Masharipova Feruza Jumanazarovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I.    Umumiy ma’lumotlar. 
“CBI va STEM texnologiyalari asosida bo‘lajak biolog o‘qituvchilarning o‘qish kompetensiyasini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro’yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Ped2560.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Ahmedova Laylo Tolibjonovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko’rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti huzuridagi PhD.03/30.12.2019.Fil.55.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Xodjaniyazov Sardor Umarovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Sabirova Gulnoza Sadikovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo’nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqot ishining maqsadi ingliz tilida CBI va STEM texnologiyalari asosida bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarining o‘qish kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak biolog o‘qituvchilariga chet tilda axborot-kommunikatsion texnologiyalar va internet manbalaridan samarali foydalangan holda o‘qish kompetensiyasini rivojlantirish strategiyalarining didaktik asoslari CBI va STEM texnologiyasini kiritish asosida takomillashtirilgan;
maxsus yo‘nalishlarda ingliz tilini o‘qitishda ingliz va o‘zbek tillarining interferensiya va transpozisiya hodisalari, xususan, ixtisoslikka oid tilni o‘rganishda yuzaga keladigan qiyinchiliklar tipologiyasi aniqlangan;
bo‘lajak biolog o‘qituvchilarni tayyorlash uchun CBI va STEM texnologiyasi maqsad va mazmuniga asoslangan, ixtisoslik malaka talablari singdirilgan yangi “Xorijiy til” fan dasturi, TESOL dars formatlarini inobatga olgan holda, jahon standartiga mos yangi formatdagi dars rejasi namunasi ishlab chiqilgan;
o‘zbek auditoriyasiga moslangan holda takomillashtirilgan CBI/STEM texnologiyalari bo‘yicha bo‘lajak biolog o‘qituvchilarning o‘qish kompetensiyasini takomillashtirish bilan bog‘liq o‘quv materiallari, darsni tashkil qilish, dars jarayonida qo‘llaniladigan usullar, metodlar va yondashuvlarni tanlash va qo‘llash strategiyalariga oid metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriylanishi. CBI va STEM texnologiyalari asosida bo‘lajak biolog o‘qituvchilarning o‘qish kompetensiyasini takomillashtirish mavzusida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak biolog o‘qituvchilariga chet tilda axborot-kommunikatsion texnologiyalar va internet manbalaridan samarali foydalangan holda o‘qish kompetensiyasini rivojlantirish strategiyalarining didaktik asoslari CBI va STEM texnologiyasini kiritish asosida takomillashtirilganligi yuzasidan takliflar Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazining 2022-yil 28-oktyabrdagi 02/01-01-58-son ma’lumotnomasi). Natijada UrDU, BuxDU va Ajiniyoz nomidagi NDPI biologiya ixtisosligi talabalarining soha ehiyojiga mos o‘qish kompetensiyasini takomillashtirishga erishilgan;
maxsus yo‘nalishlarda ingliz tilini o‘qitishda ingliz va o‘zbek tillarining interferensiya va transpozisiya hodisalari, xususan, ixtisoslikka oid tilni o‘rganishda yuzaga keladigan qiyinchiliklar tipologiyasi aniqlanganligi yuzasidan xulosalar O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filiali tomonidan olib borilgan F3-2016-0908165532-raqamli “Qoraqalpoq tilining yangi alfavit va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi (2017–2020) mavzusidagi fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan (T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2022-yil 12-dekabrdagi 368-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada talabalarga ingliz tilini o‘qitishga kompetentiv yondashuvda CBI va STEM texnologiyalarini qo‘llash masalasida tajriba va ko‘nikmalar shakllangan. Bo‘lajak biolog o‘qituvchilariga CBI va STEM texnologiyasi asosida o‘qish kompetensiyasini takomillashtiruvchi mashqlar tizimi shakllantirilgan;
oliy ta’lim tizimida chet tilda CBI va STEM texnologiyasi asosida axborot kommunikatsion texnologiyalar va internet manbalaridan samarali foydalangan holda ishlab chiqilgan o‘qish kompetensiyasini rivojlantirish strategiyalari, texnologiyasi talablari asosida metodik tavsiyalari, ingliz tilida o‘qish kompetensiyasini rivojlantirishda axborot kommunikatsion texnologiyalari va manbalaridan foydalanishning takomillashtirilgan didaktik asoslaridan S-UZ800-18-GR-0024 raqamli “Access English for STEM“ nomli loyiha doirasida keng foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2022-yil 17-noyabrdagi 3112/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada OTMlarda tahsil olayotgan bo‘lajak biolog o‘qituvchilariga chet tilini o‘qitishda o‘qish kompetensiyasini takomillashtiruvchi CBI va STEM texnologiyalari talabalar auditoriyasiga moslangan holda takomillashtirilgan;
chet tilda axborot-kommunikatsion texnologiyalar orqali ishlab chiqilgan o‘qish kompetensiyasini rivojlantirish strategiyalari, texnologiyasi talablari asosida metodik tavsiyalaridan, ingliz tilida o‘qish kompetensiyasini rivojlantirishda axborot kommunikatsion texnologiyalari va manbalaridan foydalanishning takomillashtirilgan didaktik asoslaridan S-UZ800-18-GR-0022 raqamli “Access English for STEM” nomli loyiha doirasida foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2022-yil 18-noyabrdagi 04/01-2279-son ma’lumotnomasi). Natijada CBI va STEM texnologiyalari asosida bo‘lajak biolog o‘qituvchilarning o‘qish kompetensiyasini takomillashtirishga qaratilgan metod, usul va strategiyalarga asoslangan dars va so‘rovnomalar asosida Buxoro davlat universiteti biologiya ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun ingliz tilini o‘qitishda tajriba sinov ishlari samarali tashkil qilingan;
CBI va STEM texnologiyasi asosida ishlab chiqilgan bo‘lajak biolog o‘qituvchilariga chet tilda axborot kommunikatsion texnologiyalar va internet manbalaridan samarali foydalangan holda o‘qish kompetensiyasini rivojlantirish strategiyalari, CBI/STEM texnologiyalari talablarini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan metodik tavsiyalardan Nukus davlat pedagogika universitetida S-UZ80020-GR-0037 raqamli “Access English for STEM” nomli loyiha doirasida foydalanilgan (Nukus davlat pedagogika institutining 2022-yil 6-dekabrdagi №01-20-09/2115 ma’lumotnomasi). Natijada TESOL dars tahlili formatlarini inobatga olgan holda yaratilgan, 20 ta me’zon va tahliliy bayonnomaga asoslangan jahon standartiga mos, CBI/STEM maqsadiga qaratilgan, yangi formatdagi dars tahlili namunasidan foydalanishga erishilgan;
CBI va STEM texnologiyasi asosida ishlab chiqilgan bo‘lajak biolog o‘qituvchilariga chet tilda axborot kommunikatsion texnologiyalar va internet manbalaridan samarali foydalangan holda o‘qish kompetensiyasini takomillashtirish strategiyalari, metodlari, yondashuvlariga doir xulosa va materiallaridan Xorazm viloyat teleradiokompaniyasida “Assalom, Xorazm”, “Kun yangiligi” ko‘rsatuvlarining 2021-yil may soni, 2022-yil oktyabrdagi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining Xorazm viloyati teleradiokompaniyasining 2022-yil 30-noyabrdagi 2260-raqamli bayonnomasi). Natijada O‘zbekistondagi AQSh elchixonasi va Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika Kengashining (American Councils) O‘zbekistondagi filialining ESN/STT dastur doirasida amalga oshirilayotgan TESOL xalqaro assotsiatsiyasi va Xorazm viloyati pedagoglariga olib borilayotgan seminar-treninglar va xalqaro konferensiyalar mazmuni keng teletomoshabinlar jamoasiga taqdim qilingan va bu boradagi ko‘rsatuvlar mazmuni yanada boyigan;
o‘zbek auditoriyasiga moslangan holda takomillashtirilgan CBI/STEM texnologiyalari bo‘yicha bo‘lajak biolog o‘qituvchilarning o‘qish kompetensiyasini takomillashtirish bilan bog‘liq o‘quv materiallari, darsni tashkil qilish, dars jarayonida qo‘llaniladigan usullar, metodlar va yondashuvlarni tanlash va qo‘llash strategiyalariga oid metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar ilmiy-tadqiqot institutida amalga oshirilgan F1-FA-G003 “Qoraqalpoq folklori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish” (2012-2016) mavzusidagi fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘z RFA QQ bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar ilmiy-tadqiqot institutining 2022-yil 20-dekabrdagi 541/1-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada DTS mazmunida ingliz tili o‘qituvchisining kasbiy tayyorgarligiga qo‘yilgan malaka talablari asosida mutaxassislik fanlarining namunaviy o‘quv dasturlari, ishchi o‘quv dasturlari, darsliklar va o‘quv metodik qo‘llanmalarning mazmunini xalqaro talablarga mos ijtimoiy-lingvistik materiallar bilan muntazam takomillashtirib borish zarurati asosida talabalarning ingliz tilida o‘qish kompetensiyasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan CBI/STEM texnologiyalariga asosan ta’limni tashkil etishning shakl, metod va vositalari (task based language teaching, project based language teaching, cooperative learning, scaffolding, case study) metodlari asosida takomillashtirilishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish