Yalgashev Obidjon Uchkunbaevichning
falsafa doktori(PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisosliklar shifri: “Suv omborlari qirg‘oqlarining emirilishida yuzaga keladigan favqulodda vaziyatlarni baholash usullarini takomillashtirish (Chorvoq suv ombori misolida)”, 05.10.02 – Favqulodda holatlarda xavfsizlik. Yong‘in, sanoat, yadro va radiatsiya xavfsizligi hamda 05.09.07 – Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi. Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2021.4.PhD/T2576.
Ilmiy rahbarlar: Ibragimov Baxrom Toshmuratovich, texnika fanlari doktori, professor. Arifjanov Aybek Muxammedjanovich texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan tashkilotnomi: O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan tashkilot nomi, IK raqami:O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi DSc.40/29.12.2022.T.129.01.
Rasmiy opponentlar: Respublika muxandislik kidiruvlari va laboratoriya tadkikot markazi direktori, t.f.f.d. (PhD), dotsent Nazarov Kamil Igamberdievich; va O‘zbekiston Respublikasi FVV Akademiyasi kafedra boshlig‘i t.f.d, Murtazaev Quvondiq Mustafaevich. tavsiya etildi. Yetakchi tashkilot: Toshkent arxitektura qurilish universiteti
II. Tadqiqotning maqsadi Suv omborlari qirg‘oqlarining emirilishida yuzaga keladigan favqulodda vaziyatlarni baholash va hisobini takomillashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiliklari:
tabiiy dala sharoitida olib borilgan tadqiqotlar asosida suv ombori qirg‘oqlari emirilishiga olib keluvchi omillarni inobatga olib qirg‘oq mustahkamligini oshirish va suv ombori foydali hajmining o‘zgarishining oldini olish va erta aniqlash usuli suv ombori qirg‘oqlari emirilishini hisobga olgan holda takomillashtirilgan;
suv ombori qirg‘oqlarining emirilish jadalligiga asoslanib, qirg‘oq mintaqalari zonalarga ajratish va himoya devorlarini mustahkamlash usullari ishlab chiqilgan bo‘lib, ushbu usul Chorvoq suv ombori qirg‘oqlarining emirilishining oldi olish va suv omborining ekspluatatsiya davrini uzaytirishiga olib kelishi ilmiy jihatdan isbotlangan.
taklif etilayotgan usul suv ombor qirg‘oq gruntlarining zichligi, mustahkamligi bo‘yicha hisobiy va normativ parametrlarni aniqlash natijada hududlarning gruntlari zichligi va qirg‘oqlarning emirilishining oldini olish samaradorligi 10-15% gacha, suv omborlarida seysmik, geofizik kuzatuv ishlarini olib borish natijasida, qirg‘oq emirilishlarini kamaytirish choralari va xavflarining oldini olish imkoniyati borligi tatqiq qilingan.
qirg‘oqlar gruntlarining emirilishi natijasida sodir bo‘ladigan ko‘chkilar evaziga aholini o‘z vaqtida tezkorlik bilan to‘g‘ri va markazlashgan holda evakuatsiya qilish jarayoni, avariya qutqaruv ishlarini tashkillashtirishning samaradorlik hajmini 10-15%gacha, talofatlar va insonlarning bevaqt xalok bo‘lish ehtimolini 7-10% gacha kamaytirish mumkinligi aniqlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Suv omborlarini qirg‘oq emirilish jarayonlarini kamaytirish hamda favqulodda vaziyatlarni oldini olish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar bo‘yicha:
suv omborida qirg‘oqlarini emirilish davomiyligini va favqulodda vaziyatlarni hisobga olib takomillashgan usullarni amaliyotga joriy etilganligi to‘g‘risida “Yuqori Chirchiq suv inshootlari boshqarmasi” tomonidan 2021 yil 16 avgustdagi va “Respublika muhandislik qidiruvlari va laboratoriya tadqiqot markazi” MChJ tomonidan 2022 yil 23 avgustdagi 36/19-1476-sonli amaliyotga joriy etish to‘g‘risidagi dalolatnomalar olingan. 2022 yil 31 dekabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi “Favqulodda vaziyatlar davlat tizimi va fuqoro muhofazasini tashkiliy ta’minlash va rejalashtirish” bosh boshqarmasidan amaliyotga joriy etilganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma olingan. Natijada qirg‘oq emirilish jarayonlarini kamaytirish yuzaga keladigan favqulodda vaziyatlarni baholash va hisobini takomillashtirishga erishilgan.