Fatxulloev Alisher Mirzotilloevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tuproq o‘zanli sug‘orish kanallarida oqim harakati dinamikasi», 05.09.07–Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.DSc/T204.
Ilmiy maslahatchi: [Latipov Qudrat Sharipovich], texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, DSc.27.06.2017.T.10.02.
Rasmiy opponentlar: Maxmudov Ernazar Jumaevich, texnika fanlari doktori, professor; Xujaev Ismatilla Kushaevich, texnika fanlari doktori, professor; Xikmatov Fazliddin, geografiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent arxitektura-qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: turbulent oqim kinematik va dinamik parametrlarini inobatga olgan holda tuproq o‘zanli sug‘orish kanallarining optimal gidravlik elementlarini aniqlashni takomillashtirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
turbulent oqim loyqaligini hisobga olgan holda ochiq o‘zanlarda oqim harakatining tenglamasi takomillashtirilgan;
turbulent oqimning o‘zan bilan o‘zaro ta’sirini hisobga olgan holda tuproq o‘zanli mustahkam kesimli kanallarning shakllanishini hisoblash algoritmi ishlab chiqilgan;
tuproq o‘zanli sug‘orish kanallarining gidravlik parametrlarini hisoblash usuli o‘zanni tashkil etuvchi gruntning xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan;
statik va dinamik mustahkam kesimli kanallarda turbulent oqim kinematikasi va dinamikasini inobatga olgan holda oqim tezligini kanal kesimi bo‘yicha taqsimlanishini hisoblash usuli ishlab chiqilgan;
tabiiy dala sharoitida olingan yangi va to‘plangan ma’lumotlar asosida sug‘orish kanallarini gidravlik hisoblash uslubi takomillashtirilgan;
deformatsiyalanuvchi sug‘orish kanallarining gidravlik samaradorligi va ekspluatatsion ishonchliligini ta’minlovchi parametrlar asosida kanallarning nisbiy kengligini hisoblash usuli takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tuproq o‘zanli sug‘orish kanallarida oqim harakati dinamikasi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
statik va dinamik mustahkam kesimli kanallarda turbulent oqim kinematikasi va dinamikasini inobatga olgan holda oqim tezligini kanal kesimi bo‘yicha taqsimlanishini hisoblash usuli Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining Quyi-Amudaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi va Mirishkor kanallariga joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 26 yanvardagi 02/30-69-son ma’lumotnomasi). Natijada tuproq ishlari hajmi 4-6% ga kamaytirish va kanallarning suv o‘tkazish qobiliyatini 5-10% ga oshirish imkoniyati yaratilgan;
turbulent oqimning o‘zan bilan o‘zaro ta’sirini hisobga olgan holda tuproq o‘zanli mustahkam kesimli kanallarning shakllanishini hisoblash usuli Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufiga kiruvchi Parkent kanaliga joriy qilingan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 26 yanvardagi 02/30-69-son ma’lumotnomasi). Natijada sug‘orish kanallarida suv sarfini hisoblashning tezkorligi 2-3 marotabaga va o‘lchov aniqligi 4-6% ga oshirish imkonini bergan;
tuproq o‘zanli sug‘orish kanallarida o‘zanni tashkil etuvchi gruntning xususiyatlarini hisobga olgan holda oqim gidravlik parametrlarini hisoblash usuli Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufiga kiruvchi Katta Farg‘ona magistral kanaliga joriy qilingan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 26 yanvardagi 02/30-69-son ma’lumotnomasi). Natijada tuproq o‘zanli sug‘orish kanallarida suv sathining tebranishiga bog‘liq ravishda haqiqiy foydali ish koeffisientini tezkor usulda aniqlash imkoniyati yaratilgan;
deformatsiyalanuvchi sug‘orish kanallarining gidravlik parametrlarini hisoblash usuli Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufiga kiruvchi Toshkent magistral kanaliga joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 26 yanvardagi 02/30-69-son ma’lumotnomasi). Natijada tuproq o‘zanli sug‘orish kanallarining suv o‘tkazish qobiliyatini 6-10% ga oshirish imkonini bergan.