Primbetov Azamat Auesbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “12-14 yoshli erkin kurashchi qizlarning musobaqaoldi tayyorgarligini rivojlantirish metodikasi”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped3248.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Ilmiy rahbar: Yerimbetov Bayrambay Karlibayevich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.
Rasmiy opponentlar: Dadaboyev Odiljon Jalolidinovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Artikov Zoxidjon Sobirovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 12-14 yoshli erkin kurashchi qizlarning musobaqaoldi tayyorgarligini rivojlantirish uslubiyati bo‘yicha amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
12-14 yoshli erkin kurashchi qizlarning musobaqaoldi tayyorgarligini rivojlantirish uchun qisqa masofada himoyani ushlashga qaratilgan tezlikni oshiruvchi “Signal” mashqlarini hamda raqibning mudofa reaksiyasini taminlaydigan “Sohta aldanish” harakatlarini kiritish hisobiga texnik-taktik tayyorlash uslubiyati takomillashtirilgan;
12-14 yoshli erkin kurashchi qizlarning musobaqaoldi tayyorgarligi uchun ishlab chiqilgan “Texnik, taktik, psixologik tayyorgarlikni rivojlantiruvchi mashqlar majmuasi”ni yakka va raqib qarshiligida bajariladigan mashqlarga dinamik moslashtirish hisobiga musobaqa jarayonida raqibni chalg‘itishga imkon beradigan takroriy hujumlarni qo‘llash, qarshi hujum harakatlarini konstruksiyalash imkoniyati kengaytirilgan;
12-14 yoshli erkin kurashchi qizlarning tezkorlik, tezkor-kuch sifatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan “Klaster” mashqlari asosida musobaqa vaziyatida talab etiladigan raqibni zo‘riqish holatiga olib keluvchi maxsus yetakchi “tik turgan holatda takroriy hujum”, “raqibni ushlab olish uchun hujum” kabi mashqlarni kiritish hisobiga musobaqaoldi tayyorgarlik vositalarini tanlash uslubiyati takomillashtirilgan;
12-14 yoshli erkin kurashchi qizlarning musobaqadagi zo‘riqish, hissiy hayajon, stress, startdan oldingi hayajonlanish holatlarida mashg‘ulot yuklamalarini musobaqa oldidan joriy (mikrosikl) va oraliq (mezosikl) nazoratiga muvofiqlashtiruvchi besh bosqichli “texnologik xarita”ni ishlab chiqish hisobiga musobaqaoldi tayyorgarligini baholash uslubiyati takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 12-14 yoshli erkin kurashchi qizlarning musobaqaoldi tayyorgarligini rivojlantirish metodikasi yuzasidan o‘tkazilgan tajribalar asosida:
12-14 yoshli erkin kurashchi qizlarning musobaqaoldi tayyorgarligini rivojlantirish uchun qisqa masofada himoyani ushlashga qaratilgan tezlikni oshiruvchi “Signal” mashqlarini hamda raqibning mudofa reaksiyasini taminlaydigan “Sohta aldanish” harakatlari asosida ishlab chiqilgan mashg‘ulot moduli Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahar 1-sonli sport maktabining erkin kurashchi qizlarining musobaqaoldi tayyorgarligini rivojlantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi tomonidan 2022 yil 11 oktyabrda berilgan 06-01/06/13/6596-son ma’lumotnomasi). Natijada 12-14 yoshli erkin kurashchi qizlarning musobaqa oldi tayyorgarligidagi psixologik tayyorgarlik holati 24% ga yaxshilangan;
12-14 yoshli erkin kurashchi qizlarning musobaqaoldi tayyorgarligi uchun ishlab chiqilgan “Texnik, taktik, psixologik tayyorgarlikni rivojlantiruvchi mashqlar majmuasi”ni yakka va raqib qarshiligida bajariladigan mashqlarga dinamik moslashtirish bo‘yicha takliflar “Erkin gúres boyınsha sport pedagogikalıq sheberligin asırıw” o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va orta maxsus talim vazirligining 2022 yil 13 may 166-sonli buyrug‘iga asosan 166-036 raqamli guvohnomasi). Natijada 12-14 yoshli erkin kurashchi qizlarning texnik tayyorgarlik holati 18% ga, taktik tayyorgarlik ko‘nikmalari 16% ga o‘sishiga erishilgan;
12-14 yoshli erkin kurashchi qizlarning tezkorlik, tezkor-kuch sifatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan “Klaster” mashqlarini musobaqa vaziyatida talab etiladigan raqibni zo‘riqish holatiga olib keluvchi maxsus yetakchi mashqlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahar 1-sonli sport maktabining erkin kurashchi qizlarining musobaqaoldi tayyorgarligini rivojlantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi tomonidan 2022 yil 11 oktyabrda berilgan 06-01/06/13/6596-son ma’lumotnomasi). Natijada trenerning sportchi bilan o‘zaro hamkorlikda ishlash malakasi 11,4 % ga, sportchi jismoniy tayyorgarligidagi kamchiliklarni aniqlash malakasi 7,8 % ga oshgan;
12-14 yoshli erkin kurashchi qizlarning musobaqadagi zo‘riqish, hissiy hayajon, stress, startdan oldingi hayajonlanish holatlarida mashg‘ulot yuklamalarini musobaqa oldidan joriy va oraliq nazoratlariga muvofiqlashtirish bo‘yicha takliflar “Erkin gúres boyınsha sport pedagogikalıq sheberligin asırıw” o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va orta maxsus talim vazirligining 2022 yil 13 may 166-son buyrug‘iga asosan 166-036 raqamli guvohnomasi). Natijada 12-14 yoshli erkin kurashchi qizlarning musobaqaoldi tayyorgarligini baholash uslubiyati takomillashtirilgan.