Amirov Akmal Merojovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Agroturizmni rivojlantirishning hududiy xususiyatlari va istiqbolli yo‘nalishlari (Samarqand viloyati misolida)”, 08.00.17 – Turizm va mehmonxona faoliyati (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Iqt1282
Ilmiy rahbar: Nizamov Axtam Numanovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti, DSc.33/01.02.2022.I.145.01
Rasmiy opponentlar: Pardayev Olim Mamayunusovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ibragimov Nutfillo Salimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi agroturizmni rivojlantirish va istiqbolli yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
agroturistik ob’ektlar bo‘ylab turistik marshrut dasturini ishlab chiqishda agroturizm qishloqlarini targ‘ib etish asosida Samarqand tumani fermer xo‘jaliklarida uzumchilik bog‘i va vino turizmini rivojlantirish afzalliklari dalillangan;
agroturizmning bog‘dorchilik yo‘nalishi bo‘yicha Jomboy tumani hududidagi zamonaviy intensiv bog‘larda mavsum davrida bir vaqtning o‘zida 100 tagacha turistni qabul qilish imkoniyatiga ega yangi agroturistik marshrutni tashkil etish taklif qilingan;
xorijiy turistlarga o‘zbek xalqining qadimgi va bugungi yashash tarzi, urf-odatlari, udumlari, oshxonasi va agroturizmini namoyish etish maqsadida Samarqand viloyatining Oqdaryo tumani hududida turizm majmuasini barpo etish taklifi asoslangan;
qishloq hududlari agroturistik imkoniyati va xususiyatidan kelib chiqib, kiruvchi turistik oqimning oshishini e’tiborga olgan holda turistik xizmatlar hajmining 2026 yilga qadar mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Agroturizmni rivojlantirishning hududiy xususiyatlari va istiqbolli yo‘nalishlarini tadqiq qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
agroturistik obyektlar bilan turistlarni tanishtirish uchun marshrut dasturini yaratish, agroturizm qishlog‘ini targ‘ib etish asosida Samarqand tumani “Azam Azamat Agro” fermer xo‘jaligida 300 gektar hududda uzumchilik bog‘i va vino turizmini tashkil etish bo‘yicha taklifi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 828-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligining 2022-yil 29-dekabrdagi №04-18/8468-son dalolatnomasi). Natijada fermer xo‘jaligida mahsulotlarni ishlab chiqarish hajmini oshirish orqali 12% samaradorlikka erishish imkoniyatini berdi;
agroturizmning bog‘dorchilik yo‘nalishi bo‘yicha Jomboy tumani Qo‘ng‘irot qishlog‘i hududidagi zamonaviy intensiv bo g‘ida bir vaqtning o‘zida mavsum davrida 100 tagacha agroturistni qabul qilish imkoniyatiga ega yangi agroturistik marshrutni tashkil etish bo‘yicha taklifi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 828-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligining 2022-yil 29 dekabrdagi №04-18/8468-son dalolatnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish viloyatda ichki turizm sayohatchilari sonini 6,9 %ga oshirish imkonini bergan;
xorijiy turistlarga o‘zbek xalqining qadimgi va bugungi yashash tarzi, urf-odatlari, udumlari, oshxonasi va agroturizmini namoyish etish maqsadida Samarqand viloyatining Oqdaryo tumani hududida turizm majmuasini barpo etish taklifi Vazirlar Mahkamasining 2017- yil 30-iyundagi 450-son “2017-2019 yillarda Samarqand shahri va Samarqand viloyatining turizm salohiyatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori dasturiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligining 2022-yil 29-dekabrdagi №04-18/8468-son dalolatnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish YaHM hajmini 0,02 %ga oshirish imkonini bergan;
qishloq hududlari agroturistik imkoniyati va xususiyatidan kelib chiqib, kiruvchi turistik oqim hajmini oshishini e’tiborga olgan holda turistik xizmatlar hajmining 2026-yilga qadar mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari Turizm va sport vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “2022-2023 yillarda hududlarning turizm salohiyatini izchil o‘rganish natijasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlar” dasturi va “Yo‘l xaritasi”ga kiritilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligining 2022-yil 29-dekabrdagi №04-18/8468-son dalolatnomasi). Natijada 2026- yilga qadar turistik xizmatlar hajmini 2 barobarga oshirish imkonini beradi.