit harorati va inert material namligini hisobga olgan xolda bitumni qayta ishlash, uzatish va qizdirilgan xolatda saqlab turish jixozlari energiya sarfini inobatga olib, asfalt ishlab chiqarishdagi energiya sarfini aniqlash usuli ishlab chiqilgan;
quritib-aralashtirish barabanidagi issiqlik oqimini tekislikning uch o‘qi bo‘yicha tarqalishini Eyler usuli yordamida aniqlash matematik modeli takomillashtirilgan;
energiya sarfiga ta’sir qiluvchi omillarga asoslanib asfaltbeton zavodining ishlab chiqarish texnologik jarayoni va quritib-aralashtirish barabani geometrik parametrlari qiymatlari tizimli tahlil uslubi yordamida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Issiq asfaltbeton qorishma ishlab chiqarishda energiya tejamkor texnologiyalarni yaratish va qo‘llash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
energiya sarfiga ta’sir qiluvchi omillarni hisobga olgan holda takomillashtirilgan asfaltbeton zavodi konstruksiyasi Chori Mega Montaj MCHJ ishlab chiqarish jarayoniga tadbiq etilgan. (Chori Mega Montaj MCHJ ning 2020 yil 10 noyabrdagi dalolatnomasi). Natijada issiq asfaltbeton qorishma ishlab chiqarishda energiya tejamkorlikka va ish unumdorlik 20 % ortishiga erishildi.
atrof-muhit harorati va inert materiallar namligi inobatga oluvchi energiya sarfini aniqlash uslubi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasida IQN 80-2012 me’yoriy hujjatiga joriy etilgan (Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining 2023 yil 13 fevraldagi №02-636 son malumotnomasi). Natijada, turli iqlim sharoitlari uchun asfaltbeton zavodlarining yonilg‘i sarfi me’yorini aniqlash imkoni yaratilgan.
asfaltbeton zavodining ishlab chiqarish texnologik jarayoni va quritib-aralashtirish barabani geometrik parametrlari qiymatlari Chori Mega Montaj MCHJ da tadbiq etilgan (Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining 2023 yil 13 fevraldagi №02-636 son malumotnomasi). Natijada, quritib-aralashtirish barabanidagi yonilg‘i sarfi 16 % gacha tejalishiga olib kelgan.