Djalolova Saodat Ziyovaddinovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Innovatsion iqtisodiyot sharoitida xizmat ko‘rsatish sohasida mehnatga haq to‘lash tizimini takomillashtirish (Samarqand viloyati savdo korxonalari misolida)”, 08.00.05 – “Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti” va 08.00.10–“Demografiya. Mehnat iqtisodiyoti”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Iqt2532.
Ilmiy rahbar: Turaev Bahodir Xatamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.15/31.12.2020.I.09.04  raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: D.A.Nasimov, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, M.T.Alieva, iqtisodiyot fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi. innovatsion iqtisodiyot sharoitida xizmat ko‘rsatish sohasida mehnatga haq to‘lash tizimini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan xulosa va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra «ishchi kuchi bahosi» tushunchasining mohiyati savdo korxonalarida faktik va bazaviy mehnat unumdorligi, shartli sof mahsulot savdosi hajmini oshirganlik, xizmat ko‘rsatishda vaqt me’yori unumdorligini mujassam etgan integratsiyalashgan baho sifatidagi mazmuni orqali takomillashtirilgan;
ish bajarilishining mustaqilligi darajasi, kasbiy tayyorgarlik muddatlari izchilligi, tarif stavkalari va tarif setkasining o‘zgarishini inobatga olib savdo sohasi xodimlarining malaka darajasi bo‘yicha tabaqalashtirish tizimi takomillashtirilgan;
savdo korxonalari ishchi-xodimlarini komission asosda rag‘batlantirishni ish haqiga chakana tovar aylanmasi, mehnat unumdorligi, ish haqi fondining zanjirli ta’sirini baholash hamda savdoning zararsizlik nuqtasini belgilash asosida tashkil etish asoslangan;
savdo xodimlarini rag‘batlantirish mexanizmini xodimlarning to‘qqizta malakaviy guruhlariga mehnatga haq to‘lash koeffisientlarini (kmh=0,6~6,0) oralig‘ida belgilash hamda tovar aylanmasi rejasining bajarilganligidan kelib chiqib kafolatlangan «ijtimoiy paket» tizimini kiritish orqali takomillashtirish asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Innovatsion iqtisodiyot sharoitida xizmat ko‘rsatish sohasida mehnatga haq to‘lash tizimini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
savdo korxonalarida faktik va bazaviy mehnat unumdorligi, shartli sof mahsulot savdosi hajmini oshirganlik, xizmat ko‘rsatishda vaqt me’yori unumdorligini mujassam etgan integratsiyalashgan baho sifatidagi mazmuni orqali «ishchi kuchi bahosi» tushunchasining takomillashtirilgan mohiyati bo‘yicha ilmiy taklif «O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasiga tadbirkorlik sub’ektlarini qabul qilishda bilim va malakasini oshirish bo‘yicha Metodik qo‘llanma»ga kiritilgan («O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi» birlashmasining 2021 yil 1 apreldagi ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida savdo korxonalari ishchi-xodimlarini rag‘batlantirish mexanizmini ilmiy asoslangan shaklda ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
ish bajarilishining mustaqilligi darajasi, kasbiy tayyorgarlik muddatlari izchilligi, tarif stavkalari va tarif setkasining o‘zgarishi inobatga olingan savdo sohasi xodimlarining malaka darajasi bo‘yicha tabaqalash taklifi «O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasiga tadbirkorlik sub’ektlarini qabul qilishda bilim va malakasini oshirish bo‘yicha Metodik qo‘llanma»ga kiritilgan («O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi» birlashmasining 2021 yil 1 apreldagi ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi savdo korxonalarida ijtimoiy samaradorlikni 2,6 foizga oshirish imkonini berdi;
ish haqiga chakana tovar aylanmasi, mehnat unumdorligi, ish haqi fondining zanjirli ta’sirini baholash hamda savdoning zararsizlik nuqtasini belgilash asosida savdo korxonalari ishchi-xodimlarini komission asosda rag‘batlantirishni tashkil etish taklifi «O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasiga tadbirkorlik sub’ektlarini qabul qilishda bilim va malakasini oshirish bo‘yicha Metodik qo‘llanma»ga kiritilgan («O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi» birlashmasining 2021 yil 1 apreldagi ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish savdo korxonalarida mavjud ko‘rsatkichlarni tizimlashtirish natijasida ishchi-xodimlarni rag‘batlantirishga qaratilgan mablag‘lar hajmini 15 foizga oshirish imkonini berdi;
xodimlarning to‘qqizta malakaviy guruhlariga mehnatga haq to‘lash koeffisientlarini (kmh=0,6~6,0) oralig‘ida belgilash hamda tovar aylanmasi rejasining bajarilganligidan kelib chiqib kafolatlangan «ijtimoiy paket» tizimini kiritish orqali savdo xodimlarini rag‘batlantirish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy takliflar «O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasiga tadbirkorlik sub’ektlarini qabul qilishda bilim va malakasini oshirish bo‘yicha Metodik qo‘llanma»ga kiritilgan («O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi» birlashmasining 2021 yil 1 apreldagi ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida savdo korxonalarida xo‘jalik faoliyatidan olinadigan foydani 1,3 koeffisientga oshirilishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish