Raxmonov G‘aniboy Todjievichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Atom va ko‘p atomli zarrachalarning vol`fram va molibden sirti bilan o‘zaro ta’siri”, 01.04.04 – Fizik elektronika (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.DSc/FM206.
Ilmiy maslaxatchilar: Umirzoqov Boltaxo‘ja Ermatovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor. Usmonov Dilshodbek Tursunboevich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti, DSc.02/30.12.2019.FM.65.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Mamadalimov Abdug‘afur Teshaboevich akademik; Nematov Samad Jaysanovich f.-m.f.d.; Qutliev Uchqun Otaboevich f.-m.f.d.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi toza vol`fram va molibden sirtlarida, shuningdek, bu o‘ta yuqori haroratga chidamli metallarning oksidlangan sirtlarida adsorbsiyalangan atomlar (ikki va ko‘p atomli zarrachalar) sirtiy ionlanishining nostatsionar jarayonlarini oqim va kuchlanish modulyasiyasi sharoitlarida tadqiq qilish va ikki atomli (ko‘p atomli) zarrachalarning dissotsiativ sirtiy ionlanishini nazariy ko‘rib chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ko‘p atomli zarrachalarning dissotsiativ sirt ionlanishida qo‘llaniladigan kuchlanish va oqimlarni modulyasiya qilish usuli nazariy jihatdan ko‘rib chiqildi. Kuchlanishni boshqarish usuli atom zarralarining va sirtga tushayotgan molekulalarning bo‘linish reaksiyalari mahsulotlari termodesorbsiyasi kinetik xarakteristikalari to‘g‘risida ma’lumot berishi, sirtga tushayotgan zarrachalar oqimini boshqarish usuli esa ma’lum sharoitlarda reaksiya kinetikasi haqida ma’lumot berishi nazariy va amaliy jihatdan aniqlandi;
birinchi marta molekulalarning dissotsiyalanishning geterogen reaksiyasining xarakteristik vaqti va faollanish energiyasini bevosita aniqlash usuli taklif qilindi, bu bir xil tajriba sharoitlarida ikki atomli va ko‘p atomli molekulalarning sirt ionlanishini kuchlanish va oqim modulyasiyasi usullari bilan o‘rganishga asoslangan;
birinchi marta vol`fram va molibdenning toza va oksidlangan yuzalarida ishqoriy-galoidli tuzlar molekulalari va turli sinfdagi organik birikmalar ko‘p atomli molekulalarining geterogen bo‘linish reaksiyalari kinetik xarakteristikalari amaliy ravishda aniqlandi;
ishqoriy-galoidli tuzlarining ikki atomli molekulalari holatida ushbu molekulalarning metall yuzasida getorogen faollashuv energiyasining mutlaq qiymatlari mos keladigan ularning fazodagi bo‘linish energiyasi qiymatlariga yaqin ekanligi aniqlandi;
metall yuzasida qutbli molekulalarning adsorbsiyasi modeli taklif qilindi, unga ko‘ra molekula va uning ko‘zgu tasviri o‘rtasidagi Kulon o‘zaro ta’sir kuchlari hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligi topildi;
birinchi marta morfin, kodein, tebain va kokain kabi ko‘p atomli molekulalarining dissotsiativ sirtiy ionlashishi statsionar va statsionar bo‘lmagan sharoitlarda bir xil tajriba sharoitlarida sirtiy ionlashishning statsionar bo‘lmagan usullari bilan o‘rganildi;
birinchi marta morfin, kodein, tebain va kokain kabi ko‘p atomli molekulalarning jarayonida (C-C)β va (C-H)β bog‘larning uzilishi bilan sodir bo‘ladigan geterogen bo‘linish reaksiyalari kinetik xarakteristikalari aniqlandi;
Shottki nisbatidan foydalanib, turli sinfdagi organik birikmalar molekulalarining dissotsiatsiyasi jarayonida C9H7N+CH3 (m/z 144 bilan) va S11N12ON+ (m/z 174 bilan) kabi radikallarning ionlanish potensiallari baholandi;
Frenkel` tenglamasidan foydalanib, ba’zi organik birikmalar morfin, kodein, tebain va kokain molekulalarining sublimatsiya haroratlari aniqlandi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Oksidlangan vol`fram va molibden sirtida imipramin, lidokain, morfin va boshqa dorivor va giyohvand moddalar ko‘p atomli molekulalarining dissotsiativ sirt ionlanishini massa-spektrometrik tadqiqotlar natijalariga ko‘ra:
disertatsiya ishida tayyorlangan va foydalanilgan termoemitterlarning chiqish ishini aniqlash, ularni oksidlash va ionlashuvchi zarrachalarning ionlashish potensiallarini aniqlash bo‘yicha olingan natijalardan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida professor Buriboev I. rahbarligida 2007-2011 yillarda amalga oshirilgan “Ion legirlash usulida olingan qiyin eruvchi metallar asosidagi qotishmalarning elektron strukturalari shakllanishi mexanizmini tadqiq qilish” mavzuidagi OT-F2-063 sonli Davlat grantini amalga oshirishda foydalanildi (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti 2022 yil 22 dekabr` sanasidagi № 04/11-8369 rakamli dalolatnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi tadqiq qilinayotgan qotishmalarni olish va ularning termoemission xususiyatlarini yaxshiroq o‘rganishga, eksperimental qurilmalarni takomillashtirishga va tadqiq qilinayotgan materiallarning oksidlash jarayonlarini yaxshilashga erishildi;
disertatsiya ishida metall va ularning oksidlangan sirtlarida olingan termodesorbsiya kinetik xarakteristikalaridan Ion-plazma va lazer texnologiyalari institutida Radjabov A.Sh. rahbarligida 2017-2018 yillarda amalga oshirilgan “Organik birikmalarning ko‘p atomli molekulalarining havo atmosferasida sirtiy ionlashishi termodesorbsiya kinetikasini aniqlash” mavzuidagi MU-FZ-201710271025268 -sonli Davlat grantida foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining 2023 yil 6 mart sanasidagi № 2/1255-453 raqamli dalolatnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi “Organik birikmalar sirtiy-ionlashish mass-spektrometriyasi” metodini ishlab chiqish imkonini berdi;
disertatsiya ishida metall va ularning oksidlangan sirtlarida olingan termodesorbsiya kinetik xarakteristikalaridan Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida Davlat ilmiy-texnika dasturi doirasida A.A. Abduvoyitov rahbarligida 2015-2020 yillarda amalga oshirilgan “Turli tabiatli monokristall materiallarningtarkibini va sirtidagi kirishma atomlarning joylashuv o‘rnini aniqlash ” mavzuidagi YOF2-02 -sonli va “O‘ta sezgir fotoelementlar, jumladan quyosh elementlarini tayyorlashda qo‘llaniladigan materiallarni tarkibini va fizik xususiyatlarini elektron spektroskopiya usullarida o‘rganish” mavzuidagi YOF2-6 sonli davlat grantlarida foydalanildi (Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti 2021 yil 29 dekabr` sanasidagi № 01/9-14-4259 rakamli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi eksperimental qurilmalarni takomillashtirish va tadqiq qilinayotgan materiallarning oksidlash jarayonlarini yaxshilash imkonini berdi.