Xamidullaev Baxrom Narzullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Tarkibida oltin bo‘lgan ma’danlarni qayta ishlashda qo‘shimcha vol`fram boyitmasini ajratib olish texnologiyasini ishlab chiqish», 05.02.01 – Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/T2652.
Ilmiy rahbar: Xasanov Abdurashid Solievich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mineral resurslar instituti DM.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK, DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01.
Rasmiy opponentlar: Abed Nodira Soyibjonovna, texnika fanlari doktori, professor; Talibov Behzod Ibroxim o‘g‘li, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti «MISiS»ning Olmaliq shahridagi filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tarkibida oltin bo‘lgan ma’danlarni qayta ishlashda qo‘shimcha vol`fram boyitmasini ajratib olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
vol`fram boyitmasi va gravikonsentratni tozalash chiqindilarining tuzilishi, asosiy kimyoviy va mineralogik xususiyatlari aniqlangan;
GMZ-2 sharoitida gravikonsentratni qayta tozalash chiqindilaridan kondision vol`fram boyitmasini olishning kompleks texnologiyasi ishlab chiqilgan;
likvatsion eritish va boyitishning gravitatsion, flotatsion va magnit saralash usullaridan foydalangan holda ishlov berishning optimal parametrlari aniqlangan;
kondision vol`fram boyitmasini olishga imkon beradigan qayta tozalangan gravikonsentrat chiqindilarini kompleks qayta ishlashning yangi tubdan takomillashtirilgan texnologik sxemasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Tarkibida oltin bo‘lgan ma’danlarni qayta ishlashda qo‘shimcha vol`fram boyitmasini ajratib olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
vol`fram boyitmasini ishlab chiqarish texnologiyasi “Olmaliq KMK” AJ “Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi” (NM va QQICh IIChB)da amaliyotga joriy etilgan (“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJning 2022 yil 25 oktyabrdagi 01-02-5-ChX-22-10-0117-son ma’lumotnomasi). Natijada, Muruntau koni ma’danining gravikonsentrati chiqindilarini kompleks qayta ishlash orqali tarkibida 79,13% vol`fram (VI)-oksidi bo‘lgan boyitma olish imkonini bergan;
tarkibida 79,13% vol`fram (VI)-oksidi bo‘lgan boyitmani ajratib olish texnologiyasi “Olmaliq KMK” AJ NM va QQICh IIChBda amaliyotga joriy etilgan (Olmaliq kon-metallurgiya kombinati AJning 2022 yil 25 oktyabrdagi 01-02-5-ChX-22-10-0117-son ma’lumotnomasi). Natijada, respublikaning vol`fram asosidagi qattiq qotishmalarga va ferrovol`framga bo‘lgan ichki ehtiyojlarini ta’minlash imkonini bergan.