Jarqinov Zarifjon Umaralievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog’i): “Aniq fanlar yo’nalishi talabalarining millatlararo muloqot madaniyatini fanlararo hamkorlik asosida rivojlantirish tizimi”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro’yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3350.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg’ona davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Egamberdieva Turg’unoy Axmadjonovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko’rsatayotgan muassasa, IK raqami: Farg’ona davlat universiteti, PhD.03/30.11.2021.Ped.05.07.
Rasmiy opponentlar: Temirov Nabijon Solievich, pedagogika fanlari doktori, professor; Mo’minova Dilafruzxon Akbaralievna, pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo’nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi aniq fanlar yo’nalishi talabalarining millatlararo muloqot madaniyatini fanlararo hamkorlik asosida rivojlantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ijtimoiy-madaniy, kommunikativ kompetensiyani aniq fanlar yo’nalishi talabalarida pedagogik-psixologik xususiyatlariga ko’ra matnli-dialogik, madaniyatshunoslikka oid, integrativ va kontekstli yondashuvlarni uyg’unlashtirish orqali kollaborativ ta’lim texnologiyasiga asoslangan holda dunyoni monomakon sifatida mantiqiy anglashga yo’naltirish zarurati asoslangan;
didaktik texnikali motivatsion-konstruktiv yondashuv – deduktiv texnologiya va tolerant shaxs sifatlarini shakllantirishga qaratilgan aniq fanlar yo’nalishi talabalarining etnomadaniy muloqot ko’nikmalarini rivojlantirishning ijtimoiy-madaniy intellekt, jamoadoshlik ustanovkalari kommunikativ kompetentlik darajasini belgilovchi motivatsion, kognitiv, faoliyatli, texnologik va refleksiv indikatorlari asosida «Aniq fanlar yo’nalishi talabalarining millatlararo muloqot kompetensiyasi» tipologiyasi aniqlangan;
ijtimoiy-gumanitar fanlar orqali aniq fanlar yo’nalishi talabalarining millatlararo muloqot madaniyatini rivojlantirishda fanlararo hamkorlikning gnoseologik, aksiologik, futuralogik, germenevtik tamoyillarini aksiopedagogik jarayondagi tajriba orqali harakatlar dasturini yaratishga yo’naltirilgan kommunikativ va produktiv darajasining altruistik, analitik, konstruktiv va innovatsion komponentlari asoslangan;
aniq fanlar yo’nalishi talabalarining millatlararo muloqot madaniyatini fanlararo hamkorlik asosida rivojlantirish tizimida o’zga madaniyatlarning shaxslararo, guruhiy, jamoaviy va qadriyatga yo’naltirilgan integratsion ta’sir ko’rsatish xususiyatlari, ularga oid axborotlarni baholash, tanlash va interpretatsiya qila olish ko’nikmalari tolerantlik haqidagi bilimlarni konsentratsiyalashning pedagogik ketma-ketligini qayta yaratish, mustahkamlash va korreksiya bosqichlarini integratsiyalash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Aniq fanlar yo’nalishi talabalarining millatlararo muloqot madaniyatini fanlararo hamkorlik asosida rivojlantirish tizimiga doir tadqiqot natijalari asosida:ijtimoiy-madaniy, kommunikativ kompetensiyani aniq fanlar yo’nalishi talabalarida pedagogik-psixologik xususiyatlaridan kelib chiqib matnli-dialogik, madaniyatshunoslikka oid, integrativ va kontekstli yondashuvlarni uyg’unlashtirish orqali kollaborativ ta’lim texnologiyasiga asoslangan holda dunyoni monomakon sifatida mantiqiy anglashga yo’naltirish zaruratini asoslashga doir tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2020-2021 yillarda o’tkazilgan targ’ibot faoliyatida, jumladan, markazning 2022 yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo’yicha chora-tadbirlar dasturi V yo’nalishiga oid targ’ibot-tashviqot va tarbiya yo’nalishidagi ishlarni ilmiy asosda tashkil etish, soha bo’yicha ilmiy va uslubiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini mustahkamlashga qaratilgan doimiy monitoring tizimini joriy qilish bo’yicha chora-tadbirlar 20-bandi “Oliy ta’lim muassasalarida O’zbekistonda yangi Uyg’onish davri poydevorini barpo etish borasida belgilab berilgan uzoq muddatli strategik vazifalar doirasida “Uchinchi Renessans sari” mavzucida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasini o’tkazishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022 yil 14 iyuldagi 196-son dalolatnomasi). Natijalarning joriy qilinishi aniq fanlar yo’nalishi talabalarini millatlararo muloqot madaniyatini fanlararo hamkorlik asosida rivojlantirishning pedagogik zaruratini tahlil qilish asosida uning ta’lim jarayonidagi pedagogik maqsadi, vazifasi va salohiyatini aniqlashga xizmat qilgan;
didaktik texnikali motivatsion-konstruktiv yondashuv – deduktiv texnologiya va tolerant shaxs sifatlarini shakllantirishga qaratilgan aniq fanlar yo’nalishi talabalarining etnomadaniy muloqot ko’nikmalarini rivojlantirishning ijtimoiy-madaniy intellekt, jamoadoshlik ustanovkalari kommunikativ kompetentlik darajasini belgilovchi motivatsion, kognitiv, faoliyatli, texnologik va refleksiv indikatorlari asosida «Aniq fanlar yo’nalishi talabalarining millatlararo muloqot kompetensiyasi» tipologiyasini aniqlashga doir yangiliklardan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do’stlik asloqalari qo’mitasining konferensiya, seminar, davra suhbatlari va targ’ibot-tashviqot tadbirlarida foydalanilgan (O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do’stlik asloqalari qo’mitasining 2022 yil 17 avgustdagi 14-07-1454-son dalolatnomasi). Natijalarning joriy qilinishi ta’lim muhitidagi madaniy hilma-hillik, tolerantlik va plyuralizm xususiyatlarini o’rgangan holda aniq fanlar yo’nalishi talabalarini millatlararo muloqotga tayyorlashni pedagogik faoliyat tarkibiga kiritish zaruratini asoslashga xizmat qilgan;
ijtimoiy-gumanitar fanlar orqali aniq fanlar yo’nalishi talabalarining millatlararo muloqot madaniyatini rivojlantirishda fanlararo hamkorlikning gnoseologik, aksiologik, futuralogik, germenevtik tamoyillarini aksiopedagogik jarayonda tajribani tahlil qilish orqali harakatlar dasturini yaratishga yo’naltirilgan kommunikativ va produktiv darajasining altruistik, analitik, konstruktiv va innovatsion komponentlarini asoslashga doir tavsiyalardan OT-F1-95 “Fanlararo yondashuvning murakkab tizimlarni tadqiq etishdagi imkoniyat va istiqbollari” mavzusidagi fundamental loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 8 noyabrdagi 02-07-3943/04-son dalolatnomasi). Natijada fanlararo hamkorlik asosida ijtimoiy fanlar o’quv jarayonida aniq fanlar yo’nalishi talabalarini millatlararo muloqot madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan interfaol innovatsion pedagogik texnologiyalarni qo’llash imkoni oshirilgan;aniq fanlar yo’nalishi talabalarining millatlararo muloqot madaniyatini fanlararo hamkorlik asosida rivojlantirish tizimida o’zga madaniyatlarning shaxslararo, guruhiy, jamoaviy va qadriyatga yo’naltirilgan integratsion ta’sir ko’rsatish xususiyatlari, ularga oid axborotlarni baholash, tanlash va interpretatsiya qila olish ko’nikmalarini tolerantlik haqidagi bilimlarni konsentratsiyalashning pedagogik ketma ketligini qayta yaratish, dolzarblashtirish, mustahkamlash va korreksiya bosqichlarini integratsiyalash asosida takomillashtirishga oid takliflar OT-F1-95 “Fanlararo yondashuvning murakkab tizimlarni tadqiq etishdagi imkoniyat va istiqbollari” mavzusidagi fundamental loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 8 noyabrdagi 02-07-3943/04-son dalolatnomasi). Natijada aniq fanlar yo’nalishi talabalarining millatlararo muloqot madaniyatini rivojlantirishga sharoit yaratilgan.