Yadgarov Doniyor Baxodirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Umumta’lim maktablarida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini harakat sifatlarini rivojlantirishning uslubiy asoslarini takomillashtirish”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Ped2346.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Ilmiy rahbar: Yarashev Komiljan Dexkanovich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Rasmiy opponentlar: Usmanxodjayev Talat Saidovich, pedagogika fanlari doktori, professor; To‘xtaboyev Nizomjon Tursunaliyevich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Adjiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining jismoniy tarbiya darslarida bazaviy va kompensatsiya qiluvchi vositalardan kompleks foydalanish asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining jismoniy tayyorgarligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umumta’lim maktablarida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining harakat sifatlarini rivojlantirish uchun umumiy va analitik (yetakchi mushak guruhlari uchun) ta’sir ko‘rsatuvchi mashqlarni (aktiv muskullarda propiotseptiv impluslar oqimining kuchayishi natijasida reflektor stimulyasiyaning ortishi sababli mashqning ta’sir kuchi ortadi) elastik mashqlar bilan (chanoq-son bo‘g‘imi, umurtqa pog‘onasi) bajartirish hisobiga dinamik kuchni tarbiyalash imkoniyati kengaytirilgan;
umumta’lim maktablarida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining dars jarayonida harakat sifatlarini rivojlantirish uchun gimnastikaning bazaviy (spesifik) mashqlari asosida mushaklarni elastik cho‘ziluvchanligini oshirishga qaratilgan kompensatsion (nospesifik yumshoq tayanchda sakrash bilan yugurish kombinatsiyasi kabi) vositalarini mashg‘ulotga kiritish hisobiga umumiy chidamkorlik va tayanch-harakat aparatining egiluvchanlik sifatlarini rivojlantirish imkoniyati kengaytirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining dars jarayonida harakat sifatlarini rivojlantirish uchun yengil atletika mashqlari asosida bo‘g‘imlarga ortiqcha yuklama bermasdan mushaklar tizimini mukammal darajada mustahkamlashga qaratilgan komplementar (bir-birini to‘ldiruvchi) vositalarini (yotib osilgan, to‘liq osilgan, aralash osilgan holatlarda tortilish kabi mashqlarni) mashg‘ulotga kiritish hisobiga mushak guruhlari (qo‘l mushaklarining kuch chidamkorligini, gavda, qorin mushaklarining tezkor-kuch chidamkorligini), toz-son bo‘g‘imlarda egiluvchanlik va umurtqa pog‘onasining harakatchanligini rivojlantirish imkoniyati kengaytirilgan;
umumta’lim maktablarida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining harakat sifatlarini rivojlantirish uchun tana (bo‘yin, qo‘l, oyoq, qorin va ko‘krak) mushaklariga auksotonik ish rejimida ta’sir etgan holda “Jismoniy sifatlarni rivojlantirish kompleksi”ga noodatiy (anjomlar bilan) bajariladigan (to‘r yordamida to‘pni ushlash, to‘pni qo‘llar yordamida oyoqlar orasidan olib o‘tish) mashqlar qo‘shish orqali harakat tezligini va chaqqonlikni rivojlantirish imkoniyati kengaytirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining jismoniy tayyorgarligiga ko‘p tomonlama ta’sir ko‘rsatish maqsadida o‘tkazilgan tadqiqot va pedagogik eksperiment natijalarini qiyosiy tahlil qilish asosida:
umumta’lim maktablarida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining harakat sifatlarini rivojlantirish uchun umumiy va analitik ta’sir ko‘rsatuvchi mashqlarni elastik mashqlar bilan bajartirish bo‘yicha takliflar Urganch shahridagi 8-sonli umumta’lim maktabida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligining 2022 yil 7 dekabrdagi 06-01/06/13/8891-son ma’lumotnomasi). Natijada maktab o‘quvchilarining jismoniy tayyorgarlik darajasi 8,6% ga oshgan;
umumta’lim maktablarida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining dars jarayonida harakat sifatlarini rivojlantirish uchun gimnastikaning bazaviy mashqlari asosida mushaklarni elastik cho‘ziluvchanligini oshirishga qaratilgan kompensatsion vositalarini mashg‘ulotga kiritish bo‘yicha takliflar Urganch tumani 19-sonli umumta’lim maktabida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligining 2022 yil 7 dekabrdagi 06-01/06/13/8891-son ma’lumotnomasi). Natijada maktab o‘quvchilarining jismoniy tayyorgarlik darajasi 9,6% ga oshgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining dars jarayonida harakat sifatlarini rivojlantirish uchun yengil atletika mashqlari asosida bo‘g‘imlarga ortiqcha yuklama bermasdan mushaklar tizimini mukammal darajada mustahkamlashga qaratilgan komplementar vositalarini mashg‘ulotga kiritish bo‘yicha takliflar Urganch shahridagi 18-sonli umumta’lim maktabida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligining 2022 yil 7 dekabrdagi 06-01/06/13/8891-son ma’lumotnomasi). Natijada maktab o‘quvchilarining jismoniy tayyorgarlik darajasi 8,9% ga oshgan;
umumta’lim maktablarida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining harakat sifatlarini rivojlantirish uchun tana mushaklariga auksotonik ish rejimida ta’sir etgan holda “Jismoniy sifatlarni rivojlantirish kompleksi” ga noodatiy bajariladigan mashqlar qo‘shish bo‘yicha takliflar Urganch shahridagi 24-sonli umumta’lim maktabida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligining 2022 yil 7 dekabrdagi 06-01/06/13/8891-son ma’lumotnomasi). Natijada maktab o‘quvchilarining jismoniy tayyorgarlik darajasi 8,4% ga oshgan.