Matkarimova Intizor Atabaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Milliy hisoblar tizimining asosiy schyotlari statistik axborotlari bazasini takomillashtirish (O‘zbekiston Respublikasi ma’lumotlari asosida)”, 08.00.06 - Ekonometrika va statistika
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan  raqam: B2017.2PhD/Iqt151
Ilmiy rahbar: G‘oyibnazarov Bahodir Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor  
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti, DSc 29/30.12.2019.I.92.01.
 Rasmiy opponentlar: Mirzaev Imomnazar Qalandarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Mirzanov Berdaq Joldasbaevich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy  universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: milliy hisoblar tizimining asosiy hisobini ishlab chiqish va ularning axborot bazasini takomillashtirishga oid ilmiy taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqish hisoblanadi.
III .Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
«MHT–2008» xalqaro standarti asosida asosiy schyotlar («ishlab chiqarish», «daromadlarni shakllanishi», «daromadlardan foydalanish», «sarmoya bilan operatsiyalar», «moliya»)ning statistik axborotlar bazasini shakllantirish maqsadida milliy hisoblar tizimi bilan buxgalteriya hisobi ko‘rsatkichlarini uyg‘unlashtirishning uslubiy jihatlari asoslangan;
Mintaqa darajasida milliy hisoblar tizimining ishlab chiqishning konseptual asoslari va tamoyillarini hisobga olib, iqtisodiy faoliyatni ifodalovchi asosiy schyotlarni  uslubiy jihatdan shakllantirish maqsadida  «ikkiyoqlama yozuv operatsiyalari» hamda  «balans usuli»ni qo‘llagan holda integrallashgan statistik axborotlar bazasi ishlab chiqilgan;
Milliy hisoblar tizimini makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarini hisoblashni uslubiy jihatlari hisobga olinib, ishlab chiqarish va daromadlarni hosil bo‘lish schyotidagi bozor narxidagi YaIM ko‘rsatkichni yakuniy iste’mol usulida hisoblash uslubi   taklif etilgan;
Ekonometrik modellarni qurish asosida milliy hisoblar tizimining asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarini o‘rta muddatli statistik prognozlari (2022-2026 yy) ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Milliy hisoblar tizimi asosida asosiy hisoblarni tuzish hamda axborotlar bazasini takomillashtirishning nazariy jihatlari bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar:
«MHT–2008» xalqaro standarti asosida asosiy schyotlar («ishlab chiqarish», «daromadlarni shakllanishi», «daromadlardan foydalanish», «sarmoya bilan operatsiyalar», «moliya»)ning statistik axborotlar bazasini shakllantirish maqsadida milliy hisoblar tizimi bilan buxgalteriya hisobi ko‘rsatkichlarini uyg‘unlashtirishning uslubiy jihatlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining Makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar boshqarmasi faoliyatiga amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2020  yil   14  dekabrdagi  № 01/1-03-21-81 – sonli ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarni amaliyotga joriy qilinishi milliy hisoblar tizimining asosiy hisoblarini boshlang‘ich axborotlar bazasini kengayishiga xizmat qilgan;
milliy hisoblar tizimining asosiy hisoblarini tuzish qoidalari va ularni uslubiy jihatlarini takomillashtirish maqsadida  asosiy hisoblar (ishlab chiqarish, daromadlarni shakllanish, daromadlardan foydalanish, sarmoya bilan operatsiyalar, moliya)ning  axborotlar bazasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy takliflar O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining  Makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar boshqarmasi faoliyatiga amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2020  yil   14  dekabrdagi  № 01/1-03-21-81 – sonli ma’lumotnomasi, Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutining 2023 yil 2 dekabrdagi  №01/1-01-15/2-310 sonli ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarni amaliyotga joriy qilinishi milliy hisoblar tizimining asosiy ichki iqtisodiy schyotlarini statistik ko‘rsatkichlar tizimi va ularning axborotlar bazasini takomillashtirishga imkoniyat yaratgan;
milliy hisoblar tizimini makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarini hisoblashni uslubiy jihatlari hisobga olinib, ishlab chiqarish va daromadlarni hosil bo‘lish schyotidagi bozor narxidagi YaIM ko‘rsatkichni yakuniy iste’mol usulida hisoblash uslubi O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi  Makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar boshqarmasi faoliyatiga amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2020  yil   14  dekabrdagi  № 01/1-03-21-81 – sonli ma’lumotnomasi).  Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutida 2018-2020 yillarda amalga oshirilgan PZ-20170927113 shifri bilan “Yalpi ichki mahsulotni xarajatlar bo‘yicha hisoblash metodologiyasini takomillashtirish” mavzusidagi ilmiy-amaliy loyihaning ilmiy-amaliy uslubiyoti natijalarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutining 2023 yil 2 dekabrdagi  №01/1-01-15/2-310 sonli ma’lumotnomasi);
mintaqa darajasida milliy hisoblar tizimining ishlab chiqishning konseptual asoslari va tamoyillarini hisobga olib, iqtisodiy faoliyatni ifodalovchi asosiy schyotlarni  uslubiy jihatdan shakllantirish maqsadida  «ikkiyoqlama yozuv operatsiyalari» hamda  «balans usuli»ni qo‘llagan holda integrallashgan statistik axborotlar bazasini takomillashtirish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi Xorazm viloyati statistika  boshqarmasining amaliy faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi Xorazm viloyati statistika  boshqarmasining 2022 yil 14 noyabrdagi 01/1-02-07/2-777-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar  mintaqa darajasida milliy hisoblar tizimining asosiy schyotlarini axborotlar bazasini shakllantirish imkonini yaratgan;
ekonometrik modellarni qurish asosida milliy hisoblar tizimining asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarini o‘rta muddatli statistik prognozlari ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi Xorazm viloyati statistika  boshqarmasining 2022 yil 14 noyabrdagi 01/1-02-07/2-777-sonli ma’lumotnomasi). Bu esa milliy hisoblar tizimining asosiy hisoblarini makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarini statistik baholash imkoniyatlarini oshirgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish