Sayt test rejimida ishlamoqda

Mardonov Shuxrat Numonjonovichning
doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Boze-Eynshteyn kondensatlarida nochiziqli dinamika, polaronlar va o‘z-o‘zini tashkil etish mexanizmlari», 01.04.02 – Nazariy fizika (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.DSc/FM195.
Ilmiy maslahatchi: Axmedov Bobomurat Juraevich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi Fundamental va amaliy tadqiqotlar instituti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy Kengash raqami: “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi Fundamental va amaliy tadqiqotlar instituti huzuridagi DSc.03/31.03.2022.T/FM.10.04
Rasmiy opponentlar: Nakamura Katsuhiro fizika-matematika fanlari doktori, professor, «Nazariy fizika», O‘zMU; Abishev Medeu Erjanovich fizika-matematika fanlari doktori, professor, Al`-Farabiy nomidagi Qozoq Milliy universiteti; Razzokov Jamoliddin Inotullaevich, fizika-matematika fanlari doktori, “TIQXMMI” MTU, Fundamental va amaliy tadqiqotlar instituti
Yetakchi tashkilot: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: Nazariy fizika.
II. Tadqiqotning maqsadi nochiziqli Gross-Pitaevskiy tenglamasi asosida turli ichki va tashqi tizimlar ta’siridagi Boze-Eynshteyn kondensatining yangi nochiziqli dinamik xususiyatlarini rivojlantirish, Boze-Eynshteyn kondensatini makroskopik hodisa sifatida dinamik xususiyatlarini klassik fizika (N`yuton mexanikasi) ba’zi qonunlari yordamida tavsiflashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor spin-orbital bog‘lanish va tashqi magnit maydon tomonidan boshqariladigan kondensat spinining kvazi-ikki o‘lchovli kondensat kollapsiga ta’siri o‘rganildi va spinga bog‘liq anomal tezlik kondensat kollapsini to‘liq nazorat qilishi ko‘rsatdi;
ilk bor spinga bog‘liq anomal tezlik tufayli tasodifiy potensialda soliton dinamikasining lokalizatsiyasi yoki delokalizatsiyasi uchun Zeeman bog‘lanishi muhim rol o‘ynashi ko‘rsatildi;
ichki tortishuvchan spin komponentalariga ega Boze-Eynshteyn kondensatining siljishi Zeeman maydonidagi spin presessiyasi va tasodifiy potensial mavjudligining birgalikdagi effekti tufayli yuzaga kelishi mumkinligi ko‘rsatilgan;
ilk bor Gross-Pitaevskiy tenglamasi va klassik N`yuton mexanikasi qonunlari bilan tavsiflangan bir va ikki o‘lchovli Boze-Eynshteyn kondensatlari va polaronlarning o‘zaro bog‘liqlik dinamikasi ko‘rsatildi;
Ilk bor bir o‘lchovli Boze-Eynshteyn kondensatida ikkita tashqi o‘rnatilgan zarralarning “gravitatsion” o‘zaro ta’siri dinamikasi bilan modellashtirilgan qorong‘u materiyaning bir hil bo‘lmagan zichligining soddalashtirilgan modeli taqdim etildi. Polaron, ya’ni o‘rnatilgan zarracha yaqinidagi Boze-Eynshteyn kondensati zichligining o‘zgarishi zarralar orasidagi “gravitatsion” kuchlari ta’sirida yuzaga keladigan dinamikani sezilarli darajada o‘zgartirishi va gravitatsiyaviy qulash vaqtining o‘zgarishiga olib kelishi aniqlandi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Boze-Eynshteyn kondensatining ichki va tashqi tizimlar ta’siridan hosil bo‘ladigan nochiziqli dinamikalarini o‘rganish asosida:
Ikki o‘lchovli Boze-Eynshteyn kondensatining qulashi (kollapsi)ni Rashba va Dresselxaus spin-orbital bog‘lanishlar yordamida boshqarish bilan bog‘liq natijalar Ispaniyaning Iqtisodiyot, Sanoat va Raqobatbardoshlik Vazirligi (MINECO) va Evropa Mintaqaviy Rivojlanish Jamg‘armasi FEDER FIS2015-67161-P (MINECO/FEDER, UE) loyihalari va Bask Hukumatining IT986-16-sonli granti doirasida va bir nechta xorijiy tadqiqotchilar tomonidan (H. Sakaguchi, B. Li va B.A. Malomed, Phys. Rev. E 89, 032920; Y. Chjan, M.E. Mossman, T. Busch, et al. Front. Fizika 11, 118103; H. Sakaguchi, E.Ya. Sherman va B.A. Malomed, Phys. Rev. E 94, 032202; B.A. Malomed 2018 EPL 122, 36001, va boshqa 40 dan oshiq adabiyotlarda) Boze-Eynshteyn kondensatining nochiziqli dinamikasi asosida hosil bo‘ladigan yangi hodisalarni (ikki o‘lchovli solitonlar, kvant girdoblari va boshqalar) hodisalarni o‘rganishda foydalanilgan.
Tashqi tasodifiy potensialda joylashgan soliton holatidagi Boze-Eynshteyn kondensatining spinga bog‘liq anomal tezliklar yordamida kiritilgan dinamik xususiyatlarini ishlab chiqish asosida olingan natijalar Sharqiy Evropadagi hamkorlar bilan institusional hamkorlikni qo‘llab-quvvatlash uchun SCOPES dasturi doirasida Shveysariya Milliy jamg‘armasi (“Schweiz. Nationalfonds”) IZ74Z0_160527/1 granti doirasida va yuqori impakt faktorli xorijiy jurnallarda chop etilgan 15 dan ortiq ilmiy maqolalarda (J. Sun, Y. Chen, X. Chen va Y. Zhang, Phys. Rev. A 101, 053621; J. Yang va Y. Chjan, Phys. Rev. A 107, 023316; J. Fan, G. Chen va S. Jia, Phys. Rev. A 102, 063311 va boshqa adabiyotlarda) foydalanilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish