Rahimov Abdihakim Muhammadievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mehmonxona va umumiy ovqatlanish xizmatlari ko‘rsatishni ekonometrik modellashtirish (Qashqadaryo viloyati misolida)», 08.00.06 – Ekonometrika va statistika (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD//Iqt1890.
Ilmiy rahbar: Muxitdinov Xudoyar Suyunovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/28.08.2020.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Ruzmetov Baxtiyor, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Tadjiev Timur Muratovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mehmonxona va umumiy ovqatlanish xizmatlari ko‘rsatishning rivojlantirishga oid ilmiy talkif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish hisoblanadi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mehmonxona va umumiy ovqatlanish xizmatlari tarmog‘ining rivojlanish salohiyatini oshirishning minimal () va maksimal (
) optimal intervallari yordamida baholashning
ekonometrik mezonlari asoslangan;
mehmonxona va umumiy ovqatlanish xizmatlari ko‘rsatishni rivojlantirishni optimallik o‘lchov funksiyasi asosida algoritm blok-sxemasi taklif etilgan;
mehmonxona va umumiy ovqatlanish xizmatlari ko‘rsatishning optimal o‘lchovlarini hisoblash algoritmini ishlab chiqish yordamida tarmoq bozori muvozanatini ta’minlashning korxonalarda (sifat ko‘rsatkichni 47,9 foizga oshirish), mijozlar oqimi (qamrovni 43,1 foizga oshirish), aylanma mablag‘lar (foydalanish samaradorligini 20,5 foizga oshirish), xodimlar soni (12,1 foizga oshirish) va daromadi (23,2 foizga oshirish) hamda xizmatlar narxi bo‘yicha nazorat yondoshuvi takomillashtirilgan;
Qashqadaryo viloyatida mehmonxona va umumiy ovqatlanish xizmatlari ko‘rsatishning 2023-2027-yillarda tarmoqlararo sinergetik va potensial omillar ta’siridagi rivojlanish prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mehmonxona va umumiy ovqatlanish xizmatlari ko‘rsatishni ekonometrik modellashtirish yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
mehmonxona va umumiy ovqatlanish xizmatlari tarmog‘ining rivojlanish salohiyatini oshirishning minimal () va maksimal (
) optimal intervallari yordamida baholashning
ekonometrik mezonlari Qashqadaryo viloyati xokimining 2021-yil 21-maydagi “Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 209-4-0-Q/21-sonli Qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2022-yil 2-dekabrdagi 11/02-15-13290-son ma’lumotnomasi). Bu esa Qashqadaryo viloyatida joylashtirish va umumiy ovqatlantirish korxonalarini tarmoqlararo rivojlantirishning kengaytirilgan manbalariga ega bo‘lish, umumiy xizmatlar sohasida tarmoqning raqobatbardoshligini yangicha yondoshuv asosida baholash, hududning iqtisodiy salohiyatini oshirishda mehmonxona va umumiy ovqatlanish xizmatlarini rivojlantirish darajasining chegaraviy mezonini miqdoriy ifodalash imkonini bergan;
mehmonxona va umumiy ovqatlanish xizmatlari ko‘rsatishni rivojlantirishni optimallik o‘lchov funksiyasi asosida algoritm blok-sxemasi bo‘yicha taklifi Qashqadaryo viloyati xokimining 2021-yil 21-maydagi “Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 209-4-0-Q/21-sonli Qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2022-yil 2-dekabrdagi 11/02-15-13290-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif asosida Qashqadaryo viloyatida oziq-ovqat resurslarini tejash, ularning isrofini cheklash, hudud aholisining to‘g‘ri iste’mol muhitini shakllantirish asosida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash chora-tadbir loyihalarini ishlab chiqishda foydalanilib, aholining oziq-ovqat ist’moliga va tasarrufidagi daromadlarini jamg‘arishga bo‘lgan moyillik darajasini hududiy baholash modellarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
mehmonxona va umumiy ovqatlanish xizmatlari ko‘rsatishning optimal o‘lchovlarini hisoblash algoritmini ishlab chiqish yordamida tarmoq bozori muvozanatini ta’minlashning korxonalarda (sifat ko‘rsatkichni 47,9 foizga oshirish), mijozlar oqimi (qamrovni 43,1 foizga oshirish), aylanma mablag‘lar (foydalanish samaradorligini 20,5 foizga oshirish), xodimlar soni (12,1 foizga oshirish) va daromadi (23,2 foizga oshirish) hamda xizmatlar narxi bo‘yicha nazorat yondoshuvi bo‘yicha taklifi Qashqadaryo viloyati xokimining 2021-yil 21-maydagi “Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 209-4-0-Q/21-sonli Qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2022 yil 2 dekabrdagi 11/02-15-13290-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif asosida Qashqadaryo viloyatida mehmonxona va umumiy ovqatlanish korxonalarining joylashuv zichligi va sonini mijozlar oqimiga moslashtirishga, iste’molchilar oqimidan to‘g‘ri foydalanish samaradorligini tadqiq etishga, oqim miqdori oshishini rag‘batlantiruvchi yangi nazorat mexanizmini faollashtirishga erishilgan;
Qashqadaryo viloyatida mehmonxona va umumiy ovqatlanish xizmatlari ko‘rsatishning 2023-2027-yillarda tarmoqlararo sinergetik va potensial omillar ta’siridagi rivojlanish bo‘yicha prognoz parametrlari Qashqadaryo viloyati xokimining 2021-yil 21-maydagi “Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 209-4-0-Q/21-sonli Qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2022-yil 2- dekabrdagi 11/02-15-13290-son ma’lumotnomasi). Mazkur prognoz natijalari bo‘yicha berilgan taklif va tavsiyalardan Qashqadaryo viloyatida savdo, mehmonxona va umumiy ovqatlanish xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan.