Matchanova Aybibi Erkinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Quyi Amudaryo iqtisodiy rayonida gastronomik turizmni rivojlanishining ijtimoiy geografik jihatlari», 11.00.02 - Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Gr210.
Ilmiy rahbar: Komilova Nilufar Karshiboevna, geografiya fanlari doktori, professor.
Dissertasiya bajarilgan muassasalar nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2021.Gr.02.07.
Rasmiy opponentlar: Nasimov Dilmurod Abdullaevich, iqtisod fanlari doktori, professor; Jumaev Xayrulla Xayitovich, geografiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Quyi Amudaryo iqtisodiy rayoni gastronomik turizm imkoniyatlarini aniqlash hamda undan foydalanish bo‘yicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Quyi Amudaryo iqtisodiy rayoni tarkibidagi ma’muriy-hududiy birliklarda tarixan tarkib topgan aholining an’anaviy taomlari, mehmondo‘stligi, pazandachiligi, gastroturizmda tutgan o‘rni, o‘xshashlik va tafovutlari, o‘zaro bog‘liqliklaridan kelib chiqib ajratilgan kichik gastronomik rayonlar asoslab berilgan va marshrutlar ishlab chiqilgan;
Quyi Amudaryo hududining tabiiy sharoiti, iqlimi, aholisining ko‘p asrlik mahalliy an’analariga asoslangan va avloddan-avlodga o‘tib kelgan taomlari hamda pazandachilik yutuqlari assimilyasiyasining ijtimoiy geografik jihatlari ochib berilgan va tizimlashtirilgan;
Quyi Amudaryo iqtisodiy rayoni gastronomik turizm elektron mobil ilovasi yaratilgan;
Quyi Amudaryo iqtisodiy rayonida ajratilgan kichik gastronomik rayonlar kesimida gastroturizm resurslaridan foydalanish va u bilan bog‘liq xizmat ko‘rsatish tarmoqlarini (mehmonxona xo‘jaligi, umumiy ovqatlanish, transport) rivojlantirishga qaratilgan ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Quyi Amudaryo iqtisodiy rayonida gastronomik turizmni rivojlanishining ijtimoiy geografik jihatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Quyi Amudaryo iqtisodiy geografik rayoni tarkibidagi ma’muriy-hududiy birliklarni kichik gastronomik rayonlar va marshrutlarga ajratish bo‘yicha tavsiyalari Qoraqolpog‘iston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi amaliyotiga joriy etilgan (Qoraqolpog‘iston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligining 2023 yil 7 fevraldagi 02-14/04-100-son ma’lumotnomasi). Natijada, gastronomik sayohatlarni tashkil etish bilan shug‘ullanuvchi turoperatorlar faoliyatini rivojlantirishga, joylarda yangi gastronomik turizm marshrutlarini yo‘lga qo‘yishga imkon bergan;
Quyi Amudaryo hududining tabiiy sharoiti, iqlimi, aholisining ko‘p asrlik mahalliy an’analariga asoslangan va avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan taomlari hamda pazandachilik yutuqlari assimilyasiyasining asoslangan tizimlaridan Qoraqolpog‘iston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi amaliyotida foydalanilgan (Qoraqolpog‘iston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligining 2023 yil 7 fevradagil 02-14/04-100-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Quyi Amudaryo iqtisodiy rayonida gastronomik turizmni rivojlantirish uchun milliy taomlar assimilyasiya jarayonlarini tahlil qilish imkoniyati yaratilgan;
Quyi Amudaryo iqtisodiy rayonining yaratilgan gastronomik turizm elektron mobil ilovasidan Qoraqolpog‘iston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi amaliyotida foydalanilgan (Qoraqolpog‘iston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligining 2023 yil 7 fevraldagi 02-14/04-100-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu mobil ilova asosida gastronomik turizmning o‘ziga xos jihatlari haqida ma’lumotlar bazasini kengaytirish imkonini bergan;Quyi Amudaryo iqtisodiy rayonida ajratilgan gastronomik rayonlar kesimida gastroturizm resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini aniqlash metodikasi Qoraqolpog‘iston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi amaliyotiga joriy etilgan (Qoraqolpog‘iston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligining 2023 yil 7 fevraldagi 02-14/04-100-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, iqtisodiy rayondagi gastronomik ob’ektlar, marshrutlar, hududlarning gastronomik salohiyatidan samarali foydalanishni takomillashtirish, yangi turizm infratuzilmasi va sayyohlar bilan bog‘liq xizmatlarni rivojlantirish imkonini bergan.