Tursunov Raxmonali Bozorboy o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonlarini axborotlashtirish tamoyillari va texnologiyalari asosida takomillashtirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4 PhD/Ped1926.     
Ilmiy rahbar: Askarov Abror Davlatmirzayevich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: O‘zbekiston Milliy universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.Ped.02.06.
Rasmiy opponentlar: Ibragimov Alamjon Amrilloyevich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Shodiyev Rizamat Davronovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Oliy ta’lim muassasalari o‘quv jarayonlarini axborotlashtirish tamoyillari va texnologiyalari asosida takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim muassasalari o‘quv jarayonining tashkiliy-ilmiy metodologik aspektlarini tizimlashtirish asosida maqsadli axborotlashtirishning tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlarini takomillashtirish yo‘nalishlari (o‘quv-metodik integratsiyalash, kompetensiyaviy talablar va funksiyalar, innovatsion boshqarish) aniqlashtirilgan;
ta’limga oid ochiq elektron axborot muhitining o‘quv-metodik integratsiyalashgan tuzilmasi shaxsga yo‘naltirilganlik, ijodiy yondashuv, ilmiy-metodik ko‘rsatmalar intensivligiga ko‘ra axborot muhitiga qo‘yiladigan talablar (texnik, ta’limiy) va tamoyillarga (maqsadlilik, integratsiyalashuv, to‘liqlilik, yaxlitlik, ochiqlik) ustuvorlik berish asosida ishlab chiqilgan;
raqamlashtirish sharoitida professor-o‘qituvchilarga qo‘yiladigan kompetensiyaviy talablar tarkibi axborot texnologiyalari ta’siriga ko‘ra o‘quv jarayonlariga oid faoliyat elementlarining funksional o‘zgarishlarini kvalifikasiyalash asosida takomillashtirilgan;
o‘quv jarayonini innovatsion boshqarishning axborot hamkorligiga asoslangan SMART tizimi o‘quv faoliyati ma’lumotlarini tezkor jamlash, tahlil qilish, foydalanish bosqichlariga qo‘shimcha axborot va ta’lim muhiti resurslarini o‘zaro integratsiyalash asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonlarini axborotlashtirish tamoyillari va texnologiyalari asosida takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy-metodik tavsiyalar asosida:
oliy ta’lim muassasalari o‘quv jarayonining tashkiliy-ilmiy metodologik aspektlarini tizimlashtirish, maqsadli axborotlashtirishning tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlarini takomillashtirish yo‘nalishlari (o‘quv-metodik integratsiyalash, kompetensiyaviy talablar va funksiyalar, innovatsion boshqarish)ga oid xulosa va tavsiyalardan PZ-20170929789 raqamli “O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalarining o‘quv jarayonida ilg‘or pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni takomillashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish (2019-2021 yy)” loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2022 yil 21 sentabrdagi 04/M-5586-son ma’lumotnomasi). Mazkur loyihani amalga oshirilishi oliy ta’lim muassasalarining o‘quv jarayonini takomillashtirish, unga ilg‘or pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini samarali joriy etishga xizmat qilgan;
ta’limga oid ochiq elektron axborot muhitining o‘quv-metodik integratsiyalashgan tuzilmasi, shaxsga yo‘naltirilganlik, ijodiy yondashuv, ilmiy-metodik ko‘rsatmalar intensivligiga ko‘ra axborot muhitiga qo‘yiladigan talablar (texnik, ta’limiy) va tamoyillarga (maqsadlilik, integratsiyalashuv, to‘liqlilik, yaxlitlik, ochiqlik) asosida ishlab chiqilgan xulosa va tavsiyalardan barcha pedagogika ta’lim yo‘nalishi uchun “Umumiy pedagogika” fani dasturini hamda “Umumiy pedagogika (2-qism)” nomli o‘quv qo‘llanma (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining grifi №2033-0218, 19.07.2022 y.) ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazining 2022 yil 28 sentyabrdagi 02/01-01-47-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarni pedagogik faoliyatga tayyorlash sifatini oshirish, o‘quv mazmunini takomillashtirish imkoniyati yaratilgan;
raqamlashtirish sharoitida professor-o‘qituvchilarga qo‘yiladigan kompetensiyaviy talablar tarkibi, axborot texnologiyalarining o‘quv jarayonlariga ta’siri, faoliyat elementlarining funksional o‘zgarishlari kvalifikatsiyasiga oid takliflardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot” ko‘rsatuvi senariysini shakllantirish va efirga tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradio kompaniyasining 2022-yil 10-iyuldagi 02/31-1679-son ma’lumotnomasi). Mazkur ko‘rsatuv zamonaviy professor-o‘qituvchiga qo‘yiladigan malakaviy talablar, ularning funksiyalaridagi o‘zgarishlarni keng jamoatchilik e’tiboriga yetkazishga xizmat qilgan; 
o‘quv jarayonini innovatsion boshqarishning axborot hamkorligiga asoslangan SMART tizimi, o‘quv faoliyati ma’lumotlarini tezkor jamlash, tahlil qilish, foydalanish bosqichlariga qo‘shimcha axborot va ta’lim muhiti resurslarini o‘zaro integratsiyalashga oid takliflar PZ-20170929789 raqamli “O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalarining o‘quv jarayonida ilg‘or pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni takomillashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish (2019-2021 yy)” loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2022 yil 21 sentabrdagi 04/M-5586-son ma’lumotnomasi). Mazkur loyiha doirasida tayyorlangan ilmiy xulosalar O‘zbekiston Milliy Universiteti uchun www.smart-social.nuu.uz hamda www.socialnuu.uz saytlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish