Umarov Uchqun Vafoqulovichning
falsafa doktori dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Kichik korxonalar oqava suvlarini tozalovchi ixcham monoblok inshootlarning gidravlik hisobini takomillashtirish», 05.09.07 - Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B 2020.3.PhD/T1881.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Arifjanov Aybek Muxamedjanovich texnika fanlari doktori, professor;
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.15/27.02.2020.T.73.02 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Abdusattarov Abdusamad, texnika fanlari doktori, professor; Jurayev Sherali Sharipovich texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tarkibida neft mahsulotlari bo‘lgan oqava suvlarni tozalovchi monoblok texnologiyalarni va ularning gidravlik hisobini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
avtoyuvish korxonalarining texnologik jarayoni va hosil bo‘luvchi oqava suvlarini fizik-kimyoviy tarkibi tizimli tahlil asosida aniqlangan;
avtoyuvish korxonalarida vertikal tindirgichlarining gidravlik hisobi hosil bo‘lgan oqava suvlar tarkibidagi muallaq, sirt faol moddalar va neft mahsulotlari fizik-kimyoviy xossalarini inobatga olib suv tozalash texnologik jarayon va uskunalari takomillashtirilgan;
yaratilgan monoblok texnologiyasi tindirgichida oqava suvlar tarkibidagi zarrachalarning fizik xususiyatlarini inobatga olib chuqurlik bo‘yicha taqsimotini ifodalovchi matematik model tizimli tadqiqotlar asosida ishlab chiqilgan;
mahalliy xomashyolarning fizik-kimyoviy va adsorbsion xossalarini o‘rganish asosida tarkibida neft mahsulotlari va sirt faol moddalari bo‘lgan oqava suvlarni tozalash uchun filtrlar va ularni hisoblash usullari yaratilgan;
tarkibida muallaq va sirt faol moddalari, neft mahsulotlari bo‘lgan oqava suvlarni tozalash uchun ishlab chiqilgan gidravlik hisoblar asosida mahalliy xomashyolardan filtrlar va monoblok texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kichik korxonalar oqava suvlarini tozalovchi ixcham monoblok texnologiyalarining gidravlik hisobini takomillashtirish natijalari asosida:
vertikal tindirgichning takomillashtirilgan gidravlik hisobi «O‘zbekkommunalloyihaqurilish» Davlat Unitar Korxonasi loyiha instituti, «METALL DEKOR» MChJlarda amaliyotga joriy etilgan («O‘zsuvta’minot» aksiyadorlik jamiyatining 2022 yil 16 iyuldagi №1/24-1974 ma’lumotnomasi). Natijada, sanoat oqava suv tarkibidagi muallaq va sirt faol moddalarni, neft mahsulotlarini tozalashda vertikal tindirgichning samaradorligini 60% gacha oshirish imkonini bergan;
yaratilgan g‘ovakdorligi yuqori bo‘lgan mahalliy xomashyolar shag‘al, qum, kvars qum, faollashtirilgan ko‘mir, bentonit, eskirgan rezina granulalari asosidagi filtr yuklamasi «O‘zbekkommunalloyihaqurilish» Davlat Unitar Korxonasi loyiha instituti, «METALL DEKOR» MChJlarda tarkibida muallaq, sirt faol moddalar va neft mahsulotlari bo‘lgan oqava suvlarni tozalash texnologiyasida amaliyotga joriy etilgan («O‘zsuvta’minot» aksiyadorlik jamiyatining 2022 yil 16 iyuldagi № 1/24-1974 ma’lumotnomasi). Natijada, ixcham monoblok texnologik jarayoni filtr yuklamalarini mahalliylashtirish imkonini bergan;
takomillashtirilgan sanoat oqava suvlarini tozalovchi lokal texnologiyasi «O‘zbekkommunalloyihaqurilish» Davlat Unitar Korxonasi loyiha instituti, «METALL DEKOR» MChJlarda amaliyotga joriy etilgan («O‘zsuvta’minot» aksiyadorlik jamiyatining 2022 yil 16 iyuldagi № 1/24-1974 ma’lumotnomasi). Natijada, muallaq, sirt faol moddalar va neft mahsulotlari bo‘lgan sanoat oqava suvlarini tozalashni 97% yaxshilash imkonini bergan.