Sabirov Nazir Najmetdinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): ““Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi”da fuqarolik jamiyati institutlarining rolini oshirish” 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fal756.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Husenova Abira Amanovna, falsafa fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, RhD.03/27.02.2020.F.72.08.
Rasmiy opponentlar: Xajiyeva Maqsuda Sultonovna, falsafa fanlari doktori, professor; Saitqosimov Akbar Isaxonovich, falsafa fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida fuqarolik jamiyati institutlarining rolini takomillashtirish imkoniyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
Yangi O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatining davlat idoralari va nodavlat tashkilotlari o‘zaro hamkorlik aloqalarini tizimli yo‘lga qo‘yish orqali ijtimoiy muammolarni aniqlash va yechimini topishga qaratilgan maqsadli o‘zaro birlashish harakati hamda davlatning ichki birlashtiruvchilik roli asoslab berilgan; 
fuqarolik jamiyati institutlariga jamiyatni affiliativ integratsiyalovchi sub’ekt sifatida yondashish hamda mazkur ijtimoiy faoliyatni maqsadli o‘rganish iqtisodiy va siyosiy turmushni ixtiyoriy asosda qurishga to‘la erkinlikni kafolatlovchi ijtimoiy tizim ekanligi sababli ta’lim tizimiga joriy etish zarurati integrativ mexanizm sifatida asoslangan;
Yangi O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlarining “o‘sish nuqta”larini pul-moliya va soliq tizimini shakllantirish, qonunchilikni rivojlantirish, korrupsiyani bartaraf etish kabi vazifalarini to‘g‘ri belgilash orqali ichki imkoniyatlarni maqsadga muvofiq yo‘naltirish hamda madaniy-ma’rifiy salohiyatni yuksaltirishning amaliy platformasi yaratilgan; 
fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatini takomillashtirishda hududlarning etnomental xususiyatlarini hisobga olgan inson imkoniyatlari va qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish, jamiyat tinchligi va farovonligi, shaxsning ma’naviy barkamolligiga erishishni intensivlashtirish mexanizmlari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatini takomillashtirish va rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar asosida:
Yangi O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatining davlat idoralari va nodavlat tashkilotlari o‘zaro hamkorlik aloqalarini tizimli yo‘lga qo‘yish orqali ijtimoiy muammolarni aniqlash va yechimini topishga qaratilgan maqsadli o‘zaro birlashish harakati hamda davlatning ichki birlashtiruvchilik roliga oid nazariy umumlashmalar va xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondining “Sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishda fuqarolik jamiyati institutlarining faolligini oshirish” mavzusidagi “Sayqal” nodavlat notijorat tashkilotida bajarilgan“Baxtiyor oila – baxtli jamiyat asosi” (2019-2020 yy.) grant loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondining 2023 yil 16 fevraldagi 23/1-89-son ma’lumotnomasi). Natijada, Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida fuqarolik jamiyati institutlarining rolini oshirish, davlat idoralari va nodavlat tashkilotlari o‘zaro hamkorlik aloqalarini tizimli yo‘lga qo‘yish orqali ijtimoiy muammolarni aniqlash hamda yechimini topish, mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga xizmat qilgan;
fuqarolik jamiyati institutlariga jamiyatni affiliativ integratsiyalovchi sub’ekt sifatida yondashish hamda mazkur ijtimoiy faoliyatni maqsadli o‘rganish iqtisodiy va siyosiy turmushni ixtiyoriy asosda qurishga to‘la erkinlikni kafolatlovchi ijtimoiy tizim ekanligi sababli ta’lim tizimiga joriy etish zaruratiga oid xulosa va takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasining 2021-yilga mo‘ljallangan amaliy harakatlar rejasi (“Yo‘l xaritasi”)da belgilangan IV. Jamoat fondi mablag‘laridan maqsadli foydalanilishini monitoring qilish, amalga oshirilayotgan loyihalar va dasturlarning samaradorligi va natijadorligini oshirish chora-tadbirlarini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining 2022 yil 9 dekabrdagi 04/10-10-186-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Inson qadri uchun” tamoyili asosida xalqimizning farovonligini yanada oshirish, inson huquqlari va manfaatlarini so‘zsiz ta’minlash hamda faol fuqarolik jamiyatini shakllantirishga qaratilgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishlarini belgilashga xizmat qilgan;
Yangi O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlarining “o‘sish nuqta”larini pul-moliya va soliq tizimini shakllantirish, qonunchilikni rivojlantirish, korrupsiyani bartaraf etish kabi vazifalarini to‘g‘ri belgilash orqali ichki imkoniyatlarni maqsadga muvofiq yo‘naltirish hamda madaniy-ma’rifiy salohiyatni yuksaltirishga doir xulosa va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondining “Sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishda fuqarolik jamiyati institutlarining faolligini oshirish” mavzusidagi “Sayqal” nodavlat notijorat tashkilotida bajarilgan“Baxtiyor oila – baxtli jamiyat asosi” (2019-2020 yy.) grant loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondining 2023 yil 16 fevraldagi 23/1-89-son ma’lumotnomasi). Natijada, jamiyatda ijtimoiy institutlarni yanada takomillashtirish va rivojlantirishga doir jarayonlarni o‘rganishda, tahlil qilish va tegishli xulosalar tayyorlashda, samaradorligini oshirishga xizmat qilgan; 
fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatini takomillashtirishda hududlarning etnomental xususiyatlarini hisobga olgan inson imkoniyatlari va qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish, jamiyat tinchligi va farovonligi, shaxsning ma’naviy barkamolligiga erishishni intensivlashtirish mexanizmlariga oid taklif-tavsiyalardan “Yuksalish” umummilliy harakatining O‘zbekistonda jamiyat va davlat rivojining ta’minlash bo‘yicha 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilangan vazifalarni samarali ijrosini ta’minlash maqsadidagi tadbirlarni amalga oshirishda hamda amaliy xulosalarni tayyorlashda foydalanilgan (“Yuksalish” umummilliy harakatining 2022 yil 13 dekabrdagi 1345/22-son ma’lumotnomasi). Natijada fuqarolik jamiyatining davlat idoralari va nodavlat tashkilotlari o‘zaro hamkorlik aloqalarini tizimli yo‘lga qo‘yish orqali ijtimoiy muammolarni aniqlash va yechimini topishga qaratilgan maqsadlarni amalga oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish