Qosimov Toxirjon Olimjonovichning
falsafa doktori dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Qoplamasiz kanallarda filtratsiya jarayonlarini kamaytirish usulini takomillashtirish, 05.09.07 – Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V 2020.4.PhD/T2014.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Arifjanov Aybek Muxamedjanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-qurilish institutida bajarilgan.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.15/27.02.2020.T.73.02 raqamli Ilmiy Kengash.
Rasmiy opponentlar: Rizayev Abdumalik Nabiyevich, texnika fanlari doktori, professor; Xo‘jayev Ismatilla Kushayevich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot – Toshkent arxitektura-qurilish universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qoplamasiz kanallarda filtratsiya jarayonini kamaytirishni resurstejamkor usullari oqim va kanal o‘zani grunti xarakteristikalarini inobatga olib takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zgaruvchan rejimda ishlaydigan va har xil gruntli kanallarda nisbiy filtratsiya koeffisientini oqim chuqurligiga va o‘zan ho‘llangan perimetrining o‘zgarishiga bog‘liqligi suv balansi tenglamasi asosida isbotlangan;
qoplamasiz kanallarda filtratsiya sarfini hisoblash usuli suv balansi modeli asosida qoplamasiz tuproq o‘zanli kanallarda filtiratsiya sarfini, oqim parametrlari o‘zgaruvchanligini va o‘zan grunti turli xil ekanligini inobatga olib takomillashtirilgan;
qoplamali kanallardan bo‘ladigan filtratsiya sarfini hisoblash usuli o‘zan grunti va bentonit gilining tarkibiy qismi hamda qalinligini inobatga olib tenglamasi ishlab chiqilgan;
mahalliy xomashyo bentonit gili asosida qoplamali kanallarda suv filtratsiyasini kamaytirish uchun yoni betonlangan va tubi bentonit gili yordamida ekran hosil qilish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qoplamasiz kanallarda filtratsiya jarayonini kamaytirish usulini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
qoplamasiz kanallarda filtratsiya jarayonini baholash va filtratsiya sarfini aniqlash bo‘yicha takomillashtirilgan usuli Shimoliy Farg‘ona magistral kanalida amaliyotga joriy etilgan. (Suv xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 04 iyuldagi 03/26-1447- son ma’lumotnomasi). Natijada kanaldan bo‘ladigan filtratsiya sarfini aniq baholash imkonini bergan;
mahalliy xomashyo Logon bentonit gilidan foydalanib, filtratsiyaga qarshi resurs tejamkor ekran yaratish usuli Namangan viloyati ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi xududidagi kanallarda ishlab chiqarishga joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 04 iyuldagi 03/26-1447-son ma’lumotnomasi). Natijada kanallarda filtratsiyaga qarshi tadbirlarni ishlab chiqishda kanal qirg‘oqlaridagi daraxtzorlarni asrab qolishga va egologik muhitni barqarorlashtirish imkonini bergan;
qoplamasiz kanallarda filtratsiya jarayonini kamaytirishda mahalliy xomashyodan foydalanib, filtratsiyaga qarshi ishlab chiqilgan qoplama Shimoliy Farg‘ona kanalining rekonstruksiya qilish ishlarida amaliyotga joriy etilgan. (Suv xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 04 iyuldagi 03/26-1447 son ma’lumotnomasi). Natijada mahalliy xomashyodan foydalanib, ekran xosil qilish hisobiga kanallarda filtratsiyaga yo‘qotilayotgan suv isrofi miqdorini 80 % ga kamaytirish imkonini bergan.