Bazarov Bunyod To‘lqinjonovichningning
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Qurilish yo‘nalishidagi talabalarning terminologik kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Ped1185.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Jizzax politexnika instituti.
Ilmiy rahbar: Rahimov Baxtiyor Xudoyberdiyevich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Botirova Shaxlo Isamiddinovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Ruzimetova Dildora Adilbekovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Ingliz tili fanini o‘qitish jarayonida qurilish yo‘nalishidagi talabalarning terminologik kompetensiyasini rivojlantirish metodikasining yanada samarali usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
qurilish yo‘nalishi talabalarining terminologik kompetensiyalari differensiyallashgan, motivatsiyali, maqsadli hamda produktiv yondashuvlarni tilga oid bilim, ko‘nikma va malakalarni kompetensiyaviy yondashuvga ko‘ra komplekslash natijasida rivojlantirilgan;
talabalarning lug‘at boyligida qurilish sohasiga oid terminlarining paydo bo‘lishi va shakllanishining asosiy manbalari tilning leksikologik ichki va so‘z o‘zlashtirish singari tashqi resurslar hisobiga boyib borishi asoslangan;
talabalarning auditoriya mashg‘ulotlarida nutqni sohaga oid terminologik rivojlanish bosqichlari til birliklarining o‘zlashtirilishi, yasalishi va adekvat idrok qilishni repseptiv va reproduktiv mashqlar orqali ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
talabalar kommunikativ kompetensiyasini o‘stirish jarayoni mustaqil ta’limda nutq faoliyati turlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan topshiriqlari terminlarning shaklini, ularning mazmunini, umumiy ma’nosi va semantikasi bilan mantiqiy bog‘lay olish ko‘nikmasini ularning lug‘at boyligini oshirish orqali rivojlantirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qurilish yo‘nalishi talabalarining terminologik kompetensiyasini zamonaviy axborot texnologiyalari asosida takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari:
qurilish yo‘nalishi talabalarining terminologik kompetensiyalarini til ko‘nikmalariga differensiyallashgan holda motivatsiyali, maqsadli produktiv yondashuvlarni komplekslash orqali rivojlantirishga oid takliflar asosida “Amaliy xorijiy til” o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 23-noyabrdagi 500-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan 500-219 raqamli nashr guvoxnomasi). Natijada talabalarining kasbiy ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ta’lim jarayonini tashkil qilib, produktiv yondashuv samarasi natijasida til ko‘nikmalarini rivojlanishiga erishilgan;
talabalar lug‘at zahirasida qurilish sohasi terminlarining hosil bo‘lishi va shakllanishining asosiy manbalari tilning leksikologik ichki va so‘z o‘zlashtirish singari tashqi resurslar hisobiga boyishi borasida aniqlangan xulosalardan “English for construction 1” o‘quv qo‘llanmasini yaratishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 7-dekabrdagi 648-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 648-071 raqamli nashr guvoxnomasi). Natijada, til o‘rganish istagida bo‘lgan bo‘lajak mutaxassislarning nutq ko‘nikmalari integratsiyasi asosida kasbiy terminlarini o‘sishiga xizmat qilgan;
talabalarning auditoriya mashg‘ulotlarida nutqni sohaga oid terminologik rivojlanish bosqichlari repseptiv va reproduktiv mashqlar orqali til birliklarining o‘zlashtirilishi, yasalishi va adekvat idrok qilinishini ta’minlash asosida takomillashtirilgan xulosalardan “English for construction and civil engineering” nomli darslik yaratishda qo‘llanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 9-sentabrdagi 302-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 538-199 raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, talabalar mustaqil til o‘rganish faoliyati rivojlanishiga erishilgan.