Choriyev Jo‘raqul G‘afforovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Talabalarda millatlararo muloqot madaniyatini tarbiyalash tizimini takomillashtirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ( pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Ped1549.
Ilmiy rahbar: Choriyev Abdushukur, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ma’naviyat va ma’rifat Markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.78.03.
Rasmiy opponentlar: Ro‘ziyeva Dilnoza Islomjonovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Ibragimov A’lamjon Amrilloevich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ma’naviy-ma’rifiy, ijtimoiy-madaniy ijod vositalari orqali talabalarda millatlararo muloqot madaniyatini shakllantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Yangi O‘zbekiston sharoitida ijtimoiy munosabatlarda millatlararo totuvlikka erishishga xizmat qiluvchi shaxslararo faollik, guruhiy aloqadorlik, o‘z-o‘zini baholash, o‘zaro samimiylik, faollik motivatsiyasi talabalarda millatlararo muloqot madaniyatini tarbiyalashning ijtimoiy pedagogik jarayoniga “oliy ta’lim muassasasi - hamkor tashkilotlar” strategiyasi orqali ijobiy ta’sir etishi aniqlashtirilgan;
talabalarda xulq-atvor motivatsiyasi darajalari shaxslararo ijtimoiy munosabatlarning tarkib topishi uchun xizmat qiluvchi o‘z-o‘zini adekvat baholash kabi xususiyatlariga millatlararo muloqot madaniyatini intensivlashuvining sotsiopedagogik prognozi dalillashuvi asosida hamda talabalarda millatlararo muloqot kompetensiyalarini ta’lim jarayonining targ‘ibot-tashviqot, ta’lim-tasnif, ta’lim-tarbiya bosqichlarini rivojlantirish xususiyatlari aniqlashtirilgan;
talabalarda egoizm, ayirmachilik, o‘zini chetga olish, millatchilik kabi xislatlar faollik, o‘z-o‘zini guruhda hissiy baholash, jipslik kabi fazilatlar asosida bartaraf etilishi shaxsiy, individual, guruhiy, hududiy omillarga hamda guruhdagi identifikatsiya, individual va guruhiy faollik ko‘rsatgichlarining shakllanish mexanizmiga aloqadorligi millatlararo muloqot madaniyatini rivojlantrishning ko‘pmadaniyatli-integrativ modeli asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalarida o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy, ijtimoiy-madaniy tadbirlarda millatlararo muloqot madaniyatini tarbiyalashning samarali (shaxsiy, individual, guruhiy, hududiy yondoshuvlarga asoslangan) shakl va metodlarni (diagnostik suhbat,o‘z-o‘ziga baho berish, kontent tahlil) qo‘llash orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talaba yoshlarda millatlararo totuvlikni tarbiyalash jarayoniga doir tadqiqot natijalari asosida:
Yangi O‘zbekiston sharoitida ijtimoiy munosabatlarda millatlararo totuvlikka erishishga xizmat qiluvchi shaxslararo faollik, guruhiy aloqadorlik, o‘z-o‘zini baholash, o‘zaro samimiylik, faollik motivatsiyasi talabalarda millatlararo muloqot madaniyatini tarbiyalashning ijtimoiy pedagogik jarayoniga “oliy ta’lim muassasasi- hamkor tashkilotlar” strategiyasi orqali ijobiy ta’sir etishi bo‘yicha asoslangan takliflaridan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari Qo‘mita tomonidan tashkil etilgan konferensiya, seminar, davra suhbatlari, shuningdek boshqa tadbirlarda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining 2022 yil 9 avgustdagi 14-07-1406–son ma’lumotnomasi). Natijada, Yangi O‘zbekiston sharoitida ijtimoiy munosabatlarda millatlararo totuvlikka erishishga xizmat qiluvchi shaxslararo faollik, guruhiy aloqadorlik, o‘z-o‘zini baholash, o‘zaro samimiylik faollik motivatsiyasi talabalarda millatlararo muloqot madaniyatini tarbiyalashda samarali natijalarga erishilgan;
oliy ta’lim muassasalarida o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy, ijtimoiy-madaniy tadbirlarda millatlararo muloqot madaniyatini tarbiyalashning samarali (shaxsiy, individual, guruhiy, hududiy yondoshuvlarga asoslangan) shakl va metodlaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 11 iyuldagi ”Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-4391-son qarorining 4-ilovasi” Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida tarbiyaviy ahamiyatni kuchaytirish, talaba-yoshlarda Vatanga sadoqat, mamlakatimiz tarixi va milliy qadriyatlarga hurmat, yot g‘oyalarga qarshi turish, diniy bag‘rikenglik va insoniylik tuyg‘ularini shakllantirish choralarini ko‘rish” to‘g‘risidagi 16-bandi ijrosini ta’minlash bo‘yicha o‘tkazilgan targ‘ibot ishlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2022 yil 9-sentyabrdagi 4-13-23-2907-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarda egoizm, ayirmachilik, o‘zini chetga olish, millatchilik kabi xislatlar faollik, o‘z-o‘zini guruhida hissiy baholash, jipslik kabi omillar asosida bartaraf etilishi shaxsiy, individual, guruhiy, hududiy omillarga hamda guruhdagi identifikatsiya, individual va guruhiy faollik ko‘rsatgichlarining shakllanish mexanizmiga aloqadorligi millatlararo muloqot madaniyatini tarbiyalashning ko‘pmadaniyatli-integrativ modeli ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etilgan;
talabalarda egoizm, ayirmachilik, o‘zini chetga olish, millatchilik kabi xislatlar faollik, o‘z-o‘zini guruhda hissiy baholash, jipslik kabi fazilatlar asosida bartaraf etilishi shaxsiy, individual, guruhiy, hududiy omillarga hamda guruhdagi identifikatsiya, individual va guruhiy faollik ko‘rsatgichlarining shakllanish mexanizmiga aloqadorligi millatlararo muloqot madaniyatini rivojlantrishning ko‘pmadaniyatli-integrativ modeli asosida takomillashtirishga oid ilmiy - amaliy taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021-2022 yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022 yil 1-avgustdagi 02/01/1232-son dalolatnomasi). Natijada, dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalar mamlakatimizda millatlararo munosabatlarni barqaror saqlash va rivojlantirishga, turli millat vakillari, xususan yoshlarda o‘zaro totuvligini mustahkamlash va rivojlantirishga xizmat qilgan.