Oripov Elyorjon Shavkatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “An’anaviy va zamonaviy qadriyatlar dialektikasi”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Fal395.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti, PhD.03/30.04.2021.F.76.06.
Ilmiy rahbarning F.I.SH., ilmiy darajasi va unvoni: Musaev Faxriddin Abdusattorovich, falsafa fanlar doktori, professor. 
Rasmiy opponentlar: Nazarov Nasriddin Ataqulovich, falsafa fanlar doktori, professor; Isaqova Zamira Ruxitdinovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston sharoitida an’anaviy va zamonaviy qadriyatlar dialektikasini ta’minlashning ijtimoiy-falsafiy jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
globallashuv sharoitida aksiologik transformatsiya jarayonlarii avvalgi sakral mazmundagi steriotiplarning desakrallashishi orqali qadriyat va texnika taraqqiyoti ta’sirida, an’anaviy va zamonaviy qadriyatlar o‘rtasidagi dialektik determinizmni ta’minlashga olib kelishi aniqlangan; 
an’anaviy va zamonaviy qadriyatlar taraqqiyoti etnik jamoalar ijtimoiy hayotining uzviy birligiga asoslanishi orqali, yangi shakllanayotgan demokratik institutlar faoliyatida an’anaviylikning milliy xususiyatlari namoyon etib turuvchi zamonaviy polifunksional aksiologik munosabatni shakllanishiga olib kelishi asoslangan;
jamiyat transformatsiyasida barqarorlikni ta’minlash ma’naviy liderning qadriyatlarni qayta baholay olish qobiliyati orqali ijtimoiy ongda aksiologik immunitetni rivojlanishiga olib kelishi sababli jamiyat a’zolarining praksiologik xususiyatlariga konstruktiv ta’siri isbotlangan; 
jamiyatning ijtimoiy taraqqiyoti an’anaviylik va modernizatsiya jarayonlarida aksiologik tafakkurni rivojlantirish orqali, shaxs-oila-jamiyat tizimidagi an’anaviy qadriyatlar strukturasining ratsional rivojlanishini ta’minlashi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. An’anaviy va zamonaviy qadriyatlar uyg‘unligi dialektikasini o‘rganish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar hamda tadqiqot natijalari asosida: 
globallashuv sharoitida aksiologik transformatsiya jarayonlarii avvalgi sakral mazmundagi steriotiplarning desakrallashishi orqali qadriyat va texnika taraqqiyoti ta’sirida, an’anaviy va zamonaviy qadriyatlar o‘rtasidagi dialektik determinizmni ta’minlashga olib kelishiga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2020-2024 yillarga mo‘ljallangan saylovoldi dasturidagi ustuvor vazifalar ishlab chiqilishida foydalanilgan (O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi markaziy Kengashining 2022 yil 26 iyuldagi 02/02-156-son dalolatnomasi). Natijada, qadriyatlar va texnika taraqqiyotiga asoslangan an’anaviy va zamonaviy qadriyatlar o‘rtasidagi dialektik determinizmni ta’minlashga olib kelishiga xizmat qilgan;
an’anaviy va zamonaviy qadriyatlar taraqqiyoti etnik jamoalar ijtimoiy hayotining uzviy birligiga asoslanishi orqali, yangi shakllanayotgan demokratik institutlar faoliyatida an’anaviylikning milliy xususiyatlari namoyon etib turuvchi zamonaviy polifunksional aksiologik munosabatni shakllanishiga olib kelishiga doir taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining targ‘ibot tadbirlarida foydalanilgan. (Respublika Yoshlar ishlari agentligining 2022 yil 14 iyuldagi 4-13-23-2082-son dalolatnomasi). Natijada, yoshlarni vatanparvarlik, bag‘rikenglik, qonunlarga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat hissida tarbiyalash hamda an’anaviy va zamonaviy qadriyatlar taraqqiyot zamonaviy polifunksional aksiologik munosabatni shakllantirishga olib kelishini ochib berishiga xizmat qilgan; 
jamiyat transformatsiyasida barqarorlikni ta’minlash ma’naviy liderning qadriyatlarni qayta baholay olish qobiliyati orqali ijtimoiy ongda aksiologik immunitetni rivojlanishiga olib kelishi sababli jamiyat a’zolarining praksiologik xususiyatlariga konstruktiv ta’siriga oid taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022 yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi III yo‘nalishiga oid oliy ta’lim tashkilotlari va mahallalarda ma’naviy tarbiyaning uzviyligini ta’minlashga doir chora-tadbirlar yo‘nalishi 10-bandi “Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi”ning mazmun-mohiyati va uni amalga oshirishning ilmiy-amaliy masalalari” mavzusida Respublika ilmiy seminarini o‘tkazishda dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022 yil 14 iyuldagi 02/02-1177-son dalolatnomasi). Natijada, jamiyatda etnomadaniy identiklikni saqlashga xizmat qiluvchi qadriyatlarning yangi ierarxiyasini shakllantirishga hamda jamiyat a’zolarida ratsional va pragmatik xususiyatlarni rivojlanishini tabiiy fenomenini ochib berishga xizmat qilgan; 
jamiyatning ijtimoiy taraqqiyoti an’anaviylik va modernizatsiya jarayonlarida aksiologik tafakkurni rivojlantirish orqali, shaxs-oila-jamiyat tizimidagi an’anaviy qadriyatlar strukturasining ratsional rivojlanishini ta’minlashiga oid tavsiyalari va amaliy takliflaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021-2022 yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot ishlarida foydalanildi. Jumladan, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022 yilda oliy ta’lim tashkilotlari va mahallalarda ma’naviy tarbiyaning uzviyligini ta’minlashga doir chora-tadbirlar yo‘nalishi 10-bandi “Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi”ning mazmun-mohiyati va uni amalga oshirishning ilmiy-amaliy masalalari” mavzusida Respublika ilmiy seminarini o‘tkazishda dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022 yil 14 iyuldagi 02/02-1177-son dalolatnomasi). Natijada, jamiyat ijtimoiy taraqqiyotida an’anaviylik va modernizatsiya jarayonlarining uyg‘unligini ta’minlashga hamda shaxs oila-jamiyat tizimidagi an’anaviy qadriyatlarning ratsional rivojlanishni ta’minlashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish