Axmatov Abdumalik Abduvaxob o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Uyurma gidrodinamik effektini qo‘llash bilan kontaktli issiqlik almashtirishni jadallashtirish», 02.00.16 – Kimyo texnologiyasi va oziq-ovqat sanoati jarayonlari va apparatlari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/T1530.
Ilmiy rahbar: Baxronov Xoshim Shayimovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro muxandislik-texnologiya instituti, DSc.03/28.02.2022.T.101.01.
Rasmiy opponentlar: Mirzaev Shavkat Mustaqimovich, texnika fanlari doktori, professor; Rajabov Alisher Nusratillo o‘g‘li, texnika fanlari bo‘yicha (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: uyurma gidrodinamik effektini qo‘llash bilan kontaktli issiqlik almashtirishni jadallashtirish va yuqori samarali apparatning konstruksiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
samaradorligi yuqori bo‘lgan uyurmali, kontaktli issiqlik almashtirgichning yangi konstruksiyasi yaratilgan;
quruq va sug‘oriladigan kontaktli, uyurmali apparatning gidravlik qarshiligini hisoblash uchun tenglamalar ishlab chiqilgan;
oqim sturukturasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadigan, tangensial uyurmalantirgichning optimal parametrlarini va oqimni aylantirish koeffisientining qiymatlarini aniqlash uchun gaz oqimining uyurmalanishini hisobga olgan holda uyurmali apparatning uch o‘lchamli modeli SolidWorks dasturning Flow Simulation modulida ishlab chiqilgan;
gaz va suyuqlikning bevosita kontaktlashishi bilan issiqlik va modda almashinish jarayonlarini amalga oshirishga mo‘ljallangan uyurmali, kontaktli issiqlik almashtirgich apparatini hisoblashning muhandislik usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Uyurmali, kontaktli issiqlik almashtirgich konstruksiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
ishlab chiqilgan uyurmali, kontaktli issiqlik almashtirgich Navoiy kon-metallurgiya kombinati AJ Markaziy kon boshqarmasining №1 Gidrometallurgiya zavodida amaliyotga joriy qilingan (Navoiy kon-metallurgiya kombinati AJning 2023 yil 26 apreldagi 23/01-01-07/195-son ma’lumotnomasi). Natijada, aylanma suvni jadal sovitishga va chiqindi gazlarni sovitish jadalligi oshishi ularni chang va zararli gaz aralashmalaridan samarali tozalashga imkon bergan;
uyurmali, kontaktli issiqlik almashtirgich yordamida sovutish tizimi texnologiyasi №5 Gidrometallurgiya zavodida amaliyotga joriy qilingan (Navoiy kon-metallurgiya kombinati AJning 2023 yil 26 apreldagi 23/01-01-07/195-son ma’lumotnomasi). Natijada chiqindi gazlarni jadal sovitishga erishildi, bu esa gazni chang va zararli gazlardan ekologiya talablariga javob beradigan darajada samarali tozalashga imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish