Alimov Akbar Narboyevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Husayn Voiz Koshifiyning axloqiy ta’limotida ratsionallik yondashuv masalalari”, 09.00.03 – Falsafa tarixi (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Fal434.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.02.02.
Ilmiy rahbar: Azizqulov Akrom Abduraxmonovich, falsafa fanlari nomzodi, dotsent.
Rasmiy opponentlar: Ruzmatova Gulnoza Miraxrarovna, falsafa fanlari doktori, professor; Mahmudov Ravshanbek Jalilovich, falsafa fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro muxandislik-texnologiya institutii.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Husayn Voiz Koshifiy ilmiy ma’naviy merosida ratsionallik tamoyili mohiyatini ochib berish va ta’lim-tarbiya jarayonida olingan natijalar bo‘yicha taklif-tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Husayn Voiz Koshifiyning “Futuvvatnomai sultoniy yoxud javonmardlik tariqati” asarida ratsionallik tamoyili asosida ishlab chiqilgan axloq falsafasi, xususan, kasb etikasini raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashdagi o‘ziga xos milliy va umuminsoniy tarbiyaviy ahamiyatga ega ekanligi ochib berilgan;
Husayn Voiz Koshifiy tomonidan inson axloqiy barkamollikka o‘z o‘zini tarbiyalab, takomillashtirib borishi tamoyili aql idrokka asoslanganligi bois yosh avlodni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda nazariy manba ekanligi asoslab berilgan;
Husayn Voiz Koshifiyning asarlarida bayon etilgan soxta tariqat pirlari va ularning soxta ta’limotlarining mantiqiy ratsional tanqidi hozirgi sharoitda «soxta tariqatchilik» yo‘nalishidagi nosog‘lom diniy oqimlarga qarshi kurashda muhim manba ekanligi ilmiy asoslangan;
informatsion globallashuv sharoitida yosh avlodni ma’naviy tahdidlar va axborot xurujlaridan himoya etishda Husayn Voiz Koshifiyning axloq falsafasi substansianal asosga ega ekanligi falsafiy jihatdan asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Husayn Voiz Koshifiyning axloqiy ta’limotida ratsionallik yondashuv masalalarining mohiyatini ochib berish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
Husayn Voiz Koshifiyning “Futuvvatnomai sultoniy yoxud javonmardlik tariqati” asarida ratsionallik tamoyili asosida ishlab chiqilgan axloq falsafasi, xususan, kasb etikasini raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashdagi o‘ziga xos milliy va umuminsoniy tarbiyaviy ahamiyatga ega ekanligiga oid taklif-tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy markazi tomonidan nashr etilgan “O‘rta asr Sharq allomalari va mutafakkirlari tarixiy-falsafiy merosi” nomli ensiklopediyasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy markazining 2022-yil 29-martdagi 02/147-son ma’lumotnomasi). Natijada, “O‘rta asr Sharq allomalari va mutafakkirlari tarixiy-falsafiy” merosi nomli ensiklopediyasini mazmunan takomillashtirishga xizmat qilgan;
Husayn Voiz Koshifiy tomonidan inson axloqiy barkamollikka o‘z o‘zini tarbiyalab, takomillashtirib borishi tamoyili aql idrokka asoslanganligi bois yosh avlodni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda nazariy manba ekanligiga doir taklif va tavsiyalardan 2021-yilda bajarilgan ““Ziyorat turizmi”ni rivojlantirish bo‘yicha onlayn elektron ziyorat turizmi ob’yektlari portalini yaratish” mavzusidagi 46-11/50-raqamli amaliy grant loyihasi ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Samarqand iqtisodiyot va servis institutining 2022-yil 24-iyundagi 574-son ma’lumotnomasi). Natijada Samarqanddagi mutafakkir allomalar ilmiy merosini o‘rganishda va hozirgi yoshlar ongi va dunyoqarashini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega, shu bilan birga o‘quv qo‘llanmaning mavzulari hamda nazariy-metodologik izchilligi oshib, globallashuv jarayonlarida yoshlarni buzg‘unchi g‘oyalar, din niqobidagi ekstremistik va terroristik oqimlarning soxta aqidalaridan himoyalashda nazariy asos sifatida xizmat qilgan;
Husayn Voiz Koshifiyning asarlarida bayon etilgan soxta tariqat pirlari va ularning soxta ta’limotlarining mantiqiy ratsional tanqidi hozirgi sharoitda “soxta tariqatchilik” yo‘nalishidagi nosog‘lom diniy oqimlarga qarshi kurashda muhim manba ekanligi ilmiy asoslanganligiga oid taklif va tavsiyalardan Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2022-yilda efirga uzatilgan “Assalom Samarqand” va “Ma’naviyat ko‘zgusi” ko‘rsatuvining navbatdagi soni ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2022-yil 28-fevraldagi 01-11/78-son ma’lumotnomasi). Natijada, hozirgi murakkab globallashuv sharoitida yoshlarimizni turli ma’naviy tahdidlardan himoya etish va ularda milliy o‘zligini anglash tuyg‘usini shakllantirishda hamda yuksak ma’naviyatli barkamol avlodni tarbiyalashda Husayn Voiz Koshifiyning ratsionallikka asoslangan ilmiy merosi muhim nazariy manbalardan biri bo‘lib xizmat qilgan;
informatsion globallashuv sharoitida yosh avlodni ma’naviy tahdidlar va axborot xurujlaridan himoya etishda Husayn Voiz Koshifiyning axloq falsafasi substansianal asosga ega ekanligi falsafiy jihatdan isbotlanganligiga oid ilmiy taklif-tavsiyalardan Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashi Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022-yildagi ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturiga oid «Besh muhim tashabbus» doirasida amalga oshirilgan. “Ajdodlarga munosib voris bo‘laylik” mavzusidagi 18-bandi ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashining 2022-yil 13-iyuldagi 02/02/1173-son ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalar markazning targ‘ibot ishlarida hamda jamiyatda amalga oshirilayotgan islohatlar va ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarda mutafakkir allomalarimizning boy ma’naviy merosi va ajdodlarimizning ilg‘or g‘oyalari zamonaviy yoshlarimizning intelektual salohiyatini yuksaltirishga xizmat qilgan;