Rashidov Azizbek Ulugbekovichning
falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jismoniy tarbiya va sport sohasi bo‘yicha bo‘lajak mutaxassislarni boshqaruv faoliyatga tayyorlashning metodik asoslarini takomillashtirish”, 13.00.04–“Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi”, 13.00.01-“Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi” ixtisosliklari bo‘yicha (pedagogika fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Ped2030.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01. 
Ilmiy rahbarlar: Yarashev Komiljan Dexkanovich, pedagogika fanlari nomzodi, professor; Shopulatov Abdimalik Nurullayevich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 
Rasmiy opponentlar: Koshbaxtiyev Ildar Axmedovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Mardonov Shukur Qo‘ldoshevich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jismoniy tarbiya va sport sohasida bo‘lajak mutaxassislarni kompleks tayyorlash metodikasidan foydalanish orqali boshqaruv faoliyatga tayyorlik darajasini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
mashg‘ulotlar davomida tanani-ixcham, egiluvchan va moslashuvchanligini oshirish uchun aerob mushak kuchini, kuch chidamkorligini rivojlantirishga yo‘naltirilgan kompleks (oyoq, bilaklarini, tizza son, umurtqa, yelka va yelka kamari, tirsaklarni birgalikda hamda standart ketma-ketlikda) harakatlarni lokal va regional mushak tolasini izometrik cho‘zilishi, taranglashishi, statik qisqarishi sababli siklik qayta tiklash hisobiga jismoniy tarbiya va sport sohasida bo‘lajak mutaxassislarni tayyorlash imkoniyati kengaytirilgan;
jismoniy tarbiya va sport sohasidagi bo‘lajak mutaxassislarni boshqaruv ko‘nikmalarni rivojlantirish uchun innovatsion pedagogik texnologiyalar (“refleksiya”, ”debrifing”, “balinta guruhlari”) ni, “sport tadbirlarini tashkillashtirish o‘yinlari”, “murabbiylik faoliyatda bashorat qilish o‘yinlari”ni qo‘llagan holda tashkilotchilik kompetentligini rivojlantirishga qaratilgan geymifikatsiya mexanizmini o‘quv jarayoniga kiritish hisobiga boshqaruv faoliyatga kompleks tayyorlash metodikasi takomillashtirilgan;
jismoniy tarbiya va sport sohasidagi bo‘lajak mutaxassislarni boshqaruv ko‘nikmalarni rivojlantirish uchun kreativ kompetentlikni rivojlantirishga qaratilgan ko‘nikmalar (moslashuvchanlik, maqsadlilik, konstruktivlik, muammoli fikrlash) ni sport smartmoblarni o‘tkazish va sport loyihalar sintezini qo‘llagan holda shakillantirish mexanizmini o‘quv jarayoniga kiritish hisobiga kreativ kompetentlik darajasini oshirishga qaratilgan “kaydzen” texnologiyadan foydalanish imkoniyati takomillashtirilgan;
jismoniy tarbiya va sport sohasida bo‘lajak mutaxassislarni tayyorlash uchun shug‘ullanuvchilarining qiziqishlariga, jismoniy tayyorgarlik darajasiga ko‘ra dam olish (ko‘ngil ochar) yo‘nalishida (1-bosqich) o‘yinlar, arg‘amchi bilan estafetalar, shou-dasturlarni, sog‘lomlashtiruvchi yo‘nalishda (2-bosqich) past va o‘rta intensivlikdagi yuklamalarni, sport yo‘nalishida “Roup skipping” (3-bosqich) musobaqalaridagi ixtiyoriy va majburiy yuqori shiddatdagi sog‘lomlashtirish texnologiyalarini kiritish hisobiga faoliyatning turli shakllaridan foydalanish imkoniyati takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jismoniy tarbiya va sport sohasida bo‘lajak mutaxassislarni boshqaruv faoliyatiga tayyorlash bo‘yicha o‘tkazilgan joriy tadqiqot va pedagogik tajribalar asosida:
mashg‘ulotlar davomida tanani-ixcham, egiluvchan va moslashuvchanligini oshirish uchun aerob mushak kuchini, kuch chidamkorligini rivojlantirishga yo‘naltirilgan kompleks (oyoq, bilaklarini, tizza son, umurtqa, yelka va yelka kamari, tirsaklarni birgalikda hamda standart ketma-ketlikda) harakatlarni lokal va regional mushak tolasini izometrik cho‘zilishi, taranglashishi, statik qisqarishi, siklik qayta tiklashni qollash bo‘yicha takliflar Chirchiq davlat pedagogika universiteti amaliy mashg‘ulotlariga tadbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi turizm va sport vazirligining 2021-yil 2-dekabrdagi 03-17-02/11254-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning jismonan rivojlanishi bo‘yicha harakat faolligi 17,6% oshgan;
jismoniy tarbiya va sport sohasidagi bo‘lajak mutaxassislarni boshqaruv ko‘nikmalarni rivojlantirish uchun innovatsion pedagogik texnologiyalar (“refleksiya”, ”debrifing”, “balinta guruhlari”) ni, “sport tadbirlarini tashkillashtirish o‘yinlari”, “murabbiylik faoliyatda bashorat qilish o‘yinlari”ni qo‘llagan holda tashkilotchilik kompetentligini rivojlantirishga qaratilgan geymifikatsiya mexanizmini o‘quv jarayoniga kiritish bo‘yicha takliflar Samarqand davlat universiteti nazariy va amaliy mashg‘ulot jarayonlariga tadbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi turizm va sport vazirligining 2021-yil 2-dekabrdagi 03-17-02/11254-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning tashkilotchilik kompetentligi 14,3% oshgan;
jismoniy tarbiya va sport sohasidagi bo‘lajak mutaxassislarni boshqaruv ko‘nikmalarni rivojlantirish uchun kreativ kompetentlikni rivojlantirishga qaratilgan ko‘nikmalar (moslashuvchanlik, maqsadlilik, konstruktivlik, muammoli fikrlash) ni sport smartmoblarni o‘tkazish va sport loyihalar sintezini qo‘llagan holda shakillantirish mexanizmini o‘quv jarayoniga kiritish bo‘yicha takliflar Urganch davlat universiteti nazariy va amaliy mashg‘ulotlariga tadbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi turizm va sport vazirligining 2021 yil 2-dekabrdagi 03-17-02/11254-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning kreativ kompetentligi 15,9% oshgan;
jismoniy tarbiya va sport sohasida bo‘lajak mutaxassislarni tayyorlash uchun shug‘ullanuvchilarining qiziqishlariga, jismoniy tayyorgarlik darajasiga ko‘ra dam olish (ko‘ngil ochar) yo‘nalishida (1-bosqich) o‘yinlar, arg‘amchi bilan estafetalar, shou-dasturlarni, sog‘lomlashtiruvchi yo‘nalishda (2-bosqich) past va o‘rta intensivlikdagi yuklamalarni, sport yo‘nalishida “Roup skipping” (3-bosqich) musobaqalaridagi ixtiyoriy va majburiy yuqori shiddatdagi sog‘lomlashtirish texnologiyalarini kiritish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti amaliy mashg‘ulot dars jarayonlariga tadbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi turizm va sport vazirligining 2021 yil 2-dekabrdagi 03-17-02/11254-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning jismonan rivojlanishi bo‘yicha harakat faolligi 14,6% oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish